Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
289 XVI BOB. JAHON XO„JALIGI TO„G„RISIDAGI IQTISODIY G„OYALAR 16.1. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojiga oid ta‟limotlarning xususiyatlari Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlar to‗g‗risida fikr yuritdik. Ammo iqtisodiyotga xos bo‗lgan muhim bir xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal xarakterga ega. Agar bu masalaga tarixan yondashilsa, iqtisodiyotning, xo‗jaliklarning yaqinlashuv jarayoni ilgaridan ma‘lum. Masalan, eramizdan avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo‗li bilan Xitoy, Yaponiya, Koreya mollari Hindiston, Eron, O‗rta Osiyo orqali Vizantiya va Italiyaga olib kelingan, u yerdan sotib olingan mollar boshqa mamlakatlarga olib borilgan. Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir karvonda ko‗p sonli odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar bo‗lgan, yo‗l bir necha oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo‗li XIV- XV asrlarda Amir Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng rivojlandi. Jahon bozorining vujudga kelishi ko‗pincha XV asr oxiri va XVI asr boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Amerika qit‘asi, ko‗plab yangi orol va mamlakatlar ochildi. Ular bilan dengiz orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi, mustamlakachilik tizimi vujudga keldi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuv jarayoni doim rivojlanishda bo‗ldi va ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin bu jarayon mazmun jihatdan tobora chuqurlashib, hududi kengayib bormoqda. Jahon xo‗jaligi, uning paydo bo‗lishi, rivojlanishi va takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim olim va mutaxassislarning diqqat markazida bo‗lgan 290 Hozirgi davrda dunyoda 200 dan ortiq mamlakat mavjud bo‗lsa, ularning tabiiy iqlimiy sharoitlari nihoyatda turli-tuman. Ularning aholisi, xo‗jalik faoliyati, turmush tarzi ham xilma-xildir. Tarixiy, an‘anaviy sharoit taqozosi tufayli har bir mamlakatda o‗ziga xos xo‗jalik faoliyati, mahsulot turlari yuzaga kelgan. Masalan, bizga yaxshi tanish bo‗lgan kartoshka, makkajo‗xori, pomidor, tamaki Amerika kashf etilgandan keyin bizga olib kelindi va rivojlandi. Xuddi shunday yo‗l bilan o‗zaro bog‗lanish, savdo-sotiq, madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. Ayniqsa, xalqaro savdo munosabatlari bu borada yetakchi o‗rinni egallaydi va iqtisodiy ta‘limotlarda ham bu sohada muhim yutuqlar mavjud. Xalqaro iqtisodiy integratsiya dastlab savdo sohasida keng tus olgan. Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milliy davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta‘limotlar ham mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida o‗z aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, D.Rikardo, R.Torrens, J.S.Mill, A.Marshall (yuqorida ular bilan tanishganmiz) J.Vayner, G.Xaberler, G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod qildilar. A.Smit tomonidan mutloq afzallik prinsipi ishlab chiqilgan, unga ko‗ra eng kam xarajat talab etuvchi tovarlar ishlab chiqarish va eksport qilish samaralidir va aksincha. Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo‗lib mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit fikri), balki xalqaro ko‗lamda ham obyektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi.Olimning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir davlat o‗ziga kerakli barcha narsani (tovarlarni) ishlab chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to‗g‗ri, degan savol tug‗iladi. Unga javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat ma‘lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega bo‗ladi. Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat 291 vino ishlab chiqarish samaraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo‗lgan sohani rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an‘analar, tarixiy tajriba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho‗chqachilikni rivojlantirish haqida so‗z ham bo‗lishi mumkin emas. Solishtirma xarajatlar prinsipi ham barcha mamlakatlarga ham tegishlidir va qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish muammosi hal etilganda hisobga olinishi shart. Shu sababli ayrim davlatlarda u yoki bu soha «mustaqilligi» uchun kurash e‘lon qilinganda bu omil albatta, yaxshi o‗rganib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Neoklassik, ya‘ni «sof» iqtisodiyotni targ‗ib etuvchilar xalqaro mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o‗zgarishi sabablarini aniqlashni bosh vazifa qilib qo‗yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul mexanizmi yo‗lini inkor etadilar. R.Harrot, F.Maxlup, K.Kurihara kabi neokeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning pul mexanizmiga alohida e‘tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti, baynalmilal qiymat, baholar nisbati deyarli e‘tiborga olinmaydi. «Sof» ta‘limot tarafdorlari fikricha jahon bozorida «mukammal raqobat» mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoniyatlarga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o‗zini-o‗zi tartibga solish prinsipi bor. Eksport va import baholari nisbatini tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda «savdo sharoitlari» industrial davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o‗zgarmoqda, deb o‗ylamoqdalar va buni yer unumdorligining pasayib borishi, degan qonun bilan bog‗lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining fizik hajmlari o‗sishini hisobga olmagan holda xalqaro savdo rivoji tendensiyalari agrar xomashyo yo‗nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi savdo pozitsiyalari yaxshilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdoning neokeynschilik ta‘limoti vakillari fikricha har bir mamlakat ichki bozorda ko‗proq tovar ishlab chiqarishga 292 intilgani sababli mehnat va kapital bilan bandlikning to‗la emasligi tufayli ko‗proq eksport qilishga va kamroq import qilishga intiladi. Shu sababli ham xalqaro savdo o‗zini-o‗zi tartibga soluvchi jarayon bo‗la olmaydi, aksincha tovar eksporti kapital chiqarish bilan rag‗batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan cheklanishi zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish. Keyingi davrda vujudga kelgan iqtisodiy ta‘limotlarda E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson tomonidan yaratilgan «ishlab chiqarish Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling