Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
omillarining xalqaro taqsimoti» nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi.
Ularning fikricha har bir mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta‘minlanmaganligi, demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan harakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko‗p) bo‗lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo‗l bo‗lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo‗ladi. Har bir mamlakat o‗zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo‗lgan yo‗l bilan tayyorlangan tovarlar ko‗proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga olib keladiki, barcha davlatlar o‗ziga qulay va foydali bo‗lgan xo‗jalik tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo‗lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon savdosi uyg‗un (garmonik) jarayon, deb qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to‗la hisobga olinmaydi, masalan, o‗z davrida mustamlaka egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o‗rtasidagi munosabatlarni hech ham uyg‗un, deb bo‗lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar o‗rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo‗lishi amri mahol. Lekin kelajakda ideal shakl sifatida bu hodisa ro‗y berishi mumkin. 293 60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti konsepsiyalari paydo bo‗ldi. Bular orasida eng yaxshi ma‘lum bo‗lgani «tovarning hayotiylik sikli» nazariyasidir. Uning mualliflari amerikalik iqtisodiyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi. Uning asosini qayta ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Sanoatda paydo bo‗ladigan texnologik jihatdan har bir yangi mahsulot kirish, eksponent o‗sish, sekinlashuv va tugash siklini o‗tadiki, bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga to‗g‗ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab chiqarishni joriy etish fazasida yangi mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan ilmiy-texnik bazaga va bozorda shu mahsulotning raqobatbardoshlig‗ini sinovchi sharoitning mavjudligiga bog‗liq. O‗sish va kengayish fazasi uchun industrial bazaning quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish xarakterlidir. Yetuklik, kamolot fazasida mahsulot ishlab chiqarish soddalashib, ommaviy tus oladi. So‗nggi (eskirish) fazasi mazkur mahsulot o‗rnini qoplovchi yangi takomillashgan mahsulotning paydo bo‗lishi bilan bevosita bog‗liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab ham keskin kamayadi. Shunday texnologik jarayon mavjud namunaviy mamlakat sifatida AQSh misol qilib keltiriladi. Xalqaro mehnat taqsimotining rivoji esa boshqa mamlakatlarning Amerika iqtisodiyotiga texnologik qaramligi asosida shakllanishi tasavvur etiladi. Ilmiy - texnik progressiya bilan bog‗liq iqtisodiy qarashlar ingliz iqtisodchisi Jon Xiks (1904-1989) tomonidan ilgari surilgan. Uning modeli bo‗yicha texnika prgressi neytral, mehnatni iqtisod qiluvchi va kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga bo‗linadi. Texnika progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste‘mol xalqaro savdoga neytral, ijobiy va salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling