Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
13.2. Keynschilar va neokeynschilar J.M.Keyns g‗oyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va uch oqimga ajraldi, bu oqimlar keynschilik, deb ataladi. Keyns ta‘limoti ayniqsa, AQShda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Harris, J.M.Klarklarning asarlarida bu g‗oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik, deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to‗liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to‗ldirildi. Xansenning fikricha kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama- qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat xarajatlarini o‗stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, ularning fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek «me‘yordagi inflyatsiya» ham taklif etiladi. E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiyasini to‗ldirdilar. Multiplikatorlar ta‘siri keyingi davrlarda ham bo‗ladi, ya‘ni uni uzluksiz jarayon, deb qaradilar. 241 Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o‗sishni tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multiplikator prinsipini akseleratsiya prinsipi bilan to‗ldirdilar. Bu prinsipga ko‗ra aniq sharoitlarda daromadlar o‗sishi investitsiyalar o‗sishiga olib kelishini ko‗rsatuvchi koeffitsiyntga tengdir. Multiplikator prinsipiga ko‗ra investitsiyaning qanday ishlatilishi unchalik ahamiyatga ega emas, u ish bilan bandlikni ta‘minlab, daromadni oshirishi kerak. Yangi keynschilar esa investitsiyaning qanday ishlatilishiga katta e‘tibor berib, industrlashgan investitsiya tushunchasini kiritdilar. Akselerator investitsiya o‗sishining daromad o‗sishiga, ya‘ni investitsiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi. Yangi prinsipning mohiyati shundaki, ba‘zi bir asbob-uskuna, mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan uzoq vaqt talab etiladi, shu muddatni kutish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni kengaytirishga psixologik (ruhiy) ta‘sir etadi, bu esa real talabdan ortiq bo‗ladi va investitsiyaga talab ham ortadi. Multiplikator va akselerator g‗oyalariga asoslangan holda davlat kapital qo‗yilmalari asosida iqtisodiyotning uzluksiz o‗sish sxemasi ishlab chiqildi. Kapitalistik iqtisodiyotda davlat byudjeti tartibga solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi. Soliqlar iqtisodiyot o‗sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi. Davlat to‗lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o‗sish davrida kamayadi. Shu yo‗l bilan Xansenning fikricha samarali talab hajmi me‘yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo‗yilmalarini tartibga solish va davlat xarajatlarini sharoitga qarab o‗zgartirish chegaralari ham belgilanadi. O‗sish davrida davlat xarajatlarini cheklash, inqirozlar davrida uni oshirish va shu yo‗l bilan xususiy xarajatlarni kompensatsiyalash taklif etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni konyunkturani me‘yorlashning eng yaxshi vositasi deb qaraladi (AQShda harbiy xarajatlar doim yuqori bo‗lishiga e‘tibor bering). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling