5-mavzu: Italiya XVII asr ikkinchi yarmi-xx asr boshlarida 7-savol. Yagona Italiya qirolligining vujudga kelishi
Download 21.76 Kb.
|
2 5226527706589431787
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-savol. Viktor-Emmanuil II ning ichki va tashqi siyosati
- Sentyabr konvensiyasi
- Vena shartnomasi
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
5-mavzu: Italiya XVII asr ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida 7-savol. Yagona Italiya qirolligining vujudga kelishi Italiya birlashuv jarayoniga bevosita ta’sir ko’rsatgan omil bu Avstriya-Fransiya-Italiya o’rtasidagi urush edi. Fransuz imperatori Napoleon III Nitsa va Savoyya hisobiga Italiyaning Avstriya ga qarshi urushini qo’llab quvvatlashga va’da beradi. Italiya birlashuvi jarayoniga Sardiniya qirolligi boshchilik qiladi va uning bosh vaziri Kamillo Kavur shaxsan Napoleonning o’zi bilan kelishuvga erishadi. 1859-yil Avstriyaning qurolsizlanish to’grisidagi talabni bajarrmagani ortidan Sardiniyaga urush e’lon qilinadi. Bu urush Italiya tarixiga “Italiya msutaqilligi uchun 2-urush” deb kirgan. Sardiniya kutilganidek, Fransiya tomonidan qo’llab quvvatlanadi. Natijada 1859-yilning 11-iyulidayoq Napoleon III Avstriya imperatoriga sulh taklif qiladi. Imperator bu sulhni qabul qilishga majbur bo’ladi. Natijada Avstriya Lombardiyadan voz kechadi va uni dastlab fransuzlarga topshiradi. Fransuz imperatori esa Lombardiyani Sardiniyaga topshirdi/ 1859-yil 10-noyabrda Syurixda Avstriya va Sardiniya o’rtasuda shu shartlar asosida shartnoma imzolanadi. Lekin Fransiya urushdan kutilgan natijaga-Savoyya va Nitsaga ega bo’la olmadi, buning sababi Fransiya Sardiniyaga Venetsiyani ozod qilishga ko’mak bermadi. Ittifoqchilar g’alabasi Italiyada Avstriyaga qarshi harakatlarni kuchaytirib yubordi. Parma, Toskana, Modena hududlarida Avstiyaga moyil hokimlar ag’darib tashlanadi. Bu esa Fransiyaga strategik maqsadlarni amalga oshirishiga xalaqit berardi. Aslida Fransiya o’zining janubiy chegarlarida birlashgan va ancha kuchli davlat paydo bo’lishidan manfaatdor emas edi. Shu sababli ham Fransiya Avstriya bilan bir tomonlama yarashuv bitimini imzolagan, keyin esa Avstriya va Sardiniyao’rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishiga Sardiniyani ‘majbur” qilgandi. Napoleon endilikda o’z harakatlarini Italiya markazida Fransiyaga moyil bo’lgan davlatlar tuzishga qaratadi. Lekin Buyuk Britaniya Napoleonning ekspansionistik siyosatidan xavotirga tushib, Italiya milliy harakatini jiddiy qo’llab-quvvatlay boshladi. Britaniya Fransiyaga Papa viloyatidan qo’shinlarini olib chiqishni taklif qilib, Italiya ischki ishlariga aralashmaslikka chaqiradi. Bu o’z navbatida Napoleon III ambitsiyalarini cheklaydi. Bu italyanlarning milliy harakatini yanada keng quloch otishiga sabab bo’ladi. 1859-yi sentabrida bo’lib o’tgan plebitist natijasida Markaziy Italiyadagi ko’plab davlatlar Pyemont (Sardiniya) tarkibiga qo’shilishadi. Shu tariqa yagona Italiya davlati tomon dastlabki yirik qadam bosildi. Butun 1860-yil davomida K.Kavur faol diplomatik harakat olib bordi. Uning maqsadi buyuk davlatlarning Italiya birlashuvi jarayoniga aralashuvining oldini olish edi. Angliya, Rossiya va Prussiya Italiya ichki ishlariga aralashmasligini hamda markaziy Italiya viloyatlarini Pyemontga qo’shilishiga qarshi emasliklarini bildirishdi. Nihoyat, Napoleon III ham Savoyya va Nitsa evaziga rozilik bildiradi. 1860-yilning 24-martida Turinda Fransiya va Sardiniya o’rtasida shu mazmunda shartnoma imzolandi. O’sha yili mart oyida Markaziy Italiya provinsiyalarida o’tkazilgan plebitsit natijasida ular Pyemont tarikibiga qo’shilishdi. Aprel oyida esa Savoyya va Nitsada ham plebitsit o’tkazilib, bu hududlar Fransiya tarkibiga kirdi. Voqealarning keyingi rivoji Italiya qirolligi vujudga kelish jarayonini tezlashtirib yubordi. 1860-yil may oyida Juzeppe Garibaldi 1200 ko’ngilli bilan Sitsiliyaga keladi va Ikkala Sitsiliya Qirolligiga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Bir necha hafta ichida bu davlat qulaydi. Pyemont esa bu jarayondan foydalanib, Ikkala Sitsiliya Qirolligi hududiga qo’shin jo’natadi va oktyabr oyidagi plebitist natijasida bu hududlar ham Pyemont tarkibiga qo’shib olinadi. 1861-yil fevralida umumitaliya parlamentiga saylovlar bo’lib o’tadi. Oradan bie oy o’tib, 1861-yil 14-mart kuni parlament majlisida yagona Italiya qirolligi tuzilgani e’lon qilinadi va Qirol Viktor Emmanuel Italiya qiroli deb e’lon qilinadi. 8-savol. Viktor-Emmanuil II ning ichki va tashqi siyosati Viktor Emmanuel II 1849-yildan 1861-yilgacha Sardiniya qiroli bo’lgan bo’lsa, 1861-yildan to vafotiga qadar ya’ni 1878-yilgacha Italiya qiroli bo’lgan. Uning oldida bir qancha muhim tashqi va ichki siyosiy masalalar turardi. Tashqi siyosatdagi eng muhim vazifalardan biri bu Rim vaVenetsiyani qaytarish edi. Rim bu paytada fransuzlar tomonidan egallangan bo’lib, Napoleon III papani qo’llab quvatlayotgan edi. Italiya parlamentining birinchi majlislaridayoq Roim poytaxt sifatida e’lon qilingan edi. Viktor Emmanuel hukumati buyuk davlatlar bilan konfrontatsiyani oldini olish maqsadida rimni qaytarish uchun asosan diplomatik metodlardan foydalanishga qaror qildi. 1864-yilda Fransiya bilan Sentyabr konvensiyasi imzolandi. Unga ko’ra Italiya hukumati Papa davlatining daxlsizligini saqlash, shuningdek, uni tashqi hujumlardan himoya qilish majburiyatini oldi. Buning evaziga Fransiya 3 yil mobaynida o’z qo’shinlarini Rimdan olib chiqib ketishi lozim edi. 1866-yilda Fransuz qo’shinlari Rimdan chiqib ketishni boshladi. Bundan Juzeppe Garibaldi foydalanib, Rimga yurish qialdi. Lekin fransuz va papa qo’shinlari uni mag’lub etishadi. Bu voqea ortidan fransuz qo’shinlari Rimda qolishda davom etadi. Rim masalasi faqatgina 1871-yilda hal etiadi. Fransiyaning Prussiyaga mag’lub bo’lishi Italiya armiyasining Rimni qaytarib olishiga sabab boladi. 1871-yil 26-oktabr kuni parlament qarori bilan Italiya qirolligi poytaxti Florensiyadan Rimga ko’chiriladi. Venetsiya masalasi ham murakkab diplomatik manevrlar va koalitsiyalar yordamida hal etildi. Venetsiya bu davrda Avstriya qo’l ostida edi. 1866-yilda Italiya Avstriya-Prussiya urushi arafasida Prussiya bilan ittifoq tuzadi. Buning evaziga Prussiya Venetsiyani qaytarib olishda ko’mak va’da qiladi. Bu vaziyatda Avstriya qurshovga tushib qolishdan qo’rqib, Venetsiyani Italiyaga ixtiyoriy asosda topshirishni taklif qiladi. Lekin Viktor Emmanuel Prussiya bilan shartnomaga sodiq qoladi va bu taklifni rad etadi. Avstriyaning bu urushdagi mag’lubiyati venetsiya masalasini hal qiladi. 1866-yil 3-oktabrda imzolangan Vena shartnomasiga ko’ra Venetsiya Italiyaga qaytariladi. Viktor Emmanuel davrida Juzeppe Garibaldi Italiya hududlariga bir necha bor ekspeditsiyalar uyushtirdi. Aslida Italiyaning birlashuvida Garibaldining xizmatlari katta edi. Lekin keyinchalik uning harbiy reydlari Viktor Emmanuelning diiplomatik strategiyasiga to’sqinlik qila boshladi. Misol uchun Garibaldining 1867-yilgi Rimga qilgan yurishi Rimda fransuzlarning yana bir necha yil qolishlariga sabab bo’ladi. Shu sababli Garibaldi otraydalariga hukumat bir necha yil kurash olib borishga majbur bo’ladi. 1871-yilda Rim-katolik cherkoviga oid qonun qabul qilinadi. Papaga har yili 3.5 milion frank maosh beriladigan bo’ldi, shuningdek Rim g’aznasidan chiqqan 5 mln frank ham cherkovga topshirildi, shuningdek, Papalikning tashqi qarzlar bilan bog’liq javobgarligini ham Italiya hukumati o’z bo’yniga oldi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.История международных отношений:T.I/под редакцией А.В.Торкунова, М.М.Наринского-М.: Аспект пресс, 2012 История Италии. Т II.-M., 1970 Download 21.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling