Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi
- Torsteyn Veblen
- Bekorchi sinflar nazariyasi
U.Mitchell
(1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar. 2. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan «Yangi kurs» islohotlarini amalga oshirish bo‗yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o‗rgandilar, ishchilar harakatining kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50-yillarda J.M.Klark «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi», A.Berli «Mulksiz hokimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» kitoblarini 226 chop etdilar, G.Minz o‗zining maqolalarida aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini qayd etdi. 3. 60-70 yillarda ijtimoiy-institutsional yo‗nalish, ya‘ni neoinstitutsionalizm paydo bo‗ldi. 60-yillardagi institutsionalizm asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy- institutsional yo‗nalish ta‘limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan. Bu yo‗nalish g‗oyalari «iqtisodiy o‗sish omillari nazariyasi»ning mafkurachisi U.Rostou, so‗l keynschilik yo‗nalish (o‗sish nazariyasi) tarafdorlari hamda Joan Robinson asarlarida ham o‗z aksini topgan. Amerikalik institutsionalizm vakillari iqtisodiy jarayonlar asosining umumiy tushunchasiga ega emas edilar. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog‗liq, deb hisoblasa, Kommons - ruhshunoslik va huquqni, Mitchell - antropologiya va matematik hisob-kitoblarni ustun qo‗yadi. Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolining o‗sishi bilan bog‗lamoqdalar, shuningdek, bu jarayonlarning borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy- institutsional yo‗nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga keldi. Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy oqimlar: 1. Ijtimoiy-psixologik. 2. Ijtimoiy-huquqiy. 3. Empirik yoki konyunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Lekin shu bilan birga barcha yo‗nalishlar uchun xos bo‗lgan umumiylik ham mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko‗pmi burjua jamiyatini axloqiy- psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik yo‗lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq maqtashdan chetlandilar. 227 Bu yo‗nalish g‗oyalariga baho berib, g‗arb iqtisodchilari institutsionalizmni «Formalizmga qarshi g‗alayon» deb qaramoqdalar, uni klassik iqtisodiy maktabga qarama-qarshi qo‗ymoqdalar. Bu yo‗nalishning paydo bo‗lishi va avvalgilaridan farq qilishi vaqt va sharoit taqozosi tufaylidir, chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan keskin o‗zgardi, davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining roli ortib ketdi. Ularni hisobga olmaslikning iloji yo‗q edi. Ikkinchi tomondan bu yo‗nalishning «norozilik kayfiyati» «eng yuqori naf nazariyasi»ga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya mikroiqtisodiy tahlil bilan shug‗ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy tahlilni amalga oshiradi. «Yuqori naf» vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy subyekti sifatida Robinzon (alohida individ)ni tanlashsa, institutsionalizm mafkurachilari kollektiv - jamoa «psixologiyasi»ni birinchi o‗ringa qo‗yadilar. Ular «yuqori naf» nazariyasiga qarshi chiqib, jamiyatning stixiyali rivoji o‗rniga ishlab chiqarishni boshqarishda ijtimoiy tadbirlar qo‗llashni afzal ko‗rdilar. Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy hayotning ba‘zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o‗rganishni asos qilib oldi, ammo davlat monopolistik kapitalizm tizimini qo‗llab-quvvatladi. Ularning g‗oyalarida «Ijtimoiy nazorat»ni himoya qilish orqali yangi sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishni lozim, deb ko‗rsatiladi. Ayniqsa, bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish muammosi dolzarb qilib qo‗yildi. Ular «erkin sohibkorlik» va marjinalizmga qarshi chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik mexanizmi borligini inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishning tarafdorlari edilar. Keynsdan ancha avvalroq ular davlat iqtisodiyotga faol aralashishi kerak, degan fikrni ilgari surdilar. Endi shu yo‗nalish tarafdorlarining ayrim g‗oyalari bilan tanishib chiqamiz. Ijtimoiy-psixologik institutsionalizmning asoschisi Torsteyn Veblen va uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yondashib, 228 iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildilar. Veblenning asosiy asarlari «Bekorchi sinflar nazariyasi» (1899), «Mohirlik instinkti» (1914), «Fanning hozirgi sivilizatsiyadagi o„rni Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling