Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Ish haqi. K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga 
o‗xshab mehnat uchun to‗lanadigan haq, deb emas, balki ishchi kuchi 
uchun to„lanadigan haq deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq 
ish haqi ishchining va uning oilasining hayot kechirishi uchun zarur 
bo‗lgan tovarlar miqdoriga teng bo‗ladi. Ish haqi darajasi mehnat 
unumdorligiga bog‗liq bo‗lib, u o‗z navbatida, ishlab chiqarishning 
mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta‘minlanishi sababli ro‗y 
beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o‗sishiga to‗sqinlik qiladi, 
negaki texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini 
keltirib chiqaradi. Ishchi kuchining ortiqchaligi esa ishchilar bilan 
kapitalistlar o‗rtasidagi munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va 
ishchi kuchi o‗z qiymatidan past bahoda sotiladi.
Demak, K.Marks bo‗yicha ishchi mehnatini emas, balki ishchi 
kuchini sotdi, bunda «haq to‗lanmagan mehnat»ning (aniqlash va 
o‗lchash mumkin bo‗lgan) ish haqiga aloqasi bo‗lmaydi, «haq 
to‗lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas, negaki bitim 
(kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini ayirboshlash yuzasidan 
tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki 
mehnat jarayoni tugagandan keyin to‗laydi. Ishchi o‗z ishchi kuchining 
qiymatini ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma‘lum miqdorda 


192 
mehnat, shu jumladan, qo‗shimcha mehnat ham qilishi kerak. Mehnat 
sarfi esa uning nazariyasiga ko‗ra ish vaqti bilan o‗lchanadi. Binobarin, 
ishchi kuchining ma‘lum muddat davomida unumli mehnat qilishi uning 
qiymatiga haq to‗lash sharti bo‗lib qoladi. 
K.Marks fikri bo‗yicha real ish haqi «hech qachon mehnat 
unumdorligi kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o‗smaydi» va 
natijada ishchilarning kambag‗allik va ma‘naviy qashshoqligi kelib 
chiqadi. Lekin tajriba bunday qarashlarning mutlaq noto‗g‗ri ekanligini 
ko‗rsatib 
berdi. 
Kapitalizm 
nafaqat 
texnologiyalar 
darajasini 
takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan), balki ijtimoiy masalalar 
bo‗yicha ham katta yutuqlarni qo‗lga kiritdi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling