Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
E.Chemberlinning monopolistik raqobat
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
14.8. E.Chemberlinning monopolistik raqobat
nazariyasi Edvard Xeyting Chemberlin (1899-1967) o‗z asarida monopoliyaning mohiyati, monopol baho va monopol foydaning yuzaga kelishining chuqur tahlilini bepradi. Uning fikricha monopoliyaning mohiyati bu taklif ustidan nazorat, bunda baho ustidan ham nazorat bo‗ladi. Differensiatsiya kuchayib borgan sari har bir sotuvchi absolyut (mo‗tloq) monopoliyaga ega bo‗ladi, ammo shu bilan birga o‗rnini bosa oladigan boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchining nomukammal raqobatiga uchraydi. Shundan kelib chiqib, barcha sotuvchilar «raqobatchi monopolistlar» bo‗lib, «monopolistik raqobat» kuchlari ta‘siri sharoitida ish yuritadilar. Chemberlin fikricha bozorlar o‗zaro bog‗langan, chunki bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan sotuvchilar vazifasi bir-biriga yaqin bo‗lgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda hamohangdirlar. Real hayotda bozorlar u yoki bu darajada nomukammaldirlar, shu sababli muvozanatga intilish to‗g‗risida gapirish o‗ta soddalikdir. Natijada har 271 bir sotuvchi monopolist, deb hisoblanadi, uning o‗z xaridorlari, «noyob» mahsulotini oluvchilari bo‗ladi. Bozordagi monopolistik sifatida baholarni tartibga soladi. Bu esa tovarlar va xizmatlarning real taklif hajmi «sof» raqobat sharoitidagidan kam, bahosi esa yuqoriroq bo‗ladi. Bu yerda mahsulot differensiyasi eng muhim shart. Bu kategoriyaning mohiyati shundaki, sotuvchilarning tovari (yoki xizmati) da boshqalarnikidan keskin farq qiluvchi belgisi bo‗lishi kerakligidir. Bu belgi xaridor uchun real yoki xayoliy bo‗lishi, aslida esa xuddi shu mahsulotga afzallik berilishiga olib kelishi shart. Bunday differensiatsiya bo‗lgan sharoitda xaridorlar va sotuvchilar tasodifiy yoki tartibsiz juftlikka (bu sof raqobatda bo‗ladi) birlashmaydilar, bu yerda afzallika asoslangan tanlov holati yuzaga keladi. Sotuvchi-monopolist qo‗shimcha xarajatlar qilish yo‗li bilan sotilayotgan mahsulot hajmini oshirishi (bunda tovar bahosi pasayishi) mumkin. Boshqa xuddi shunday tovar sotuvchilar esa bu shuni darhol amalga oshira olmaydi, deb raqobatdosh tovar markasi bahosini pasaytirish yoki yangisini ishlab chiqarish davomida xuddi shunday choralar boshqa raqobatchi tomonidan qo‗llanilishi mumkinligidan bexavotir bo‗ladilar. Raqobatning baholanmaydigan omillari qatoriga tovarlar sifati va reklama kiradi va ular individual yoki alohida xususiyatlarga ega. Differensiatsiya mahsulotning o‗z ma‘lum xususiyatlari asosida shakllanishi, maslan, alohida xususiyatlar - fabrika markasi, firma nomi, qadoqlash yoki tara (agar ular bo‗lsa) bo‗yicha yoki sifat, shakl, rang, stil asosida individual xususiyatlari bilan belgilanadi. Sof raqobat sharoitida alohida sotuvchi bozori umumiy bozor bilan qo‗shilib, faqat amaldagi baho bo‗yicha istalgancha tovarni realizatsiya qiladi. Ikkinchi holatda tovarni sotish cheklanadi va yangi uchta omil: 1) baho; 2) mahsulot xususiyati va 3)reklamaga xarajatlar bilan belgilanadi. Mana shu omillar yordamida xaridorlarning iste‘mol qarorlariga ta‘sir etiladi. Bunda baholarni pasaytirish omili alohida 272 ahamiyat kasb etadi, chunki tovarga baho pasayishi mahsulot sifati pasayishi tarzida qilinish ehtimoli bo‗ladi. Monopolistik raqobatning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bunda baholar raqobati yo‗qotiladi, oqibatda «quvvatlar ortiqchaligi fenomeni»doimiy va odatdagi hodisaga aylanadi. Bu ortiqchalik «jazosiz» uzoq vaqt davomida ko‗payib boradi, chunki u doim xarajatlardan kattaroq bo‗lgan baholar hisobiga qoplanib turadi. Butun bozorning ma‘lum qismini egallash darajasini ko‗rsatuvchi bu ko‗rsatkich (fenomen) faqat alohida patentlar va fabrika markalari bilangina qo‗llanmasdan boshqa, yani obro‗, ustalik, alohida mahorat kabi hodisalar bilan ham qo‗llab-quvvatlanadi. Bu hodisalar erkin kasb ega (rassom, musiqa)si faoliyat sohasining bir qismi bo‗lib, ular ham «monopol daromadlar nazariyasi» predmetidir. Differensiatsiyalashgan mahsulot baho muammosi raqobatli talab va xarajat egri chiziqlari doirasiga kiritilishi mumkin emas, baho haddan tashqari past, ishlab chiqarish masshtabi juda katta, korxonalar soni juda kichik bo‗lib chiqadi. Bundan tashqari raqobatning yana ikkita jihati: differensiatsiya va sotish xarajatlari bo‗tunlay tushib qoladi. Shu sababli baholarni to‗la bilmaslik mahsulotga talab elastikligi (qayshiqoqlik)ni pasaytiradi, bu esa reklama talabning elastikligini oshirishi, baholar raqobatini esa ancha keng qilishiga o‗xshaydi va baholar yordamida talab etiladigan qo‗shimcha xarajatlarni qoplaydi. Raqobat kurashi evolyutsiyasi tovar sifatini oshiradi (buni patent, mualliflik huquqlari, firma himoya belgilari, firma alohida qadoqlash usuli, mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida, firmaning qulay joylashuvi). Reklama esa erkin raqobat sharoitidan farqli ravishda bozorlar qo‗shilib ketishiga yo‗l qo‗ymaydi. Baholanmagan raqobat omillari firmani xaridorlar talabini qondirish uchun yangi imkoniyatlar qidirishga undaydi, ularga «havasning pullik qoidalari» ni singdirib boradi. 273 Ishlab chiqarish va sotish xarajatlari konsepsiyasida xarajatlar fabrika doirasida tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan sarflardangina (birinchi) emas, deb qaraladi. Transport (tashish), ajratish (sortirovka), saqlash, uylarga yetkazish xarajatlari (ikkinchi) mavjud bo‗lib, ular talablarni qondirish uchun yanada yaxshi qulayliklar yaratadi. Ikki xil ko‗rinishdagi xarajat o‗rtasida chegara o‗tkazish (ishlab chiqarish xarajatlari, sotish xarajatlari) taklif va talab o‗rtasidagi farq kabi qiymat nazariyasida fundamental ahamiyat kasb etadi. Sotish xarajatlari mazkur mahsulotga talabni oshiradi, ishlab chiqarish xarajatlari uning taklifini oshiradi. ―Klassik‖ va ―neoklassik‖ lar fikricha sof raqobat iqtisodiy o‗sishning hal qiluvchi sharti, deb hisoblagan bo‗lsa, E.Chemberlin ta‘limotiga ko‗ra raqobat - monopolistlar orasida ham raqobat doimo mavjud, bu baholi va baholanmagan raqobat rivoji orqali namoyon bo‗ladi (mahsulot va reklama sifatini takomillashtirish bilan bog‗liq). Birinchi marta iqtisodiy liberalizm g‗oyasida real hayotda sof raqobat ham, sof monopoliya ham mavjud emas, degan fikr paydo bo‗ldi, o‗z mohiyatiga ko‗ra monopolistik raqobat ko‗p sonli sotuvchilar o‗rtasida kuzatiladi, bu raqobat darajasi bir-birini qoplaydigan raqobatlashayotgan tovarlar soni ortishi bilan kuchayib boradi. Bundan shunday muhim xulosa chiqariladiki, monopolistik raqobat sharoitida xaridor raqobatlashayotgan bir tovarni boshqasidan, bir sotuvchini (mo‗tlaq noekvivalent bir xil tovarni) boshqa sotuvchidan afzal ko‗rishi mumkin. E.Chemberlin mantiq‗i bo‗yicha, kichik yoki o‗rtacha sotuvchi va ishlab chiqaruvchi ham monopolist bo‗lishi va yirik korxona subyekti bilan bo‗ladigan musobaqada bemalol ishtirok etishi mumkin. Olim 1937-yil o‗z kitobiga qo‗shimcha sifatida (kitob 8 marta qayta nashr etilgan) «Nomukammmal raqobat» va «Monopolistik raqobat» kategoriyalari to‗g‗risidagi tushuntirishlarida bir tomonlilik mavjudligini ta‘kidlaydi, birdan bir hodisaning ikki nomi sifatida 274 qarashlarda o‗zaro o‗xshashlik yetarli baholanadi, ammo ularning farqi deyarli sezilmaydi, deb hisoblaydi. Ko‗pchilik bu farqning ahamiyatini tushunmasdan masala faqat terminologiya bilan bog‗liq, deb o‗ylashlari mumkin. E.Chemberlin o‗z tadqiqotlari xulosasida raqobat sharoitida monopoliya tabiiy mohiyatiga mustahkam ishonch bildiradi; tadbirkorlik ko‗p hollarda o‗z monopoliyasini barpo qilish uchun imkoni boricha boshqa tadbirkorlar o‗z monopoliyasini kengaytirishiga qarshi choralarni kengaytirish va kuchaytirish harakatini qiladi. Keyinchalik E.Chemberlin va uning monopolistik raqobat nazariyasi tarafdorlari tomonidan «guruhiy monopoliya» sharoitida ham raqobat saqlanishi to‗g‗risidagi qoida ilgari surilgan. Bunda gap sherik- raqobatchilar o‗rtasida bozorda ularning ta‘sir doiralarini bo‗lib olish to‗g‗risida boradi. Asosiy maqsad turlicha (differensiatsiyalashgan) tovar mahsuloti bahosini eng yuqori xarajatlar darajasidan past bo‗lmagan holda realizatsiya qilishdir. Hozirgi davrda mahsulotning istisno sifati bilan birga qo‗shimcha baholanmagan monopolistik raqobat shartlari kuchayib bormoqda, bular alohida tovar yaratuvchi tomonidan yaratilgan texnik takomillashuv, firmaga obro‗-e‘tibor keltiradigan sharoitni ta‘minlovchi xaridorlarga maxsus xizmat va boshqalar. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling