Yillarda Fransiya Reja: Birinchi jahon urushining Fransiya uchun oqibati


Download 137.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.02.2023
Hajmi137.31 Kb.
#1216233
  1   2
Bog'liq
3-mavzu (1) (1)



1918-1939-yillarda Fransiya 
Reja: 
1. Birinchi jahon urushining Fransiya uchun oqibati 
2. Qisman stabillashuv yillarida Fransiya 
3. Jahoh iqtisodiy inqirozi yillarida Fransiya 
4. Ikki jahon urushi oralig`ida Fransiya tashqi siyosati 
Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Fransiya 
Urush 10 ta sanoat departamentini va ko‘pgina qishloq rayonlarni butunlay 
vayron qildi. Urushda 1 million 400 ming kishi halok bo‘ldi. Urush xarajatlari 
natijasida ko‘rilgan zararning umumiy summasi 200 milliard frankka yetdi. Urush 
sutxo‘r imperializm mamlakati bo‘lgan Fransiyaning moliyaviy quvvatiga katta 
zarba berdi. Fransiya AQSH dan 4 milliard dollar va Angliyadan 650 million funt 
sterling qarzdor bo‘lib qoldi. Fransiya shunday katta zarar evaziga o‘z ittifoqchilari 
bilan birgalikda Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan g‘alaba qozondi. U 
Germaniyadan Elzas-Lotaringiyani qaytarib oldi, Marokash ustidan protektoratini 
mustahkamladi, Turkiya mustamlakalari bo‘lgan Suriya va Livanni idora qilish 
mandatini oldi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerunni 
Angliya bilan bo‘lishib oldi. Fransiya Yevropada o‘z gegemonligini o‘rnatishga zo‘r 
berib urindi. U 1919 yilgi Parij konferensiyasida Saar oblastining o‘ziga berilishini, 
Fransiya “himoyasida” Reyn avtonom davlatini tuzishni, Bavariyaga mustaqillik 
berishni, Polsha territoriyasini kengaytirishni talab qildi. Fransiyaning bundan 
ko‘zlagan maqsadi Germaniyani ancha zaiflashtirish, Bavariyani o‘ziga 
bo‘ysundirish va Polshani kuchaytirib, undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish 
edi. Biroq, bunga Angliya va AQSH davlatlari rozi bo‘lishmadi. Konferensiya 
qaroriga binoan, urushda ko‘p zarar ko‘rgan Fransiyaga Saar oblasti toshko‘mirini 
olib turishga ijozat berildi, lekin uning Germaniyadan oladigan reparatsiya hissasi 
tezda aniqlanmadi, ko‘p tortishuvlardan keyin, 1920 yilga kelib u reparatsiyaning 
52%ini (8 mlyard oltin marka) olish huquqiga ega bo‘ldi. Ammo Fransiya oladigan 
summasi uning AQShdan olgan qarzlaridan oz edi. Shunga qaramasdan, urushdan 
keyingi yillarda Fransiyaning janubiy va g‘arbiy-janubiy tomonlarida yangi sanoat 


rayonlari paydo bo‘ldi. Vayron bo‘lgan joylar tiklana boshladi. Ichki bozor 
kengaydi. Elzas-Lotaringiyaning Fransiyaga qaytarilishi va Saar ko‘mirining 
Fransiyaga berilishi bilan unda muhim xom ashyo manbalari vujudga keldi. 
Metallurgiya, avtomobil, aviatsiya, to‘qimachilik va ximiya sanoatlari rivojlandi. 
Elzas va Lotaringiyaning qo‘shib olinishi natijasida fransuz metallurgiya 
sanoatining quvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo‘yicha Fransiya 
Yevropada birinchi o‘ringa chiqdi. Saar ko‘mir havzasidan foydalanish huquqi uni 
15 yil davomida ko‘mir bilan ta’minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 
milliard marka tovon puli sanoatni texnologiya jihatidan to‘la qayta qurish imkonini 
berdi. Ayniqsa, og‘ir sanoat, harbiy sanoat taraqqiy qildi. Ishlab chiqarish va kapital 
konsentratsiyasi kuchaydi. Bank va davlat apparati bilan bog‘liq bo‘lgan gigant 
monopolistik birlashmalar (“200 oila”) kuchayib ketdi. Fransuz bankining roli 
g‘oyat oshdi. Qudratli banklar paydo bo‘ldi, “Mirabo”, Rotshildlar oilasi, aka-uka 
Lazarlar, Vorms, Malle va boshqalarga qarashli eng yirik banklar o‘z sarmoyalarini 
ko‘paytirdilar, natijada ularning mamlakat hayotiga ta’siri kuchaydi. Sanoatning 
yetakchi tarmoqlarida “Reno”, “Sitroyen”, “Pejo”, “Simka” kabi ulkan 
kompaniyalar tashkil topdi. Lekin boshqa sanoat tarmoqlari, ayniqsa, yengil sanoat 
orqada qoldi va 1939 yilgacha urushdan oldingi darajaga yetolmadi, mayda sanoat 
korxonalari esa avvalgidek ko‘p edi. Jahon miqyosida Fransiya sanoat mahsuloti 
ishlab chiqarish jihatidan boshqa bir qator yirik kapitalistik mamlakatlardan orqada 
qoldi. Barcha kapitalistik mamlakatlarning birgalikda olgan umumiy sanoat 
mahsulotida Fransiyaning hissasi 1913 yilda 7,2% bo‘lsa, 1937 yilda 5,1% ni tashkil 
qildi, xolos. Urush Fransiya qishloq xo‘jaligiga og‘ir ta’sir qildi. Aholining 
anchagina qismi (1936 yilgi ma’lumotiga ko‘ra 47,6%i) qishloq aholisi edi. Urush 
dehqonlar o‘rtasida tabaqalanishni kuchaytirdi, vayron bo‘lgan mayda xo‘jaliklar 
hisobiga katta yer egaligi o‘sdi, yer maydonining ko‘p qismi yer egalari qo‘lida 
to‘plandi. 1917 yil noyabridan beri mamlakatni Klemanso boshliq radikallar 
hukumati boshqarib keldi. Radikallar partiyasi mayda va o‘rta burjuaziyaga 
tayanuvchi partiya bo‘lib, uning lideri Klemanso monopoliyalarning odami edi. U 
mamlakatda yarim harbiy-diktatorlik rejimini o‘rnatdi. Keyinchalik, sharoitga qarab 


Fransiyada turli burjua partiyalaridan iborat “milliy blok” va “so‘l blok”lar tuzildi. 
“Milliy blok” 1919 yilda inqilobiy harakat yuksalib borayotgan sharoitda tashkil 
topdi. 
Eng 
reaksion 
burjua 

Download 137.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling