Mavzu: Korxonalarda ixtisoslashuvning samaradorligini oshirish imkoniyatlari. Reja


Ixtisoslashtirishning shakllari va ko‘rsatkichlari


Download 36.88 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2023
Hajmi36.88 Kb.
#1082183
1   2   3   4
Bog'liq
Korxona mustaqil ish korxonalarning ixtisoslashuv darajasi

Ixtisoslashtirishning shakllari va ko‘rsatkichlari.

Korxonalarni joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishdan oldin hudud va korxonaning tabiiy va iqtisodiy sharoiti sinchiklab hisob-kitob qilinadi va so‘ng ishlab chiqarishni ratsional joylashuvi ta’minlanadi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ro‘y berib, ishlab chiqarish kuchlarining darajasini aks ettiradi. Shuning uchun ixtisoslashtirish o‘zgarishlarga boy jarayon bo‘lib, tinimsiz rivojlanadi va takomillashadi.


Korxonada ixtisoslashuv deganda mamlakatning ayrim iqtisodiy hududlari, tuman va ayrim korxonalarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi. Ixtisoslashtirish kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish, mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning malakasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, mehnat vositalari va buyumlaridan ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ixtisoslashtirish darajasining chuqurlashuvi jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi takomillashadi va bu o‘zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir qatorda butun qishloq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi oshishiga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini ixtisoslashtirish ikkita guruhga bo‘linadi:

  • xo‘jalik ixtisoslashuvi;

  • tarmoq ixtisoslashuvi.

Xo‘jalik ixtisoslashuvi o‘z navbatida xo‘jaliklararo ixtisoslashuv va ichki xo‘jalik ixtisoslashuviga bo‘linadi. Xo‘jaliklararo ixtisoslashuvda bir necha mustaqil korxonalar o‘z mablag‘larini, yetarli samara bermayotgan sohani birgalikda birlashtirish orqali ishni maqsadga muvofiq tashkil etishi tushuniladi. Bunday ixtisoslashuv xo‘jaliklararo korxona sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday korxona mas’uliyati cheklangan jamiyat, kooperativlar, hissadorlik korxonasi kabi shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Ichki xo‘jalik ixtisoslashuvining mohiyati – korxona ishlab chiqarish bo‘linmalari yoki hududlarini biron turdagi mahsulot yetishtirishga yo‘naltirish, biror turdagi mahsulotni maqsadga muvofiq hajmda joylashtirishdir. Bunday ixtisoslashuv korxona ishlab chiqarish resurslaridan to‘la va samarali foydalanish imkonini beradi, resurslarning korxona hududida samarasiz harakatini cheklaydi.
Tarmoq ixtisoslashuvi o‘z navbatida tarmoq bo‘yicha ixtisoslashuv va tarmoq ichida ixtisoslashuvga bo‘linadi. Tarmoq bo‘yicha ixtisoslashuvda korxonada bir yoki bir nechta tarmoq maqsadga muvofiq hajmda joylashtiriladi. Masalan, korxona bir necha turdagi mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishlari mumkin.
Tarmoq ichida ixtisoslashuvning chuqurlashib borishi va uning chegarasi mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonni mustaqil ajralib, natijada bu mahsulot sifatida namoyon bo‘lishidir.
Mamlakat miqyosida olganda ma’lum mintaqalar biror turdagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashishi mumkin. Bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda mintaqa yoki iqtisodiy tumanlar bo‘yicha mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Bu mamlakat, viloyat, tuman va boshqa shu kabi ma’lum hududiy birliklarning ixtisoslashishidir. Tovar mahsulotlari yetishtirish maqsadida hududlar yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti amalga oshadi. Masalan, mamlakatimizning g‘arbiy mintaqasi (Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) sholi, baliq yetishtirishga ixtisoslashgan va hokazo.
Korxonalarning ixtisoslashuv darajasi yetishtirilayotgan bitta yoki bir qancha tovar mahsulotlarining salmog‘iga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Bunda bir turdagi tovar mahsuloti yetishtirishga asoslangan xo‘jalik tor doirada ixtisoslashgan, yetishtirilaetgan uch, to‘rt xil tovar mahsulotlarining har qaysisining salmog‘i deyarli bir xilda bo‘lsa, bu xo‘jalik past darajada ixtisoslashgan; bir yoki undan ko‘proq tovar mahsulotlarining har biri kattaroq salmoqni egallasa, unda xo‘jalik o‘rtacha darajada ixtisoslashgan bo‘ladi. Masalan: korxonada yetishtirilgan tovar mahsulotning asosiy qismini biror mahsulot egallasa – u o’sha mahsulotni yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini inobatga olgan holda korxonalar mahsulotning bir turini emas, balki ikki va undan ham ko‘proq turini yetishtirishga ixtisoslashishlari mumkin. Masalan: shahar atrofida joylashgan xo‘jaliklar mahsulotlarning sut-sabzavot, sabzavot-kartoshka-chorva, sabzavot-meva-uzum kabi qator turlarini yetishtirishga ixtisoslashgandir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda shakllanayotgan va rivojlanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari bunga misol bo‘la oladi.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuv darajasi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ixtisoslashuv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, xo‘jalikda samaradorlikni oshirish imkoniyatlari ham yuqori bo‘ladi.
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi:
• korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu turdagi mahsulotning salmog‘i;
• korxona yalpi mahsulotini tarkibi;
• yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi;
• ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi.
Ixtisoslashuv darajasi tovar mahsulotlarining salmog‘i bilan tavsiflanadi va quyidagicha hisoblanadi:



Bunda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;
ATTMQ – asosiy tarmoqning tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m;
YTMQ – yalpi tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m.
Yalpi tovar mahsuloti qiymatinini aniqlash uchun bu barcha tarmoqlar tovar mahsulotlari qiymatlarining yig‘indisini hisoblash lozim.
Ixtisoslashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim shartidir. U bozor iqtisodiyotining mehnat taqsimoti qonuni, mehnat unumdorligining o‘sib borishi, mehnat turlarining o‘rin almashinuvi kabi umumiqtisodiy qonunlaridan kelib chiqadi. Ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini, xo‘jalikning rentabelligi va daromadini keskin oshirishga xizmat qiladi.
Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovar mahsulotlarini yetishtirish va xizmat turlarini ko‘rsatish uchun mehnat va moddiy resurlarning bir joyga to‘plashni, mavjud resurslardan va tabiiy sharotlardan samarali foydalanishga qulay sharoit yaratib, yetishtiriladigan mahsulot miqdorini va xizmat turini anchagina ko‘paytirish imkonini beradi, mehnat unumdorligini oshiradi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltiradi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish korxonalar oldida turgan asosiy vazifalarning to‘liq bajarilishi, ya’ni ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, fan yutuqlari, ilg‘orlar ish tajribasini joriy etib, ulardan unumli foydalanib, mahsulotlarni imkon qadar tez va barqaror ko‘paytirishini ta’minlaydi.
Xo‘jalikda ixtisoslashuvni to‘liqroq tavsiflash uchun ixtisoslashuv koeffitsiyenti (Ik) ko‘rsatkichi qabul qilingan. U quyidagicha hisoblanadi:


Bu yerda: 100 – alohida tarmoqlar tovar mahsulotining yalpi tovar mahsulotidagi salmoqlari yig‘indisi;
S – har bir tarmoq mahsulotining yalpi tovar mahsuloti tarkibidagi salmog‘i, % da;
n – tovar mahsulotlarining egallagan salmog‘i bo‘yicha tartib raqami (eng yuqoridan boshlab).
Masalan: sabzavotchilikka ixtisoslashgan xo‘jalikda tovar mahsulotlar tarkibi (yalpi tovar mahsulotiga nisbatan foiz hisobida) quyidagicha: sabzavot-60%, meva-22%, sut-14% va boshqa turdagi mahsulotlar esa 4 %. Shu ma’lumotlar asosida xo‘jalikda ixtisoslashuv koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi.


Bu koeffitsiyent qanchalik 1 ga yaqin bo‘lsa, ixtisoslashtirish darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar ixtisoslashtirish koeffitsiyenti 0,35 dan past bo‘lsa – past darajadagi ixtisoslashuv; 0,35 dan 0,50 gacha bo‘lsa – o‘rta darajadagi ixtisoslashuv; 0,50 dan 0,60 gacha bo‘lsa – yuqori darajadagi ixtisoslashuv; 0,60 dan katta bo‘lsa – chuqur ixtisoslashuvni anglatadi.


Korxonalarda ixtisoslashuvning samaradorligini oshirish imkoniyatlari.


Korxonalarda ixtisoslashuvning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi:



  • 1 ta xodimga, 1000 so‘mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga va 1000 so‘mlik joriy ishlab chiqarish xarajatlariga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsuloti qiymati;

  • mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi.

Demak, mahsulot yetishtirish uchun qayerda qulay sharoit mavjud bo‘lsa, mahsulot birligining tannarxi va narxi arzonlashsa, bu xo‘jalik va iste’molchilar uchun shuncha foydalidir.
So‘nggi yillarda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash hamda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida mamlakatimiz hukumati tomonidan turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, tumanlarni meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirish, mahsulot yetishtiruvchilarni meva-sabzavotchilik klasterlari hamda kooperatsiyalarga birlashtirish kabi amaliy choralar ko‘rilmoqda. Jahon bozorlari talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda hududlarni ixtisoslashtirish to‘g‘ri yo‘l ekanligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli, dastlabki bosqichda respublika bo‘yicha 55 ta tuman meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirildi. Biroq, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan hududlarning mavjud salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, tumanlar hududlarini tuproq-iqlim sharoitlariga mos bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, kartoshkachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni ko‘paytirish va mahsulot ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. 2020-yil 11-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4709-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan bildirilgan quyidagi takliflar ma’qullangan:

  • respublika hududlarini bosqichma-bosqich qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish;

  • respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlariga ixtisoslashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida eksperiment tariqasida 2020-2022-yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish.

Ushbu qarorda Jizzax viloyatining ayrim hududlarini 2020-2022-yillarda bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish nazarda tutilgan bo‘lib, tuman hokimliklari hamda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari bilan birgalikda hududlarning yer maydonlari ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ushbu yer maydonlarini ustuvor ravishda raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish jarayonini hamda innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llashni o‘z ichiga olgan agroklasterlarni tashkil etuvchi salohiyatli tashabbuskorlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa subyektlarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun tanlov asosida ajratish choralarini ko‘rish belgilab berilgan. Ixtisoslashtirilayotgan hududlarda yaxlitlikka jiddiy e’tibor qaratgan holda tegishli qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlariga qarab plantatsiya shaklida eksportbop ekin turlarini joylashtirish va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Download 36.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling