Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


-chizma. Bir zumli bozor muvozanati


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
11.3-chizma. Bir zumli bozor muvozanati 
Qisqa muddatli muvozanat amal qilib turgan ishlab chiqarish 
quvvatlari hisobiga o‗sgan talabni qondirish uchun taklifni ko‗paytirish 
imkonini beradi. Agar bozorda baliqqa bo‗lgan talab bir necha kun 
davomida ancha yuqori bo‗lsa, unda baliqchilar qo‗shimcha ishchi 
kuchi, ortiqcha to‗r va boshqa anjomlar hisobiga baliq tutishni 
ko‗paytirishga harakat qiladilar. Natijada taklif Q
1
dan Q
3
ga oshadi 


221 
Baho qanday bo‗ladi? U pasayishga intiladi (P3
chizmalarga qarang). 
11.4-chizma. Qisqa muddatli bozor muvozanati 
Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha 
oladi, negaki uning uchun vaqt etarli bo‗ladi. Bu davr ichida ishlab 
chiqarish quvvatini, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubini 
o‗zgartirish, yangi korxonalarni ochish, yangi texnologiyalarni 
qo‗llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab 
(D
2
egri chizig‗i) va shunga muvofiq yuqori narx (P
4
) uzoq muddat 
saqlanib turgan sharoitda baliqchilar ishlab chiqarishni kengaytirish 
maqsadida ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirishga kirishadilar 
(yangi baliq tutish kemalari, omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu 
tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi ishlab chiqaruvchilar kirib 
keladi. Taklif (Q
3
dan Q
4
ga) ko‗payadi, baho esa (P
3
dan P
4
ga) 
pasayadi (11.4, 11.5-chizma). 
11.5-chizma. Uzoq muddatli bozor muvozanati 


222 
Bu yerda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli 
davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki taklif 
o‗zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar 
qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham eng avvalo, xaridorlarning 
xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr 
mobaynida baho o‗rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga 
yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo‗ladi (klassik maktab). 
Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to‗g‗ri 
amal qilishini ularning o‗zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda 
o‗z tadqiqotlarida qayd qilib o‗tmaganlar. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling