Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
15.2. Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi
g„oyalari Bu yangi g‗oyaning paydo bo‗lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash shakldagi qarashlar ustunlik qiladi, iqtisodiyotni tartibga solishning turli shakllari taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tarbibga solishda asosan uchta ta‘limot qarashlari – ishtirok etadi. Bular 1) turli modifikatsiyadagi keynschilik ta‘limotlari; 2) taklif iqtisodiyoti nazariyalari va 3) monetarizm. Keynschilik qarashlarida asosan davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki keng targ‗ib etiladi. Bunda konyunkturaning o‗zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasini 279 ta‘minlash, ish bilan bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos qilib olinadi. Bunda asosiy e‘tibor davlat bdjetiga qaratiladi, shu yo‗l bilan to‗lov imkoniyatlariga talab to‗g‗ridan to‗g‗ri tartibga solinadi. Monetaristlar fikricha esa iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik prinsipi qo‗llab-quvvatlanadi. Ayrim fikrlar bo‗yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy muvozanatni modellashtirishni ham o‗z ichiga oladi. Ayrim olimlarning aytishicha (A.B. Anikin) Samuelsonning neklassik sintezi avvalo, klassik mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo‗shilishi, deb qaraladi. Yuqorida keltirilgan qarashlarni uch qismga bo‗lish mumkin: ularning birinchisi iqtisodiyotda to‗la bandlikni ta‘minlash va bu prinsipini erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan birgalikda (iqtisodiy liberalizm), shuningdek, erkin bozor stixiyasini chegarolovchi keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo‗llanilishi mumkin. Ayniqsa, davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda «ishsizlikning tabiiy normasi» (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflyatsion imkoniyatlar hamda Erxard-Ryopkelarning «Ijtimoiy bozor xo‗jaligi» prinsiplari birgalikda harakat qiladi. Ikkinchi qarashlarda X1X asrning oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat) nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yoki xarajat nazariyasi va eng yuqori foydalilik nazariyasi aks ettiriladi. Bu yerda marjinalistlarning ikkinchi vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi to‗g‗risida gap bormoqda (V. Paretto va boshqalarning baho, talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko‗zda tutiladi). Uchinchi qarash bo‗yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi modeli bir vaqtning o‗zida makro va mikro iqtisodiy tadqiqotlarga asoslanadi. Bu tadqiqotlarda avvalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal raqobat to‗g‗isidagi qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste‘mol sohalari bir-biriga qarama- qarshi qo‗yilmaydi. Bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling