Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
IS-LM modeli
Keynschilar ko‗p o‗tmay monetaristlar bilan fikrimiz bir xil bo‗lib chiqadi, deb o‗ylagan edi, lekin monetaristlar o‗zlarining tushunishlari bo‗yicha ulardan farq qilishgan. Bu muammo keyns-neoklassik tizimida qayta yechilgan va monetaristlar elastik bo‗lmagan LM egri chizig`ini 257 aytgan bo‗lsalar, keynschilar esa elastik LM egri chizig`ini tatbiq etganlar. Natijada, oxir-oqibat bu termin taqdimotlarda monetaristik va keynschilik ta‘limoti birga keladigan neokeynschilik IS-LM modeli, deb yuritilib, ular faqatgina bir necha parametrlari bilan farq qiladigan bo‗ldi. Ayirboshlash tenglamasi M. Fridmen konsepsiyasi garchi o‗ziga xosligi bilan ajralib tursa ham u pulning miqdoriy nazariyasiga asoslanadi. Pul massasi ko‗paysa, baholar o‗sadi va aksincha, pul massasi kamaysa, baholar pasayadi, ya‘ni boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‗lganda tovarlarning baholari pul miqdoriga mutanosib tarzda o‗zgaradi. Tovar aylanishini ta‘minlovchi naqd pul taxminan bir yillik daromadning o‗ndan bir qismini tashkil etadi, deb faraz qilaylik. Boshqacha aytganda pul yiliga o‗n marta aylanadi. Pul bir yilda 10 marta aylansa, unda misol uchun, 10 mln. so‗mlik bir yillik daromadni (mahsulotni) sotish uchun muomalada 1 mln. so‗m bo‗lishi kerak. Agar muomaladagi pul miqdori 1 mln. so‗mdan 2 mln. so‗mga ortsa, unda (boshqa shartlar o‗zgarmagan holda) baholar ham ikki barobar oshadi. Bunday bog‗liqlik, ya‘ni muomaladagi pulning miqdori bilan mamlakat doirasida sotilgan tovar va xizmatlarning umumiy miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlik Irving Fisherning ayirboshlash tenglamasida quyidagicha ifodalanadi: M • V = P • Q; bu yerda, M – pul miqdori; V – muomaladagi pulning aylanish tezligi; P – baholar darajasi; Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar miqdori. Tenglamaning chap tomonidagi M • V jami ishlab chiqarilgan tovarni sotib olishga ketgan xaridorlarning umumiy sarflari va pulning aylanish tezligini bildirsa, o‗ng tomonidagi P • Q esa ushbu ayirboshlanadigan tovarlar miqdori va baholar darajasini bildiradi. Agar M • V bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan 258 umumiy xarajatlar bo‗lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM) teng bo‗lishi kerak, ya‘ni SMM = P • Q. Ayirboshlash tenglamasi funksional bog‗liqliklarni ancha aniq tasavvur etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa yo (R) baholar, yo (Q) ishlab chiqarish miqdori o‗zgaradi. Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o‗zgarishiga bog‗liq emas, deb hisoblaganlar. Ularning fikriga ko‗ra ishlab chiqarishning real miqdori davlatning mehnat resurslari holati, ishlab chiqarish quvvatlari bilan aniqlanadi, pulning aylanish tezligi esa ishchilarga har yili to‗lanadigan ish haqi miqdoriga o‗xshash omillar bilan ifodalanadi. Monetaristlar juda ko‗p amaliy materiallarga asoslangan holda (bu haqida yuqorida aytib o‗tildi) pul taklifi nominal SMM ishlab chiqarishda hal qiluvchi omil hisoblanadi, deb xulosa qiladilar. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling