Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Ijtimoiy-institutsional yo„nalish evolyutsiyasi


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

12.5. Ijtimoiy-institutsional yo„nalish evolyutsiyasi 
Yuqorida institutsional yo‗nalishning asosiy g‗oyalari va dasturi 
ko‗rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo‗nalish g‗oyalari 
dolzarbligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda 
«Veblen kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan». Bu 
yo‗nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta‘limotda hozirgi 
zamon jamiyatini qayta qurish, transformatsiya masalalari nihoyatda 
muhim o‗rinni egallaydi. Ularning fikricha ilmiy-texnika taraqqiyoti 
tufayli jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar yo‗qolib boradi. 
Jamiyatning konfliktlarsiz evolyutsiyasi, uning industrial jamiyatdan 
postindustrial, superindustrial yoki «neoindustrial», informatsion 
jamiyat sari rivoji ro‗y beradi.
Texnik-iqtisodiy 
omillarni 
mutlaqlashtirish 
tufayli 
yangi 
konvergensiya nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt, 
P. Sorokin - AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - 
Niderlandiya). «Industrial», «postindustrial» jamiyat nazariyasi ikki 
sotsialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi 
«konvergensiya» nazariyalari yangilik emas. Masalan, XIX asr oxirida 
nemis iqtisodchisi (yuqorida berilgan) V.Zombart «Hozirgi zamon 
kapitalizmi» asarida plyuralizm, ya‘ni turli sotsial tizimlarni - 
kapitalistik, sotsialistik, mayda ishlab chiqaruvchilarni yagona 
plyuralistik jamiyatga birlashtirish g‗oyasini aytgan edi.
J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to‗laroq ifodasini topgan. Unda 
ikkala tizimda ro‗y berayotgan umumiy o‗zgarishlar qayd etiladi 


236 
(rejalashtirishdan foydalanish, davlat va korporatsiya o‗rtasidagi 
farqlarning yo‗qolib borishi, tashqi muhitni o‗rganish, fan va ta‘limning 
mehnat taqsimoti o‗sishida asosiy omil ekanligi va boshqalar). Asta-
sekin kapitalizmning «yomon» tomonlari sotsializmning «yaxshi» 
xususiyatlari bilan chirmashib ketishi kerakligi aytiladi, «kapitalizm 
transformatsiyasi» ro‗y berishi bashorat qilinadi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling