Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Keyns g„oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

13.4. Keyns g„oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati 
Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta‘limoti inqirozlar, urushlar 
va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo‗ldi, chunki favqulotda 
holatlar davrida davlatning roli kuchli bo‗lishi kerak. Amalda esa 
ayniqsa, 2-jahon urushidan so‗ng G‗arb mamlakatlarining sotsialistik 
oriyentatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat byudjeti 
qarzlari ko‗payib, ishsizlik ham o‗sgan, inflyatsiya kuchaygan. Bu 
ijtimoiy faoliyatni ko‗paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir, deb tan 
olinmoqda. Ishsizlikni ish haqini pasaytirish yo‗li bilan hal etish 
tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko‗paytirish (inflyatsiyaga 
olib keladi), ya‘ni emissiya yo‗li ko‗pchilikka oson ko‗rinadi. Bu 
konsepsiya ma‘lum davr mobaynida inflyatsiya bo‗lmagan holda 
minimal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi.
70-yillardan boshlab Keyns ta‘limotiga nisbatan davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi bo‗yicha neoliberalizm g‗oyalari asosiy 


246 
tamoyillardan biri bo‗lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko‗pgina 
mamlakatlarida inqiroz holatlari doimiy holatga aylanib qolgan edi. 
Inflyatsiya, davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik tobora kuchaydi. 
Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat 
sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim 
tarmoqlariga 
investitsiyalar 
kamayganligi 
ular 
g‗oyalarining 
sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar.
70-80-yillar neoliberal g‗oyalar iqtisodiyotda tobora ustunlikni 
egallay boshladi. Ko‗p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya 
qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o‗tildi). Buning oqibatida Buyuk 
Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya 
va 
boshqa 
mamlakatlarda 
davlatning 
iqtisodiyotga 
aralashuvi 
minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling