Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to„g„risida
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
14.5. V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to„g„risida Valter Oyken (1891–1950) o„zining “Milliy iqtisodiyot asoslari” (1947) kitobida xo‗jalikni tashkil etish shakllarining asosiy tiplarini (turlarini) ko‗rsatib beradi. Mazkur kitobning ―Iqtisodiy tizimlar‖ bobida ―xo‗jalikning ideal tiplari‖ to‗g‗risidagi g‗oya ilgari suriladi. Uning mohiyati V.Oykenning quyidagi mulohazalarida ochib beriladi: har qanday mamlakatning iqtisodiyoti juda ko‗p bir xil elementlardan tashkil topgan, ya‘ni pul, baho, foyda, kapital, foiz, mehnat, ish haqi va shu kabilar. Nega bo‗lmasa turli mamlakatlarning iqtisodiyoti turlicha? V.Oyken bo‗yicha buning sababi bosh elementlarda yashiringan. Bunday elementlar, bir tomondan bu erkin bozor xo‗jaligi, ikkinchi tomondan – markaziy boshqaruv xo‗jaligi hisoblanadi. Bu bosh elementlar ideal yoki sof xo‗jalik tiplari hisoblanadi va boshqaruv uslublari bo„yicha bir-biridan farq qiladi. Birinchi xo‗jalik tipida buyruq berishga, o‗z hukmini o‗tkazishga hech kimning haqi yo‗q. Ikkinchisida – barcha qarorlar yuqoridan qabul qilinadi. Demak, o‗z-o‗zidan yuzaga kelish holatlari bo‗lmaydi. V.Oykenning keyinchalik qayd qilishicha real voqelikda bunday ideal xo‗jalik tiplari amal qilmaydi. Shuning uchun ―xo‗jalikning ideal tipi‖ tushunchasi bilan birga u iqtisodiy hayotda doimo amal qiladigan ―xo‗jalikning real tipi‖ tushunchasini kiritadi. 266 Lekin har xil iqtisodiy tizim xo‗jalikning ideal tipiga intiladi. Bu yerda xo‗jalik tiplari nima bilan aniqlanadi, degan savol tug‗iladi? Buning sababi, V.Oykenning fikricha mamlakatning milliy-mintaqaviy xususiyatlariga, ya‘ni an‘ana, urf-odat, axloq, din, madaniyat darajasi, odamlar ongining shakllanishi va shu kabilardan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, xo‗jalik tiplari xalqning o‗z tanloviga bog‗liq. V.Oykenning fikriga ko‗ra ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal yer egaligi, totalitar davlatlar, shu jumladan, sotsialistik iqtisodiyot markazdan boshqariladigan xo‗jalikka intiladi. Xalq qancha madaniylashgan bo‗lsa, u shuncha markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi. Bunday vaziyatda davlat o‗zini qanday tutishi kerak? Neoklassiklar nuqtayi nazariga ko‗ra bozorni tanlash – tabiiy jarayon, chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini - erkin bozor xo‗jaligini tan oladi. V.Oyken bo‗yicha esa insoniyat uchun iqtisodiyotning ikki tipi tabiiy; markaziy-boshqaruv xo‗jaligi o‗zining amal qilishida hatto ancha uzoq tarixiga ega. Shuning uchun xalqning xo‗jalik tipini tanlashida davlat uning istagiga quloq solishi, ijtimoiy institutlarni tashkil etishda yordam berishi kerak. Masalan, agar bozor bo‗lmasa, bozorni tashkil etish. Keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor ishtirokchilarining o‗yin qoidalarini kuzatib borishi kerak. Bu yerda neoliberallar futbol komandasini misol tariqasida ko‗rsatadi. Ularning nuqtayi nazariga ko‗ra davlat bu futbol hakami, neoklassiklar esa davlatni hakamsiz ko‗cha futbol komandasiga o‗xshatishadi. Neoliberallar fikriga ko‗ra ular iqtisodiy tizimni tanlash to‗g‗risidagi ta‘limotni shakllantirdi. Agar neoklassiklar sotsialistik tizimni ko‗zi bog‗langan, ertami-kechmi o‗raga qo‗lab tushadigan tizim sifatida tarixning qisqa muddatli xatosi, deb hisoblagan bo‗lsalar, neoliberallar esa, markaziy-boshqaruv xo‗jaligini iqtisodiyotning tabiiy varianti, deb hisoblaydi. U (iqtisodiyot) istibdod tartibotidan kelib chiqqanku (Rossiyada – podshoh, Sharq xalqlarida – xon va b.). Shuning uchun neoliberallar fikriga ko‗ra, markaziy-boshqaruv xo‗jaligi 267 tarixning xatosi hisoblanmaydi, balki uzoq tarixga ega, o‗zida erkin tadbirkorlik unsurlarini albatta, mujassamlashtiruvchi qonuniyatli jarayon hisoblanadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling