Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Nomukammal bozorning xususiyatlari


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
14.7. Nomukammal bozorning xususiyatlari 
XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga 
iqtisodiyot tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa, Yevropa va 
AQShda yaqqol ko‗zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm prinsiplari (erkin 
savdo-fritredolik, davlatning iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot 
talablariga javob bermay qo‗ydi. Monopollashuvning yorqin oqibati 
sifatida 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozini keltirish 
mumkin. Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning «bozorlar qonuni» 
hamma yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo‗lsa, bu 
davrda uning ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval 
institutsionalizm, keyin neoklassiklar tomonidan tadqiqot obyekti qilib 
olindi.
Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti 
professori E. 
Chemberlin va Kembrij universiteti professori 
J.Robinsonlar shug‗ullandi. 1933 yili amerikalik E.Chemberlin o‗zining 
«Monopolistik raqobat nazariyasi», ingliz J.Robinson xonim esa 
«Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» asarlarini chop etdilar. 
Bu asarlarda erkin raqobat sharoitini inkor etadigan sharoitda bozor 


270 
mexanizmlarining harakati masalalari har tomonlama chuqur tahlil 
etiladi. Xususan, ikkala muallif fikricha bozor bahosi bozor 
ishtirokchilarining kollektiv faoliyati tufayli yuzaga kelmaydi, chunki 
tovar mahsulotlarining turli-tumanligi (differensiyasi) xaridorlarni bu 
tovarlar bahosi to‗g‗risida to‗liq informatsiyadan, firma-ishlab 
chiqaruvchilarni tanlashda raqobatdan mahrum etadi. Ular iqtisodiyotda 
muvozanatning buzilish sabablarini ilgarigidek iqtisodiy muhitdagi 
«kategoriya» va «qonun»lardan izlaydilar. Institutsional yo‗nalish 
tarafdorlariga esa nomukammal raqobat iqtisodiy o‗sishga avvalo, 
«inson omili»ning ta‘siri oqibatidir. Bu esa jamiyat rivojlanishi, shu 
bilan birga iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik, 
huquqiy va boshqa muammolardir. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling