Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va uning


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

11.2. Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va uning 
ijtimoiy me‟yorli foydaliligi 
Har xil ehtiyojlarni qondirish uchun buyumlar qanday 
taqsimlanishi kerak? Faraz qilaylik, bitta Z buyumning o‗zi uchta – A, V 
va S ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bu yerda A ancha muhim ehtiyoj, 
S esa unchalik ahamiyatli bo‗lmagan ehtiyoj. Demak, ehtiyojlarning har 
birini qondirish uchun S buyum birligining me‘yorli foydaliliklari har xil 
(mazkur sxema «Menger jadvali» deyiladi, 11.1-jadval).
 
“Mengez jadvali” 
11.1-jadval 
 












Faqat bitta Z buyum birligiga ega bo‗lgach, odam uni A ehtiyojni 
qondirish uchun foydalanadi, negaki bu vaziyatda uning me‘yorli 
foydaliligi eng yuqori – 4 shartli birlikka teng. Agar kishida 6 ta buyum 
birligi bo‗lsa, unda ularning uchtasini u A ehtiyojni qondirishga 
ishlatadi, ikkitasini – V ehtiyojga, bittasini esa – S ehtiyojga ishlatadi. 
Bunda ehtiyojlarning umumiy qoniqishi 16 shartli birlikka teng (barcha 
me‘yorli foydaliliklarning yig‗indisi). Bu yerda buyumlarning 


212 
boshqacha taqsimlanishi inson uchun ancha kam qimmatli bo‗lishini 
bilish qiyin emas. Shunday qilib, qandaydir bir buyum birliklari har xil 
e‘htiyojlar o‗rtasida ratsional taqsimlanganda me‘yorli foydaliliklar 
baravarlashadi: 
Mua = Mub = Mus. 
Bozorda 
tovarlarni 
xarid 
qilishda 
umumiy 
foydalilikni 
maksimallashtirish uchun ularning narxini ham hisobga olish kerak. 
Bunda xaridor qimmat tovar o‗rniga arzonroq tovarlardan ko‗proq sotib 
olishi va bu bilan u xarid qilingan tovarlarning har biriga sarflangan har 
bir pul birligidan bir xil qoniqish hosil qilishi mumkin. Gossenning 
ikkinchi qonuni me‘yorli foydaliliklarning baravarlashuvini ifodalaydi, 
ya‘ni bu qonunga muvofiq bir pul birligiga olingan har bir tovarning 
me‘yorli foydaliliklari tengligi amal qilishi kerak. Boshqacha aytganda, 
go‗sht yoki baliq sotib olishga sarflangan har bir oxirgi pul birligi, o‗z 
foydaliligi bo‗yicha makaron yoki kartoshka sotib olishga sarflangan 
oxirgi pul birligiga teng bo‗lishi kerak. 
Iste‘mol muvozanatining bunday shartini quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
3
1
2
1
2
3
...
;
n
n
MU
MU
MU
MU
P
P
P
P


 
 
bu yerda: MU – ayrim tovarlarning me‘yorli foydaliligi;
P – ularning narxi. 
Shunday 
qilib, 
turli 
tovarlarning 
me‘yorli foydaliliklari 
tenglashadi. Agar 1 kg apelsin 100 so‗m, 1 kg ananas esa 300 so‗m 
tursa, unda ananasning foydaliligi apelsinning uch karra ko‗paytirilgan 
foydaliligiga teng. Shunday taqqoslashga muvofiq bozorda alohida 
tovarlarning narxlari o‗rnatiladi, nisbatlar shakllanadi, nisbiy narxlar 
tashkil topadi. Natijada pul birligiga olinadigan har bir tovarlarning 
me‘yorli foydaliliklari tengligi kelib chiqadi. 
Ijtimoiy me‟yorli foydalilik. Bozorda har bir subyekt o‗ziga 
keragidan ortiqcha tovarlarini (subyekt uchun me‘yorli foydaliligi 
nisbatan katta bo‗lmagan) sotish va o‗zi ehtiyoj sezgan tovarni (uning 
me‘yorli foydaliligiga nisbatan yuqori) sotib olish yuzasidan ish 


213 
yuritadi. Kishilarning manfaatlari to‗qnashadi va iste‘molchilar bilan 
sotuvchilarning subyektiv baholashi yagona ijtimoiy qiymatni keltirib 
chiqaradi. Agar bozorda faqat bitta sotuvchi (uning uchun sotilayotgan 
tovarning me‘yorli foydaliligi, masalan, 100 pul birligiga teng) va bitta 
(300 pul birligiga teng) xaridor bo‗lsa, unda narx 100 dan 300 gacha 
bo‗lgan chegarada tebranib turadi. Lekin bozor ishtirokchilari qancha 
ko‗p bo‗lsa, bozor qiymati chegarasi imkoniyatlari shuncha kam bo‗ladi 
(Edjuort teoremasiga muvofiq). 
E.Bem-Baverk o‗nta xaridor va sakkizta sotuvchi qatnashadigan ot 
bozorini misol qilib keltiradi. Har bir xaridor o‗zining yuqori narx 
chegarasiga («undan qimmatiga olmayman»), har bir sotuvchi esa quyi 
narx chegarasiga («undan kamiga sotmayman») ega (11.2-jadval). Bir ot 
uchun belgilangan narx 120 pul birligi bo‗lganda bozorda 10ta xaridor 
va 2 tagina sotuvchi qoladi. Bunda talab taklifdan oshib ketadi va narx 
albatta, ko‗tariladi (xaridorlar o‗rtasida raqobat natijasida). 
11.2-jadval 
Me‘yorli foydalilik 
Xaridorlar









10 
Qimmat 
bo‗lmasin (pul 
birligidan) 
300 280 260 240 220 210 200 180 170 150 
Sotuvchilar









10 
Arzon bo‗lmasin 
(pul birligidan) 
100 110 150 170 200 215 250 260 
Agar narx, masalan, 250 pul birligi darajasida o‗rnatilsa, unda 
bozorda 7 ta sotuvchi va 3 tagina xaridor qoladi. Taklif talabdan oshib 
ketadi. Endi sotuvchilar o‗rtasida raqobat kelib chiqadi, ular narxni 
pasaytira boshlaydilar. Narx 215 pul birligidan sal pastga tushishi 
bilanoq, bu yerda sotuvchilar bilan xaridorlar soni tenglashadi (oltitaga 
oltita). 
Shunday qilib, bunday bozorda bir otning narxi 210 va 215 pul 
birligi o‗rtasida o‗rnatiladi. Ana shu narx faraz qilaylik, 212,5 pul birligi, 
mazkur bozordagi pul birligiga nisbatan otning me‘yorli foydaliligini 


214 
ifodalab beradi: bu narxdan kamiga hech kim sotmaydi, bu narxdan 
yuqorisiga hech kim olmaydi. Ana shu ijtimoiy me‘yorli foydalilikdir. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling