Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Pul massasi va iqtisodiy sikllar 
M. Fridmen Anna Shvars bilan birga yozgan «Qo‗shma Shtatlarning 
monetar tarixi (1867–1960 yil)» asarida katta hajmdagi materiallar 
yordamida pul massasining kuchayishi bilan iqtisodiy sikl fazalari o‗rtasida 
bog‗liqlik borligini ko‗rsatib berdi. U pul massasi o‗sishning tezlashuvi yoki 
sekinlashuvini kuzatib, deyarli 100 yil mobaynida AQSh ning barcha 
xo‗jalik dinamikasi pul massasi harakati bilan aniqlanib kelingan, degan 
xulosaga kelgan. Pul massasining o‗sish sur‘ati o‗zgarishi ijtimoiy mahsulot 
o‗sishida o‗zgarish keltirib chiqaradi. Pul massasining yuqori o‗sish 
cho‗qqisi ishlab chiqarishning o‗sishini, pul massasining quyi nuqtasi ishlab 
chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, pul massasi 
(muomaladagi pul miqdori) iqtisodiy hayotga iste‘molchilar va firmalar 
sarf-xarajatlari orqali bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.
Pul taklifining ko‗payishi bilan bog‗liq bo‗lgan o‗zgarishlar faqat 
miqdor ko‗rsatkichlarida o‗z ifodasini topmaydi. Pulning aylanishi va 
mahsulotlar miqdori doimiy bo‗lganda pul taklifining o‗zgarishi bahoga 


261 
to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatadi: pul taklifi kuchayganda uning xarid qobiliyati 
pasayadi, ya‘ni baho oshadi. Agar pul taklifining ko‗payishi YaIM 
ko‗payishi bilan birga olib borilsa, baholar oshmaydi. 
Baholarning o‗zini-o‗zi tartiblab turishi va pullarning sotib olish 
qobiliyatining tenglashuvi natijasida pul sektori bilan tovar sektori 
o‗rtasida zaruriy aloqa o‗rnatiladi. 
Pul massasini tartiblash (ko‗paytirish) banklar tizimi orqali 
resurslarning tarmoqlar o‗rtasida taqsimlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, 
texnika taraqqiyotiga «yordam beradi», iqtisodiy faollikni qo‗llab-
quvvatlashga imkon beradi. Pul dastaklaridan nihoyatda ehtiyotkorlik 
bilan foydalanish kerak. Pul massasi bilan iqtisodiy o‗sish o‗rtasida 
muvozanat bo‗lishi zarur. Shu bois, M. Fridmen monetar qoidalarni 
qonun yo‗li bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko‗ra real yalpi 
ichki mahsulotning o‗sishi bir yilda 3 foizni tashkil etganda (AQSh 
uchun) pul massasining o‗rtacha o‗sish sur‘ati 3-5 foiz miqdorida 
belgilanishi lozim. Bu iqtisodiyotda faollikni keltirib chiqaradi. Agar pul 
taklifining ko‗payishi yiliga 3-5 foizdan oshib ketsa, inflyatsiyaning 
kuchayishiga olib keladi, agar pulning ko‗payishi 3–5 foizdan past 
bo‗lsa YaIM o‗sishi pasayadi.
M. Fridmen fikricha Buyuk turg‗unlik davri qiyinchiliklari eng 
avvalo, federal rezerv tizimining (FRT) iqtisodiyotda pul miqdorining 
kamayib ketishini bartaraf etishga qurbi yetmaganligi bilan bog‗liq (fond 
bozorining sinishi va banklarning xonavayron bo‗lishi sababli). Pul 
massasining yetishmasligi esa talabga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi, real ishlab 
chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu erda shu narsani aytish kerakki, 
monetaristlarning tanqidi behuda bo‗lgani yo‗q, u keyinchalik o‗z 
foydasini ko‗rsatadi. 1987-yil 19-oktabrda jahon miqyosida fond bozori 
sinishi kuzatildi. Ammo FRT va boshqa markaziy banklarning qat‘iy 
xatti-harakati tezda o‗z samarasini berdi. Rag‗batlantiruvchi pul siyosati 
amalga oshirildi. Foiz stavkasi pasaydi, bu bank ishidagi sarosimani 
to‗xtatdi. 


262 
Monetar konsepsiyasining keynschilikdan farqi. Yuqorida qayd 
qilib o‗tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi o‗rtasida nisbat 
o‗rnatishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. Pul taklifining o‗sishi (pulning 
o‗sish foizi), baholar barqarorlikni ta‘minlaydigan darajada bo‗lishi 
lozim. M. Fridmen fikriga ko‗ra bunday darajani aniqlash juda 
murakkab. Markaziy bank prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi. 
Iqtisodiy rivojlanishga aynan qaysi omillar ta‘sir ko‗rsatayotganligini 
aniqlash qiyin va hatto, mumkin emas. Qabul qilinayotgan qarorlar 
kechikkan bo‗lishi va ba‘zida qarama-qarshi natijalarni keltirib 
chiqarishi ham mumkin: masalan, ba‘zan ishlab chiqarishning o‗sishini 
rag‗batlantirish ko‗zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya‘ni qabul 
qilingan qaror o‗sishga to‗sqinlik qiladi.
Markaziy bank qisqa muddatli tartiblashning konyunk-turali 
siyosatdan voz kechishi va iqtisodiyotga uzoq muddatli ta‘sir ko‗rsatish, 
pul massasini asta-sekin ko‗paytirib borish siyosatiga o‗tishi kerak. Pul 
massasi nominal YaIM ga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Monetar konsepsiya va monetar tavsiyalar keynschilikdan farq 
qiladi, ba‘zan esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqtisodiyotni 
tartiblash muammosidagi bu ikki yondashuv o‗rtasiga katta chegara 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling