Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Keynschilikning AQShdagi xususiyatlari
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
13.3. Keynschilikning AQShdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o„sish nazariyalari 50-yillarda keynschilik g‗oyalari rivojlantirilib, yangi g‗oyalar ilgari surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o‗sish sur‘atlari doimiyligini ta‘minlovchi mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iborat. Oqibatda «multiplikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o‗ziga xos keynschilikning o‗sish nazariyalari, jamg‗arish va iste‘mol o‗rtasidagi o‗zaro bog‗lanish xarakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi. Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o‗sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professori Evsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890- 1978) hisoblanadi. Ularning nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo‗tadil) sur‘atlarda o‗sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish)ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xulosalarlarini birlashtiradi. Ularning fikricha shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to‗la foydalanishga erishish mumkin. Xarrod-Domar modelining boshqa bir qoidasi bo‗yicha ayrim parametrlar, daromadlardagi jamg‗arma hissasi va kapital qo‗yilmalarning o‗rtacha samaradorligi uzoq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy o‗sishga erishish avtomatik ravishda bo‗lmasligi, balki davlatning 245 shunga muvofiq siyosati natijasida, ya‘ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro‗y berish mumkinligini ta‘kidlaydilar. Domar va Xarrod modellaridagi farq–boshlang‗ich pozitsiyalardagi ayrim ko‗rsatkichlardir. Masalan, Xarrod medelida investitsiya va jamg‗armalar tengligi g‗oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng, deb qabul qilinadi. Ikkala olimning shunga ishonchlari komilki, daromad o‗sishini ta‘minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa ko‗zda tutiladiki, o‗sish bandlikka yordam beradi, bu esa o‗z yo‗lida, korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so‗zsiz tan olishdir; chunki Keyns bo‗yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va jamg‗armalar orasidagi proporsiyalar xarakteri va dinamikasiga bog‗liq, aniqrog‗i investitsiyalarning ildam o‗sishi, baholar darajasi o‗sishiga sabab bo‗ladi, jamg‗armalar o‗sishi esa korxonalarning to‗la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling