Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asrning 40-yillari 
Keyns g‗oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g‗oyalarini 
to‗laligicha (G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo‗ldi. 
Ba‘zilari (F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz, deb 
hisobladilar, bundan ko‗ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda 
davlat yo‗li bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy 
manfaatlariga moslashtirish kerak, deyiladi. Fransuz olimlari imperativ 
va indikativ rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv 
xarakterga ega (sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja 
markazi asosiy maqsadlarni belgilaydi va turli uslublar bilan 
tadbirkorlarni ma‘lum xatti-harakatlarga yo‗naltiradi. Ular faqat davlat 
sektoridagi korxonalar uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya 
va boshqa bir qancha kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo‗llaniladi). 
Hozirda 
uzoq 
muddatli 
prognozlar 
va 
rejalar 
tuzish 
keng 
qo‗llanilmoqda.
Keyns uslubi kapitalizmdagi iqtisodiy inqirozlarning oldini olishga 
qaratilgan edi, ammo II Jahon urushidan keyin AQSh va boshqa 
mamlakatlarda bu inqirozlar davom etmoqda. 1948-1949, 1953-1954, 
1957-5198, 1960-1961, 1967, 1969-1971, 1974-1975 va 1981-1982-
yillardagi hamda boshqa inqirozlar bu fikrimizning dalilidir.
Bular Keyns ta‘limotini tanqid qilish uchun asos bo‗ldi. Masalan, 
S.Harrisning fikricha Keyns barcha qiyinchiliklarni hisobga ola 
olmagan, masalan, to‗la bandlikka erishish haqida gap boradi-yu, 
qanday qilib uni doimo ta‘minlash haqida taklif yo‗q, inflyatsiyaning 
eng katta darajasi noaniq, davlat qarzlarining chegarasi ham berilmagan.
Keyinchalik yangi keynschilik o‗rniga postkeynschilik vujudga 
keldi. Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik 
olimlar A.Egner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga 
kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg‗unligi konsepsiyasini 
tanqid qiladilar, Keyns bo‗yicha go‗yoki, asosiy g‗oya kapitalistik 
iqtisodiyotning noturg‗unligi bo‗lgan. Yangi keynschilik g‗oyalari ham 


243 
tanqid ostiga olinar ekan, agar boshqa olimlar Keyns g‗oyalarini statik, 
ya‘ni turg‗un deb qarasalar, ular bu ta‘limotni dinamik, ya‘ni 
harakatchan nazariya, deb qaraydilar.
Postkeynschilarning avvalgi davrda paydo bo‗lgan «yuqori naf», 
«ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi» nazariyalarini tanqid 
qilishi xarakterlidir. Ular o‗z g‗oyalarini D.Rikardoning qiymat 
qonuniga asoslanib ilgari suradilar. Ularga polshalik iqtisodchi 
M.Kaletskiyning taqsimot konsepsiyasi qo‗l keldi. Investitsiyalar o‗sishi 
bilan ayrim sinflar iste‘molining hissalari o‗rtasidagi bog‗lanish 
qonuniyati qarab chiqiladi. Postkeynschilar o‗z tadqiqotlariga ijtimoiy-
iqtisodiy institutlar, masalan, kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. 
Bu ta‘limotda o‗sish va taqsimot muammolari markaziy o‗rinni 
egallaydi. Ishlab chiqarishda o‗sish sur‘atlari milliy daromadning 
taqsimotiga bog‗liq, daromad va uning o‗sishi esa jamg‗armaga, 
umumiy jamg‗arma esa ish haqi va foydadan jamg‗arilgan jami 
summaga bog‗liq. «Jamg‗arishga moyillik» har kimda har xil bo‗lgani 
sababli taqsimotdagi o‗zgarishlar jamg‗armaning umumiy summasiga 
ta‘sir etadi. Demak, milliy daromadni taqsimlash uning o‗sishiga ta‘sir 
qiladi. Undan tashqari milliy daromadni taqsimlash kapital jamg‗arilishi 
funksiyasi hisoblanadi. Kapitalning jamg‗arilish sur‘ati foyda normasini 
belgilaydi va demak, milliy daromaddagi foyda normasini aniqlaydi. Ish 
haqi hissasi qoldiq miqdor sifatida qaraladi, ammo ishchilar kurashi bu 
nisbatga ma‘lum o‗zgartirish kiritishi mumkin. Bu yo‗nalish 
tarafdorlarining fikri real haqiqatga ancha yaqin g‗oyalar hisoblanadi.
Postkeynschilar iqtisodiy siyosatlarda kapitalistik iqtisodiyotni 
tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari edilar. 
Ko‗pchilik «daromadlar siyosati»ni oqlaydi, chunki bu yo‗l bilan 
inflyatsiyaga qarshi kurashish mumkin.
Keyns g‗oyalarini neoklassik yo‗nalish bilan yaqinlashtirishga 
intiluvchilar ko‗p bo‗lgan. Ular orasida A.Piguning xizmatlari katta. 
Uning fikricha inqirozlarning asosiy sababi bu ish haqining kam 


244 
egiluvchanligidir. Bandlik to‗la bo‗lmagan holda makroitisodiy 
muvozanat faqat ish haqi va baholarning elastik (qayishqoq) bo‗lmagan 
holatida mumkin, deb qaraladi.
Hozirgi 
davr 
keynschiligida 
ikkita 
tendensiya 
hukmron 
hisoblanadi: 1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog‗liq 
amerika keynschilari va 2) avvalo, Fransuz tadqiqotchilari nomi bilan 
bog‗liq Yevropa keynschilari.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling