Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: «Mo„l-ko„lchilik 
jamiyati» (1958), «Yangi industrial jamiyat» (1967), «Iqtisodiy 
nazariyalar va jamiyat maqsadlari» (1973), «Pullar» (1975), 
«Ishonchsizlik asri» (1977). Bundan tashqari olim ko‗pgina maqola va 
intervyular muallifi.
Superindustrial jamiyat to‗g‗risidagi g‗oyalar amerikalik futurolog 
Tofflerning «Uchinchi to„lqin» kitobida bayon etiladi. Unda «yangi 
sivilizatsiya» davri vujudga keladi, deyilgan. Keyingi paytlarda 
neoinstitutsionalizm 
nazariyalari 
ham 
paydo 
bo‗lmoqda. 
Bu 
nazariyalarda texnik omillarni mutlaqlashtirishdan chekiniladi va asosiy 
e‘tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. Shunday yo‗l bilan 
mulk huquqi (Ronald Kluz - AQSh), jamoat tanlovi (Jeyms Byukenen - 
AQSh) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu qarashlar natijasida 
rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ham o‗zgarmoqda, bu 
siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari bormoqda.
Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g‗oyasi shuki, inson 
postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida 
qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun 
o‗z siyosatini qayta ko‗rib chiqishi kerak bo‗ladi, XXI asr esa «inson 
asri» deb e‘lon qilinadi.
Iqtisodiy evolyutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-
globalistlar shu qoidaga amal qiladilarki, evolyutsiya turli iqtisodlarning 
o‗zaro yagona iqtisodga aylanishi emas, balki turli tizimlarga 
aylanishidir. Bu oqibatda yangi industrializatsiyani ta‘minlaydi, bunda 
inson bosh, hal qiluvchi o‗rinni egallaydi.


237 
Tayanch tushunchalar 
 
Infratuzilma – ishlab chiqarish va ayirboshlashning bir me‘yorda 
ro‗y berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-
sharoitini tashkil qiluvchi sohalar. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling