Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


-chizma. Talab va taklif. Bozor muvozanati


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
11.2-chizma. Talab va taklif. Bozor muvozanati 
Agar baho muvozanat bahodan yuqori bo‗lsa, sotuvchilar ko‗p 
miqdorda tovar sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar 
22
Additivlik (lat), obyektning miqdor xossasi: uni qanday bo‗lishdan qat‘iy nazar, bir necha bo‗laklarga bo‗lganda 
shu bo‗laklar qiymatlari yig‗indisiga teng bo‗ladi. Masalan, A ning hajmi uning bo‗laklari hajmlarining yig‗indisiga 
teng. 


219 
sotib olmaydilar va natijada baho pasayadi. Agar baho muvozanat 
bahodan past bo‗lsa, unda xaridorlar sotib olishni xohlaydigan hajmdagi 
tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo‗q va natijada baho pasayadi. 
Bu jarayon sotish bahosi muvozanat bahoga teng bo‗lganda tugallanadi. 
Avval ko‗rib chiqqanimizdek, bozor qiymati me‘yorli foydalilik va 
me‘yorli xarajatlar bilan aniqlanadi. 
Demak, D talab egri chizig‗i teskari nishablikka ega, negaki baho 
oshib borishi bilan, odatda, tovarga bo‗lgan talab kamayadi. Lekin 
qanday darajada kamayadi? A.Marshall bu savolga javob berish uchun 
baho bo‗yicha talab elastikligi tushunchasini kiritadi. Baho bo‗yicha 
talab elastikasi (TE) baho muayyan darajada pasayganda, talab qanday 
miqdorda o‗sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday 
miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 bo‗ladi, agar baho 1 % ga 
pasayganda sotish 1 % ga oshsa; TE=2,5 bo‗ladi, agar bahoning 1 % ga 
pasayishi sotishni 2,5 % oshirsa va hokazo. 
Agar talab egri chizig‗ining muayyan bir uchastkasida TE=1 
bo‗lsa, unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o‗zgirishi 
mazkur tovarni sotishga ta‘sir ko‗rsatmaydi. Agar shu uchastkada 
TE<1 bo‗lsa, unda sotish miqdorining ancha kamayib ketishidan 
qo‗rqmasdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 bo‗lsa, unda 
bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko‗paytirishi 
mumkin. Boshqacha aytganda, talab noelastik bo‗lganda foyda 
bahoning o‗sishi hisobiga ko‗payishi mumkin, talab elastikligi paytida 
esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin. 
Talabning elastikligi iste‘moldagi tovarlarning bir-birlarining 
o‗rnini osongina bosa olishiga bog‗liq. Shuning uchun ommaviy 
iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talab kam elastik bo‗ladi. 
Ammo bu bilan talab va taklif qonuni tahlili tugashi mumkin emas, 
negaki talab va taklifga vaqt tushunchasi ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi va 
shu bois uni tahlil qilish taqozo etiladi. Tekshirilayotgan davr qancha 
qisqa bo‗lsa, talabning qiymatga bo‗lgan ta‘siri shuncha kuchli bo‗ladi, 


220 
bu davr qancha uzoq bo‗lsa, ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatga 
bo‗lgan ta‘siri shuncha kuchayib boradi. 
Shu sababli A.Marshall bir zumli, qisqa muddatli va uzoq 
muddatli muvozanat turlarini ajratib ko‗rsatib beradi. Bir zumli 
muvozanatda taklif o‗zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab 
qondirilishi mumkin emas (band bo‗lmagan quvvatlardan foydalanish 
yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak bo‗ladi). Bu 
vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor 
bahoni oshirish hisobiga qo‗shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, 
tirik baliq bozorida baliqqa bo‗lgan talab oshdi, deylik. Baho ko‗tarildi, 
lekin o‗sha kuni sotuvchilar taklifni ko‗paytira olmaydilar (yangisini 
olib kelishga ulgurmaydilar). Shuning uchun taklif egri chizig‗i to‗g‗ri 
chiziq (S) ko‗rinishida bo‗ladi. Yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, baho 
oshadi (P
1
dan P
2
ga, 11.3-chizma).

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling