Mavzu: Korxonalarda ixtisoslashuvning samaradorligini oshirish imkoniyatlari. Reja


Korxonani joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchalari, ularning ilmiy asoslari


Download 36.88 Kb.
bet2/4
Sana07.01.2023
Hajmi36.88 Kb.
#1082183
1   2   3   4
Bog'liq
Korxona mustaqil ish korxonalarning ixtisoslashuv darajasi

Korxonani joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchalari, ularning ilmiy asoslari.

Korxonani joylashtirish va ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotining turli shakllarini o‘zida namoyon etadi. Har bir korxonada ishlab chiqarish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ishlab chiqarishning iqtisodiy va tabiiy jarayonlarini o‘zida aks ettiradi hamda o’zi mansub tarmoqda mehnatning ijtimoiy taqsimotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.


Ishlab chiqarishni joylashtirish - bu korxonada mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiiy-iqtisodiy va ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi mahsulotni hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda joylashtirishdir. Korxonada ishlab chiqarishni joylashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotini miqdor tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarida joylashgan har bir korxona biror turdagi mahsulot yetishtirishini va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini aniqlab beradi.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishni joylashtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim:

  • yirik sanoat markazlari va shaharlar talabini hisobga olish;

  • korxona yetishtiriyotgan mahsulotlar xususiyatlariga, ya’ni tez buzilish, tashish uchun qulayligi, logistika xizmatlari va hokazo;

  • mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xomashyo manbalariga yaqinlashtirish;

  • transport vositalari hamda yo‘llar holati;

  • korxona mahsulotlarining xaridorlari, ularni saqlovchi va sotuvchi korxonalarning joylashishi va rivojlanish darajasi;

  • mintaqa aholisi, uning mehnatga yaroqli qismi, mehnat malakasi, kasbi va bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi.

Mamlakatning iqtisodiy mintaqalari yoki alohida korxonaning ixtisoslashuvi esa asosiy tarmoqni belgilab olish va uning rivojlanishi uchun ustuvor rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi. U iqtisodiy mintaqa yoki korxonaning ishlab chiqarish yo‘nalishini va tarmoq tarkibini tavsiflaydi.
Korxonaning tarmoq tarkibi yalpi va tovar mahsuloti tarkibida alohida tarmoqlarning salmog‘i bilan tavsiflanadi va quyidagicha hisoblanadi:



Bunda: TT - tarmoq tarkibi, foizda;


TYMQ – korxona tarmoqlarida yetishtirilgan mahsulot qiymati;
KYaM – korxonaning yalpi mahsuloti qiymati.
Ixtisoslashtirish korxonalarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun korxona ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgan tovar mahsulotining tarkibiga qarab aniqlanadi.
Ko’pgina korxonalarda bir necha tarmoq mavjud, ular orasida korxonaning maqsadi va vazifasini, asosiy yo‘nalishini ifoda etuvchi tarmoq bo‘ladi. U yoki bu mahsulotni yetishtirishga nafaqat biror korxona, balki butun bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, ixtisoslashish ma’lum mazmunda joylashish bilan bog‘liq bo‘lib, korxona ishlab chiqarishining mamlakat hududida joylashishini, ya’ni ijtimoiy mehnat taqsimoti shaklini ifoda qiladi. Ixtisoslashtirish va joylashtirish bir jarayonning ikki tomonini aks ettirib, ixtisoslashtirish bu jarayonning sifat tomonini, ya’ni birinchi navbatda, qanday mahsulot yetishtirish kerak degan savolga, joylashtirish esa uning miqdor tomonini, ya’ni u yoki bu mahsulotdan qancha yetishtirish kerak, degan savolga javob beradi.
Ixtisoslashuviga ko‘ra korxonalardagi tarmoqlar asosiy, qo‘shimcha va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarga bo‘linadi.
Asosiy tarmoq deb, korxona yalpi va tovar mahsulotida yuqori salmoqni egallagan tarmoqqa aytiladi. Asosiy tarmoq korxonaning ixtisoslashishini aniqlaydi. Qo‘shimcha tarmoq yalpi va tovar mahsuloti ishlab chiqarishida asosiy tarmoqqa nisbatan kamroq salmoqqa ega bo‘ladi. Asosiy va qo‘shimcha tarmoqlar o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘ladi va bir-birini to‘ldiradi. Ularni o‘zaro uyg‘un holda yuritib borish mavjud resurslardan samaraliroq foydalanishni ta’minlaydi.
Korxonalarda asosiy tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar - transport xizmati, ta’mirlash xizmati, ombor xo‘jaligi va boshqalar ham faoliyat ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar tarkibiga mahsulotlarni qayta ishlaydigan bo‘linmalar, qurilish brigadalari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi bo‘linmalar va boshqalarni ham kiritish mumkin.
Korxonalarda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatlarini, talab va taklifdan kelib chiqqan holda, mavjud resurslardan samarali foydalanib, mahsulotlarni yetishtirishga yo‘naltirishdan iboratdir. Korxonaning u yoki bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdagi ishtirokini belgilab beradi.
Korxonalarning ixtisoslashishi avvalombor asosiy tarmoqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib, kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni ko‘paytirish, intensiv texnologiyalar qo‘llash va hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Biroq, xo‘jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib rivojlantirish orqaligina erishish mumkin.
Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra korxonalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • tor ixtisosli korxonalar;

  • ixtisoslashgan korxonalar;

  • ko‘p ixtisosli (tarmoqli) korxonalar.

Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog‘i bo‘lib, uning tovar mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan korxonalar kiradi.
Tor ixtisosli korxonalar yuqorida ko‘rsatilgan ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum kamchiliklarga, salbiy oqibatlarga ham ega. Tor ixtisosli korxonalarda tabiiy-iqlim sharoitlari ta’sirida yetishtirayotgan mahsulot hajmi keskin qisqarishi yoki bozor konyunkturasidagi o‘zgarish sababli mahsulotning narxi keskin tushib ketgan holatlarda korxona iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolishi mumkin. Shu sababli bir turdagi mahsulot yetishtirishga chuqur ixtisoslashuv iqtisodiy tomondan o‘zini oqlamasligi mumkin.
Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, tarkibida asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi. Bu guruhdagi xo‘jaliklar tarkibida asosiy tarmoqlarning soni va ularning katta-kichikligiga qarab uchga bo‘linadi:
a) tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib, uning tovar mahsulotidagi ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar kiradi;
b) tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning har birining tovar mahsulotidagi salmog‘i 20 foizdan kam bo‘lmay, birgalikda tovar mahsulotining yarmidan ko‘proq qismini tashkil qilgan korxonalar kiradi;
d) tarkibida uchta asosiy tarmoq bo‘lib, ular korxona tovar mahsulotining to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar bo‘lgan korxonalar kiradi.
Korxonalardagi mavjud asosiy tarmoqlarga qarab uning ixtisoslashishini yuritish qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan korxonalarda asosiy tarmoq mahsulotlarini saqlash kabi xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanishi ham mumkin.
Ko‘p tarmoqli korxonalarga - tarkibida ko‘p sonli tarmoqlari mavjud bo‘lgan va yaqqol ko‘rinadigan ixtisosga ega bo‘lmagan korxonalar kiradi. Bunday korxonalarda tarmoqlarning kamaytirilishi va ixtisoslashtirishning chuqurlashishi natijasida ixtisoslashgan korxonalar guruhiga o‘ta boradilar.
Korxonalarda bir nechta tarmoqlarni qo‘shib olib borish ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish imkoniyatini beradi, ishlab chiqarish vositalari va mehnat xarajatlari notekisligini kamaytiradi. Tarmoqlarni oqilona qo‘shib olib borish yil davomida mahsulotlar ishlab chiqarish va pul vositalarining bir tekis kelib tushishi imkonini beradi, korxonalar iqtisodiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatadi, ularning moliyaviy holatini yaxshilaydi.
Korxonalarda tarmoqlarni oqilona joylashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilar:

  • resurs potensialidan - yer, kapital va mehnat resurslardan samarali foydalanish;

  • mahsulot birligi hisobiga minimal darajada mehnat xarajatlari va vositalar sarflab maksimal miqdorda mahsulot olishni ta’minlash;

  • ishlab chiqarishning mavsumiyligini kamaytirish, yil davomida texnika va ish kuchidan to‘liqroq foydalanish;

  • yil davomida aylanma vositalarning aylanishini va pul vositalarning bir tekis kelib tushishini ta’minlash va hokazo.

Korxonalardagi tarmoqlarni iqtisodiy asoslangan holda joylashtirish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • bozor talabini hisobga olish. Tarmoqlarda bozor munosabatlarini joriy qilish korxonalarni ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash jarayonini o‘zgartirish, ishlab chiqarishni tashkil qilishning progressiv shakliga o‘tish, zarar keltiradigan mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechish;

  • moddiy va mehnat resurslarini tejagan holda yalpi mahsulotni ko‘paytirish mumkin bo‘lgan mintaqada ishlab chiqarishni joylashtirish;

  • tabiiy-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarishni joylashtirish;

  • mehnat resurslaridan samarali foydalanish;

  • transportning barcha turlarini rivojlantirish;

  • qishloq xo‘jaligi va sanoat o‘rtasida to‘g‘ri mutanosiblikni ta’minlash;

  • sanoat korxonalarini xom-ashyoga qishloq xo‘jaligi korxonalarini esa ularning mahsulotlari iste’molchilariga yaqinlashtirish;

  • fan-texnika taraqqiyoti va moddiy-texnika bazani takomillashtirish;

  • mamlakatning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash.

Korxonalarni joylashtirish va ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotining turli ko‘rinishlaridir. Joylashtirish - alohida turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni respublika mintaqalarida, ayrim viloyat, tumanlar va korxonalar bo‘yicha miqdoriy taqsimlashni bildiradi. Korxonalarni joylashtirish uni ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog‘langan. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishda mintaqa va korxonalarning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olish muhimdir. Natijada korxonalarda ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish ta’minlanadi. Mamlakat mintaqalarini yoki alohida korxonalarni ixtisoslashtirish asosiy tarmoqni ajratib olish va uning rivojlanishiga sharoit yaratishdir. Ixtisoslashtirish ishlab chiqarish yo‘nalishini xarakterlaydi va hudud yoki korxonaning tarmoq strukturasini aniqlaydi.
Korxonalarda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning iqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanish uchun sharoit yaratadi. Shu asosda mahsulot miqdorini ko‘paytiradi va sifatini yaxshilaydi;

  • ixtisoslashtirish mavjud mehnat resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga imkoniyat yaratadi. Korxona xodimlarining professional strukturasini o‘zgartiradi, kadrlarning malakasini va mehnat unumdorligini oshiradi;

  • ixtisoslashtirish kapital qo‘yilmalar va asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Ishlab chiqarishga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini va ilg‘or tajribalarni joriy qilishga imkoniyat yaratadi;

  • ixtisoslashtirish tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini pasaytirish hamda rentabellikni oshirishga sharoit yaratadi va hokazo.

Korxonalarning ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va geografik joylashuvidir. Ayrim hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlari biror turdagi mahulotni yetishtirish uchun qulay bo‘ladi. Masalan, Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlari tabiiy-iqlim va tuproq shariotlari anor yetishtirish uchun qulaydir. Shuni inobatga olgan holda hukumatimiz tomonidan viloyatda anorchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. 2021-2022-yillarda Surxondaryoda 9432 gektar yerda anorzorlar barpo etilishi va yillik hosil hajmini yaqin kelajakda 300 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa Sherobod tumanida yetishtiriladigan anorlar o‘zining mazasi, tashqi ko‘rinishi va hosildorligi bilan ajralib turadi. Shu bois uning bozori chaqqon, dovrug’i chet ellarga ketgan. Tumanda 48 ta mahallaning 33 tasi anor yetishtirishga ixtisoslashgan. Hozirgi vaqtda Sherobod tumanida yiliga 30 ming tonna anor yetishtiriladi. Shundan 8 ming tonnasi eksportga chiqarilmoqda. Yaqingacha tumanda 2400 gektar anorzor bor edi. So‘nggi yillarda tumandagi anor yetishtirish uchun mavjud qulay sharoitdan unumli foydalanish maqsadida paxta va g‘alla maydonlari o‘rnida fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar tomonidan anor bog‘lari tashkil etishga e’tibor kuchaymoqda. 2021-yilda Sherobod tumanida besh ming, Muzrabot tumanida ikki ming va Qiziriq tumanida ming gektar yerda anor plantatsiyalari tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, tumanda “Sherobod anor impeks” korxonasi ham tashkil etilgan. 5 million dollarlik mazkur loyiha natijasida anorni qadoqlash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Uskunalar Janubiy Koreya va Sloveniyadan keltirilgan. Korxona 6 ming tonna qadoqlash, 2 ming tonna anor sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Korxonalarning ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir.
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning iqtisodiy siyosati ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mamlakat hukumati tomonidan biror yo’nalishda faoliyat yurituvchi korxonalarning har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi ushbu faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi korxonalar faoliyatining kengayishiga olib keladi. Masalan, pandemiya davrida onlayn savdo bilan shug’ullanuvchilarga, shaxsiy gigiyena mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga, yetkazib berish xizmati ko’rsatuvchilarga davlat tomonidan imtiyozlarning berilishi korxonalarning ushbu faoliyat turiga ixtisoslashuvining kuchayishiga olib keldi.
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.



Download 36.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling