Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
Tayanch tushunchalar Neoliberalizm-iqtisodiy rivojlanish va o‗sish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish to‗g‗risidagi qoidaga asoslanadi. “Ordoliberalizm”- ―Ordo‖ so‗zi ―Tabiiy tuzum ... erkin bozor xo‗jaligi‖ tushunchasini bildiradi. Monetarizm – iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul omillari hal qiluvchi rol o‗ynashini asoslashga qaratilgan nazariya. Muhokama uchun savollar 1. Ayirboshlash tenglamasining mohiyatini tushuntirib bering. 2. M.Fridmen bo‗yicha pulga bo‗lgan talab qanday omillar bilan aniqlanadi? 3. Pul taklifi degandi nimani tushunasiz? 4. M.Fridmenning pul qoidasining mohiyati nima? 5. Monetarizm va keynschilik nazariyalarining o‗xshashligi va o‗ziga xosligi, nimada? 277 6. Neoliberalizmning kelib chiqish sababi va uning keynschilikdan farqi? 7. Neoliberalizmning asosiy belgilari nima? 8. ―Ordoliberalizm‖ deganda nimani tushunasiz? 9. F.Xayek inson erkinligini qanday tavsiflaydi? 10. F.Xayekning markaziy rejalashtirish tizimiga bo‗lgan munosabati? 11. V.Oykenning ―iqtisodiy tizim‖ tiplarini tushuntirib bering. 12. L.Erxardning iqtisodiy islohotlarining muvaffaqiyatli chiqishiga sabab nima? 278 XV BOB. HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA‟LIMOTLARI EVOLYUTSIYASI 15.1. Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati Iqtisodiyotda bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va inflyatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo‗lib qolmoqda. Aholoning mo‗tadil va to‗la bandligini, real daromadlar o‗sishini qanday qilib ta‘minlash mumkin, degan savollar hammani, iqtisodiyot fani namoyondalarini ham qiziqtirib kelmoqda. Bu masalalar bilan neoklassik sintez yo‗nalishi shug‗ullanib, unda klassik iqtisodiy ta‘limot tomonidan ilgari aniqlangan nazariyalar hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalar bilan sintez qilinadi. Bu sohada barakali ijod etgan P.Samuelson fikricha «neoklassik sintez» – bu aslida hozirgi neokeyns va neoliberal nazariyalarning neoklassik g‗oyalar shuningdek, klassik maktabning ayrim qoidalari va hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan birlashib ketadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling