Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g„oyalar
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pol Antoni Samuelson
15.3. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g„oyalar
Shuni eslatib o‗tmoqchimizki, 1901-yildan boshlab fizika, kimyo, meditsina (biologiya), adabiyot va tinchlikni saqlash sohalarida Nobel mukofoti berilib kelinadi. 1968-yili Shvetsiyadagi Riksbankning 300 yilligi munosabati bilan iqtisodiyot fanining insoniyat hayotidagi yuksak rolini tan olish va rag‗batlantirish maqsadida iqtisodiyot bo‗yicha (oltinchi) Nobel mukofoti joriy etildi va 1969-yildan buyon har yili berib kelinmoqda. Birinchi bo‗lib bu mukofot iqtisodchi - matematik olimlar gollandiyalik Yan.Tinbergen va norvegiyalik Ragnar Frishga («iqtisodiy jarayonlarni matematik tahlil etishda dinamik modellarni rivojlantirish va qo‗llash bo‗yicha tadqiqotlari uchun») berildi. 1970-yilda (ikkinchi bo‗lib) Nobel mukofoti P.Samuelsonga «statik va dinamik iqtisodiy nazariyani rivojlantirigani va shu bilan iqtisodiyot fani tahlilini yanada yuqoriroq pog‗onaga ko‗tarishga hissa qo‗shgan ilmiy ishi uchun» berildi. Quyida shu iqtisodchining iqtisodiy g‗oyalari to‗g‗risida fikr yuritiladi. Pol Antoni Samuelson (1915)ning «Ekonomiks» kitobi dastlab 1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, hozirgi iqtisodiy ta‘limotlarning asosiy yo‗nalishlaridan birini tashkil etadi. 1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualiflikda nashr etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga o‗girildi. Ma‘lumki, hozirgi zamon (XX asr) iqtisodiy ta‘limotlarida uch asosiy: 1)neoklassik; 2) keynschilik va 3) institusional yo‗nalishlar mavjud bo‗lib, Samuelson shulardan birinchisining vakili sifatida ijod qilgan. Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar davlat xususiy tadbirkorlar kirisha olmaydigan yoki kirishni xohlamaydigan 281 ayrim tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishni (masalan, milliy mudofaa sohasiga taalluqli) uning o‗zi zimmasiga olish kerak, degan fikrga rozi bo‗lganlar. Lekin shu bilan birga ular bunday ishtirok juda kam darajada bo‗lishi kerak, deb hisoblar edilar. Samuelson hal qilishni mumtoz maktab bozor ixtiyoriga qoldirishni istagan haddan tashqari ko‗p muammolarga bozorning ta‘siri unchalik o‗tavermasligini sezdi. Qo‗shmcha oqibatlar, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, sanoatning atrof- muhitni ifloslantirishi muammolariga talab va taklif qonuni ta‘sir etmaydi. Binobarin , davlat iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o‗z zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o‗z kuchidan foydalanishi kerak. Samuelson eng kam ish haqi to‗g‗risidagi qonunni daromadlar pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli, deb hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida qo‗llab-quvvatlaydi. Uning fikricha hozirgi davr iqtisodchilari «neoklassik sintez»ga erishish uchun samarali kredit- pul va fiskal siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini aniqlash bo‗yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish, ikkala yondashuvdagi barcha sog‗lom fikirlarni jamlashtirishga harakat qilmoqdalar. Kitobning dastlabki boblarida A.Smitdan hozirgi davrgacha bo‗lgan iqtisodiy ta‘limotlar mohiyati tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab chiqiladi. Ayniqsa, A.Smit, T.Maltu‘s, D.Rekardo asarlari har tomonlama tahlil etilgan. Uning fikricha 1820-1870-yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va siyosatchilar gipnoz holatida bo‗lgan, bunga asosiy sabab «sanoat inqilobi» bo‗lib, bir qancha g‗oyalar, ayniqsa, T.Maltus, D.Rikardolarning aholi o‗sishi bilan daromadlar pasayishi to‗g‗risidagi fikrlari chippakka chiqdi. XX asrning 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo‗nalish paydo bo‗lganligi qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks g‗oyalari. 282 Ayniqsa, neoklassik yo‗nalishda matematik usullarning keng qo‗llanilishi, talab, foydalilik, umumiy iqtisodiy muvozanat masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo‗lib qoldi. A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida matematik elementlar «iqtisodiy tahlilning nozik metodlari»ga olib keldi. J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, «Sey qonuni» ga ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va keynschilar ta‘sirida «aralash iqtisodiyot» yaxshi faoliyat ko‗rsata boshlaganligi ta‘kidlanadi. 2-jahon urushidan so‗ng ishlab chiqarish nihoyatda tez o‗sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta‘kidlanadi. Ammo, deb ta‘kidlaydi olim hali bizni to‗la bandlik va mo‗tadil baholar o‗rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi. Samuelson Chikago maktabi vakillari faoliyatiga, xususan, M.Fridmenning monetar sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu olimlarda «erkin raqobat», «bozor baholari» asosiydir. Olim iqtisodiy taraqqiyotning omillariga baho berib, uni to‗rtta deb hisoblaydi: 1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy). 2. Tabiiy resurslar. 3. Kapital. 4. Texnologiyalar. Olimning bu omillari «taraqqiyotning to‗rt g‗ildiragi» deb yuritiladi. E‘tibor berib qarasak, inson roli eng yuksak qo‗yilgan. Haqiqatan ham inson bo‗lmasa boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya, GFR ...). Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Lafferning soliqlar hajmi va yalpi milliy mahsulot o‗rtasidagi bog‗lanish tahlil etilgan. Laffer effekti bo‗yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma‘lum miqdorga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa davr mobaynida byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, 283 istiqbolda jamg‗armalar, investitsiya va daromadlar ko‗payishi tufayli byudjet tushumlari oshadi. Soliq stavkasi o‗zgarishlari iqtisodiyotga ta‘sirini izihlash uchun Laffer egri chizig‗i chizilgan. Unga ko‗ra soliq ortishi bilan davlat byudjetiga tushumlar ortavermaydi. Aksincha, shunday ma‘lum chegara borki, undan ortiq soliq stavkasi byudjetga tushumlarni kamaytiradi, chunki yuqori soliqlar xo‗jalik faoliyatiga bo‗lgan qiziqishni (rag‗batni) kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma‘lum hollarda soliq stavkalarini pasaytirish faqat ishlab chiqarishning o‗sishigagina emas, shuningdek, byudjetga soliq tushumlarining o‗sishiga ham olib keladi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling