Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
Foyda va foyda me‟yori. K.Marksning foyda nazariyasining o‗ziga
xos xususiyati shundan iboratki, daromadning bu turi tadbirkorlarning har qanday daromadi singari ishchi kuchini ekspluatatsiya qilish natijasida vujudga keladigan qo‗shimcha qiymatning tashqi, ya‘ni o‗zgargan shakli hisoblanadi. Bu yerda D.Rikardodan farqli o‗laroq, gap nafaqat foyda me‘yori to‗g‗risida, balki uning qo‗shimcha qiymat me‘yoridan farqi, o‗ziga xosligi to‗g‗risida boradi. «Avanslangan butun kapitalning mahsuli bo‗lib ko‗ringan qo‗shimcha qiymat foydaning o‗zgargan shakliga kiradi». «Kapital»ning I jildi mazmuniga ko‗ra korxonalarda yoki iqtisodiyot tarmoqlarida o‗zgaruvchi kapital va mehnatning hissasi qancha ko‗p bo‗lsa, qo‗shimcha qiymat miqdori shuncha ko‗p bo‗ladi, lekin kapitalning uzviy tuzilishi qancha yuqori bo‗lsa, ya‘ni korxonalarning mexanizatsiyalashuvi yoki tarmoqlarning mashina va asbob-uskunalar bilan qurollanish darajasi yuqori bo‗lsa, qo‗shimcha qiymat miqdori shuncha kam bo‗ladi. «Kapital»ning III jildida esa K.Marks «qo„shimcha qiymat me‟yori» va «foyda me‟yori» tushunchalarining farqini bilishni tavsiya etadi. Agar birinchisi uning tomonidan qo‗shimcha qiymatning o‗zgaruvchi kapitalga bo‗lgan nisbati sifatida ko‗rilsa, ikkinchisi esa (gap qo‗shimcha qiymatning «o‗zgargan 193 shakli» to‗g‗risida borar ekan) qo‗shimcha qiymatning jami kapitalga, ya‘ni o‗zgaruvchi va doimiy kapitalga bo‗lgan nisbati sifatida qaraladi. K.Marks ta‘limotiga binoan foyda me‘yori pasayishga moyil. Bunday moyillik, uningcha Rikardo-Mill ko‗rsatib berganidek, demografik omillar va tuproq unumdorligining pasayishi «qonuni» keltirib chiqaradigan hayotiy zaruriy mahsulotlar bahosining oshishi sababli emas, balki kapitalning uzviy tuzilishidagi umumiy kapitalda o‗zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi. Bundan tashqari «qo‗shimcha qiymat me‘yori» va «foyda me‘yori» tushunchalaridan foydalangan holda, K.Marks erkin raqobat sharoitidagi bozor iqtisodiyoti xo‗jalik mexanizmi «sir-asrorlarini» yaxshi tushunganligini namoyish etdi. Masalan, qo‗shimcha qiymat nazariyasi «mantig‗i» bo‗yicha ish kuni qancha uzun bo‗lsa, qo‗shimcha qiymat massasi va ekspluatatsiya me‘yori shuncha yuqori bo‗lishi kerak. Lekin «qo‗shimcha ish vaqtini» uzaytirish yo‗li bilan qo‗shimcha qiymatni ko‗paytirish usulini K.Marks yaxshi va to‗g‗ri usul deb hisoblamaydi. «Absolyut qo‗shimcha qiymat» olib keluvchi bunday usul boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‗lganda ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarishi, har bir ish soati unumini pasaytirishi mumkin, ishchilar noroziligining muqarrarligi to‗g‗risida gapirmasa ham bo‗ladi. Buning ustiga «Kapital» muallifi ish kunining faqat oxirgi soatida kapitalist uchun foyda yaratiladi, degan N.Seniorning «oxirgi soat nazariyasini» qattiq tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha zaruriy ish vaqtining qisqarishiga qaramasdan, mehnat unumdorligining oshishi «nisbiy qo‗shimcha qiymatni» olib kelgach, bir vaqtning o‗zida qo‗shimcha qiymat me‘yorining pasayish tendensiyasini kuchaytiradi. Shunday bo‗lsada, har bir kapitalist intuitiv tarzda foyda me‘yorini ko‗paytirishga intiladi. «Foyda me‘yori, deb yozadi K.Marks, – kapitalistik ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuchdir; foyda olib ishlab chiqarish mumkin bo‗lgan narsagina ishlab chiqariladi». 194 Foyda me‘yori hamisha qo‗shimcha qiymat me‘yoridan kam bo‗ladi. Buning sababi shundaki, uni hisoblaganda qo‗shimcha qiymat butun kapitalga nisbatan olinadi, qo‗shimcha qiymat me‘yorini hisoblaganda esa qo‗shimcha qiymatning faqat o‗zgaruvchi kapitalga bo‗lgan nisbati olinadi. Chunki qo‗shimcha qiymat, K.Marks ta‘limotiga ko‗ra faqat o‗zgaruvchi kapitalning funksiyasi hisoblanadi. «Yuqori uzviy tuzilishdagi» kapital (ya‘ni doimiy kapitalning o‗zgaruvchi kapitaldan ko‗pligi o‗rtacha ijtimoiy me‘yordan oshiq bo‗lsa) o‗rtachadan kamroq foyda me‘yori beradi. «Past uzviy tuzilishdagi» kapital esa o‗rtachadan oshiqroq foyda me‘yorini beradi. Kapital o‗rtasidagi raqobat, kapitalning erkin sur‘atda bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa (kam foyda beradigan tarmoqdan yuqori foyda beradigan tarmoqqa) oqib o‗tishi har ikki holda ham o‗rtacha foyda me‘yorini keltirib chiqaradi. Muayyan jamiyatdagi barcha tovarlar qiymati miqdori tovarlar bahosining miqdoriga to‗g‗ri keladi. Lekin ayrim vaziyatlarda tovarlar raqobat ta‘siri ostida o‗z qiymati bilan emas, balki ishlab chiqarish bahosi» bilan sotiladi. «Ishlab chiqarish bahosi sarf qilingan kapital, plyus o‗rtacha foydani o‗z ichiga oladigan bahodir». Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling