Smm nima: smm marketing haqida to’liq tushuncha


Download 212.45 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi212.45 Kb.
#1095901
Bog'liq
smm


SMM nima: SMM marketing haqida to’liq tushuncha

 
Social Media Marketing [SMM] – bu ingliz tilidan ijtimoiy media marketing bo’lib, Internet marketingning bir turi deb hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi – ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni mahsulot va xizmatlaringizga jalb etish.
O’ylaymanki, ijtimoiy media qanchalik katta ekanligini muhokama qilishimiz shart emas. Ushbu tarmoq Internetning o’zidan ham tezroq rivojlandi. Siz ham bir kuni ertalab uyg’onganda Telegram yoki Instagram sahifalarini varaqlamaganingizni tasavvur qila olasizmi?
Ijtimoiy media marketingning asosiy vazifalari:
— mahsulot brendini yaratish va uni tanitish;
— brendni mashhur qilish va unga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
— kompaniyalar saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
— yangi mijozlarni jalb qilish va mahsulot sotishni ko‘paytirish;
— doimiy mijozlar sonini oshirish;
— mijozlar ko‘magi va ochiqlik hisobiga kompaniya imijini oshirish;
— taniqli kompaniyalarning brendini tan olish;
— o‘z-o‘zini reklama qilish (PR);
— mijoz va foydalanuvchilarda mahsulot hamda xizmat yuzasidan paydo bo‘lgan savollarga
tezkorlik bilan javob berish.
SMM afzalliklari
Ulkan axborot: matn, grafika, audio, video va boshqa turdagi reklama xabarlarini uzatish
imkoniyati.
Keng auditoriyaga samarali ta’sir ko‘rsatish.
Maqsadli auditoriya bilan real vaqtda muloqotni tashkil etish.
So‘rovnoma, statistika va forumlar asosida maqsadli auditoriyaning fikr-mulohazalarini
o‘rganish.
Doimiy xaridor va hamkorlar bilan aloqada bo‘lish va ularning talablariga javob berish.
Mablag‘ning kam sarflanishi
SMM ning kamchiliklari
Ko‘p vaqt sarflanishi.
Ko‘p mehnat talab etilishi.
Foydalanuvchilar bilan doimo aloqada bo‘lish va ularning qiziqishlarini ushlab turish.
Mojaroli yoki salbiy vaziyat yuzaga kelsa, obro‘ga putur yetishi.
Norasmiy va ochiq muloqot.
SMMNING KAMCHILIKLARI
AMALIY TOPSHIRIQSMM nima evaziga rivojlandi?
Bugungi kunda dunyo aholisining 58,11% ijtimoiy tarmoqlardan faydalanadi:

SMM nima deb so’ralganda – bu o’z brendingizni tanitish, sotuv hajmini ko’paytirish va veb-sayt trafikini oshirish maqsadlari ham tushuniladi. SMM haqida ma’lumot berayotganda sizning tarmoqdagi profilingizda kontent yaratish, obunachilaringiz bilan muloqot qilish va ularni jalb etish va ijtimoiy media (Instagram, Telegramda) reklama berishlarlarni o’z ichiga oladi.
SMM marketing nima uchun rivojlanib borayotganining asosiy sababi bu foydalanuvchilar soni kundan kunfa o’sib borayotgani. Marketing Sherpa statistik ma’lumotlariga ko’ra, 18 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan odamlarning 95%-iga mahsulot brendini kuzatish va u bilan aloqa qilishda SMM media usuli eng qulayi deb hisoblashdi. SMM mutaxassis lavozimiga katta talab borligining sababi ham shu: deyarli har bir kompaniya SMM xizmatini ishlatadi. Hattoki ko’pgina brendlar uchun bu online savdoda yagona reklama usuli ham.
SMM marketing nimaga yo’naltirilgan?
Hozirgi kunda O’zbekistonda ham SMM rivojlanmoqda. Foydalanuvchilar 2019 yilga nisbatan 49% oshdi:

Shuning uchun ham SMM xizmati hammaga mos keladi: katta kompaniyalar, Internet-do’konlar, xizmatlar va ommaviy axborot vositalar uchun.
SMM ishining asosiy maqsadi (har qanday reklama kabi) – biznesga ko’proq pul olib kelishdir. Uning uchun har xil usullar qo’llanadi:

  • Facebook, Telegram va Instagram tarmoqlaridan xaridor topishadi. Buning uchun brendni to’g’ridan-to’g’ri mahsulotlarini reklama qiladilar (SMM targeting), kontent marketingidan foydalanadilar yoki sheriklar bilan bog’lanadilar.

  • Sodiq mijozlarni etishtirish uchun brend atrofida hamjamiyatni yarating.

  • Potentsial xaridorlarning e’tiborini jalb qilish va ijtimoiy tarmoqdagi obunachilaringizni ko’paytirish uchun foydali maqolalar va videolarni baham ko’ring.

SMM haqida yana bir narsani ta’kidlash joizki, uning tarkibiy qismlaridan biri bu ijtimoiy tarmoqlarni optimallashtirish (SMO-Social Media Optimization). SEO xizmati kabi, SMO ham veb-saytga yangi va noyob tashrif buyuruvchilarni jalb qilish strategiyasidir.
SMM mutaxassis nimalar qiladi?

SMM mutaxassis – kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini rivojlantirish bilan shug’ullanadi.
Uning ish tartibiga quyidagi vazifalar kiradi:

  • Taqdim etish uchun postlarni tanlaydi, bir hafta / oy / yil uchun kontent rejasini tuzadi.

  • Kontent yaratish jarayonini boshqaradi: reklama matnlarini yozish, videokontent tayyorlash, testlar tuzish. Ba’zan o’zi bajarishi ham mumkin.

  • Obunachilarning savollariga kompaniya nomidan javob beradi, postlar ostidagi sharhlarini (kommentlar) tekshirib turadi.

  • Turli xil ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni pullik targ’ibotini o’rnatadi (SMM targeting)

  • Ijtimoiy tarmoqlarning samaradorligini kuzatib boradi: abonentlar bazasi qanday o’sib bormoqda, kompaniyaga yangi mijozlar keladimi, ular buyurtma berishadimi, qancha pul olib kelishadi.


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Ijtimoiy media nima?
2. Ijtimoiy media marketing deganda nimani tushunasiz?
3. Brend nima?
4. Qanday o‘zbek brendlarini bilasiz?
5. Maqsadli auditoriya deganda nimani tushunasiz?
6. Ijtimoiy media marketingning qanday afzalliklari bor?

  • 7. Ijtimoiy media marketingning qanday kamchiliklari bor?

Download 212.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling