Mavzu: Korxonalarda ixtisoslashuvning samaradorligini oshirish imkoniyatlari. Reja


Download 36.88 Kb.
bet1/4
Sana07.01.2023
Hajmi36.88 Kb.
#1082183
  1   2   3   4
Bog'liq
Korxona mustaqil ish korxonalarning ixtisoslashuv darajasi


MAVZU: Korxonalarda ixtisoslashuvning samaradorligini oshirish imkoniyatlari.
Reja:
1.Korxonani joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchalari, ularning ilmiy asoslari.
2. Ixtisoslashtirishning shakllari va ko‘rsatkichlari.
3. Korxonalarda ixtisoslashuvning samaradorligini oshirish imkoniyatlari.

Tayanch iboralar: tarmoq tarkibi, ishlab chiqarishni joylashtirish, ixtisoslashuv, tarmoqlarni integratsiyalash, konsentratsiya, ixtisoslashtirish shakllari, ixtisoslashtirish ko’rsatkichlari, ijtimoiy mehnat taqsimoti.
K i r i s h
O’zbekistonda keyingi yillarda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda va hukumat tomonidan uni mustahkamlash borasida yangi ustuvor vazifalar belgilanmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir1 . Ma’lumki, har qanday davlat iqtisodiy muhitni tashkil etuvchi ma’lum bir institutlar doirasida faoliyat yuritadi va o’zgarib boradi. O’zbekistonda bosqichmabosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida iqtisodiyotning yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar barpo etilmoqda. Shu bilan bir vaqtda ular faoliyat yuritishini belgilovchi me’yoriy hujjatlar (konstitutsiya, qonunlar, farmonlar va boshqalar)ni va norasmiy cheklovlarni o’z ichiga oluvchi institutsional muhit yaratilmoqda. Ana shu muhit jamiyatda mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlarini takomillashuviga, moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: – ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; – iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish; – iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash;
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; – valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; – iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. 2 Yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda iqtisodiy muhitni faollashtirish, faoliyat ko’rsatayotgan iqtisodiyotni rivojlantirish qonuniyatlarini belgilashning samarali vositasi zarur. Ana shunday vosita bo’lib tadbirkorlik sohasini, jumladan korxonalar iqtisodiyotini tashkil etish va ularni boshqarish hisoblanadi. Shuningdek, iqtisodiy jarayonlar takomillashib borayotgan xozirgi davrda zamonaviy mutaxassis keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog’lay olishi va o’z tanlagan sohasi bo’yicha haqiqiy bilimdon bo’lishi lozim. Jumladan, bozor iqtisodiyotida samarali faoliyat ko’rsata oladigan va inqirozga qarshi boshqaruv ko’nikmalarini chuqur egallagan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash O’zbekistonning buyuk kelejak sari dadil odimlarini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan omillardan biri sanaladi. Bu oliy maqsadga erishish talabalardan o’z ustida tinmay ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarni doimiy ravishda boyitib borishni, ishlab chiqarish iqtisodiyotini, uni oqilona tashkil etish va boshqarish ko’nikmalarini chuqur o’zlashtirishni talab qiladi. Ushbu o’quv qo’llanma bakalavriatning noiqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanish uchun ko’maklashadi. Qo’llanmaga oid fikr-mulohazalarni mualliflar minnatdorchilik bilan qabul qiladi.

Download 36.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling