Yillarda Fransiya Reja: Birinchi jahon urushining Fransiya uchun oqibati


Download 137.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana20.02.2023
Hajmi137.31 Kb.
#1216233
1   2
Bog'liq
3-mavzu (1) (1)


partiyalari 
Respublikachilar 
federatsiyasi, 
Respublikachi-demokratik ittifoq va boshqa partiyalar 1919 yil noyabrida 
navbatdagi parlament saylovlarida o‘ta ketgan reaksioner Puankare va Milyeran 
boshchiligida “Milliy blok” tuzdilar, hamda bunga radikallar radikal-sotsialistlar 
partiyasini ham jalb qildilar. “Milliy blok”ning maqsadi inqilobiy harakatni 
bostirish, Germaniyaning urushda mag‘lubiyatga uchraganligidan ko‘proq 
foydalanib, Yevropada Fransiya gegemonligini o‘rnatish, mustamlakalarni yanada 
kengaytirish va ularni talash edi. “Milliy blok” mayda va o‘rta burjuaziya 
saylovchilarini inqilob xavfi bilan qo‘rqitib va shovinistik kayfiyatni kuchaytirib, 
ularni ancha chalg‘itdi; Germaniya bilan tuzilgan Versal sulhi Fransuz aholisi uchun 
juda manfaatli bo‘ladi deb avradi. “Milliy blok” saylovlarda ko‘p ovozga va 
deputatlar palatasi mandatlarining 2|3 qismiga ega bo‘lib, katta g‘alabaga erishdi. 
1920 yil yanvaridan 1924 yil mayigacha mamlakatni “Milliy blok” hukumati 
(Milyeran, Ley, Brian, Puankare hukumatlari) boshqardi. Ko‘p o‘tmay Milyeran 
prezidentlik lavozimini egalladi. 
Antanta bilan Germaniya va uning sobiq ittifoqchilari bo‘lgan Avstriya
Bolgariya, Vengriya va Turkiya o‘rtasidagi sulh shartnomalarining hammasi 1919-
1920 yillarda Fransiyada Parij yonidagi joylar va saroylarda (Versal, Sen-Jermen, 
Neyi, Trianon, Sevr)da imzolandi. Ushbu shartnomalarda rasmiylashtirilgan xalqaro 
munosabatlar tizimi Versal sistemasi nomini oldi. Fransiya Angliya bilan birgalikda 
1919 yilgi Parij konferensiyasida tashkil topgan xalqaro tashkilot Millatlar ittifoqida 
yetakchi rol o‘ynadi. Germaniya bilan Versal sulh shartnomasini tuzishda Fransiya 
Yevropada gegemonlik pozitsiyasini egallashni va Germaniyani ancha 
zaiflashtirishni mo‘ljallagan edi. Ammo yuqorida aytilganidek, Angliya va AQSH 
bunga yo‘l qo‘ymadi. Shunga qaramay, Fransiya Elzas-Lotaringiyani 
Germaniyadan qaytarib olishdan tashqari, Germaniya va Turkiya mustamlakalari 
hisobiga 
o‘z 
mustamlakalarini 
kengaytirdi, 
yaqin 
Sharqda 
Turkiya 
mustamlakalaridan Suriya va Livanni egalladi. U Turkiyaning O‘rta Yer dengizi 


sohilidagi Aleksandrettani, Klikiyani, Suriya chegarasi yaqinidagi bir qator 
rayonlarni bosib oldi. Fransuz harbiy kemalari boshqa davlatlarning harbiy kemalari 
bilan birga Istambul yonida, Dardanel va Bosfor bo‘g‘ozlarida suzib yurdi, Fransiya 
ham Turkiyada o‘z ta’sir doirasini kengaytirishni mo‘ljalladi. Lekin fransuzlar turk 
xalqining jiddiy qarshiligiga uchradi. 1919 yildayoq Klikiyada turk partizanlari 
fransuz bosqinchilariga qarshi chiqdi. 1921 yil yozida turk qo‘shinlarining ingliz-
grek bosqinchilari ustidan qozongan g‘alabasi Fransuz agressorlarini shoshirib 
qo‘ydi va o‘sha yilning oktabrida Turkiya hukumati bilan separat sulh shartnomasi 
tuzishga majbur qildi. Klikiyadan Fransuz qo‘shinlari olib chiqib ketildi. Klikiya 
Turkiya tarkibiga kirdi. Aleksandrettada Fransiya imtiyozlari cheklab qo‘yildi. 
Turkiya hukumati Suriyaga yaqin chegara rayonlariga yaqin ayrim yerlarni Fransuz 
kompaniyasiga konsepsiyaga berishga rozi bo‘ldi. 1921 yilda Fransiya Polsha bilan, 
1921-1922 yillarda Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Ruminiya bilan ittifoqchilik 
bitimlarini va Fransiya ta’siri ostida keyingi uch davlatdan iborat bo‘lgan ittifoq 
tuzdi. Bu bitimlar va uch davlat ittifoqidan iborat bo‘lgan Kichik Antantaning 
tuzilishi avvalo Sovet Rossiyasiga, so‘ngra Germaniyaga qarshi qaratilgan va 
Fransiyaning Yevropada gegemonlik maqsadlariga qaratilgan edi. Bunga javoban 
Germaniya bilan Rossiya 1922 yilda, Genuya konferensiyasi paytida diplomatik 
munosabatlar o‘rnatish haqida shartnoma tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli 
iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish yo‘lini ochar edi. Shunday qilib, Germaniya 
birinchi bo‘lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan qamal qilish haqidagi kelishuvni buzdi. 
Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma Genuya yaqinidagi Ropallo degan 
joyda imzolangani uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning ham xalqaro 
mavqeini mustahkamladi. O‘z navbatida Yevropada, shu jumladan Bolqonda 
gegemonlik qilish uchun urinayotgan AQSH, Angliya va Italiya davlatlari bilan 
Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar ham kuchayib bordi. Tinch okean va uzoq Sharq 
rayonlarida Fransiya bilan AQSH va Angliya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi. 1923 
yili Fransiyaning ichki va tashqi siyosiy hayotida muhim voqealar bo‘lib o‘tdi. 
1922 yil yozida Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda 


Rapollo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to‘lashdan bosh 
tortdi. Bunga javoban Fransiya, Belgiya va Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan 
1923 yil yanvarida o‘z qo‘shinlarini Germaniyaning og‘ir sanoat markazi bo‘lgan 
Rur oblastiga va Reyn viloyatining bir qismiga kiritib, bu yerlarni bosib oldi. Ammo 
Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga oshmadi. Germaniya hukumati da’vati 
bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur ko‘miri butunlay bormay qoldi. 
Natijada cho‘yan va po‘lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi tushib ketdi. 
Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va xalqaro munosabatlardagi chigalliklar 
bilan yakunlandi. Rurning okkupatsiya qilinishi va Germaniyada inqilobiy 
vaziyatning yetilishi AQSH va Angliya davlatlarini bezovta qildi. Ular Yevropada 
o‘z rolini oshirish uchun urinayotgan edilar. AQSH va uning himoyasidagi nemis 
burjuaziyasi va hukmron doiralari Fransiya oldida taslim bo‘lmadi. Moliya 
qiyinchiliklari natijasida Fransiya AQShdan qarz so‘rashga majbur bo‘ldi. AQSH 
qarz berishdan oldin Rurni bo‘shatib chiqishni talab qildi. Fransiyaning imperialistik 
agressiyasi siyosati va Rur avantyurasi shu tariqa mag‘lubiyat bilan tugadi. 
1924 yildan boshlab boshqa kapitalistik mamlakatlardagi singari Fransiyada 
ham stabillashuv boshlandi. Urushda zarar ko‘rgan mamlakat xalq xo‘jaligini 
tiklash, mashina uskunalarini yangilash va ayrim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
qurilishlar boshlandi. 1924-1925 yillarda Fransiya sanoat mahsuloti urushdan 
oldingi darajadan uzib keta boshladi. 1925 yilda ko‘mir qazib chiqarish urushdan 
ilgarigi darajaga nisbatan 107 % ga, po‘lat eritish bo‘yicha 102 % ga yetdi. Ishlab 
chiqarish va kapitalning konsetratsiyalashuvi kuchaydi. Monopolistlarning foydasi 
ko‘paydi. 1924 yil mayida navbatdagi parlament saylovi arafasida radikal va radikal-
sotsialistlar partiyasi boshqa mayda va o‘rta burjua partiyalaridan (respublikachi 
sotsialistlar, mo‘tadil antiklerikallardan), sotsialistik partiyadan iborat, “So‘l blok” 
tuzildi. So‘l ittifoq o‘z dasturida ijtimoiy sohada ijobiy o‘zgarishlar qilish, Milliy 
ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi bilan 
diplomatik munosabatlar o‘rnatish, Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqish va u 
bilan yarashish, Angliya va AQSH bilan mustahkam aloqalarni tiklashni va’da 
qilgan edi. Saylovda bu blok g‘alaba qozondi, “milliy blok” esa mag‘lubiyatga 


uchradi. Mamlakatda “so‘l blok”ning Eduard Errio boshliq hukumati tuzildi. “So‘l 
blok” mamlakatni 1924 yil iyunidan 1925 yil apreligacha boshqardi. Avval boshda 
Eduard Errio boshchiligidagi radikallardan iborat tuzilgan so‘l burjua hukumati xalq 
ommasining qat’iy talablarini hisobga olib, “so‘l blok” programmasining ba’zi 
moddalarini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Chunonchi, qisman siyosiy amnistiya 
e’lon qilindi, 1920 yilda ish tashlashda qatnashganligi uchun ishdan bo‘shatilgan 
temir yo‘lchilar qaytadan ishga olindi, uy-joy qurilishiga bir oz mablag‘ ajratildi. 
Rurdan fransuz qo‘shinlari olib chiqildi, frankning qadrini oshirish maqsadida 
majburiy zayomlar chiqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritildi. 
1924 yil oktabrida o‘ng partiyalarning qarshiligiga qaramay Fransiya bilan 
Sovet Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Lekin Errio 
hukumatining mehnatkashlarga ba’zi yon berishlik siyosati monopolistik 
burjuaziyaning moliya oligarxiyasiga mutlaqo yoqmadi. Moliya oligarxiyasi frankni 
qadrsizlanishidan manfaatdor edi. Senat majburiy zayomlar haqidagi loyihani rad 
etdi. Bunday ommaviy norozilik va kurash sharoitida sotsialistik partiya “so‘l 
blok”dan chiqishga majbur bo‘ldi. “So‘l blok” tarqalib ketdi. 1925 yil aprelida 
Puankare boshchiligida yirik burjuaziyaning “Milliy birlik” hukumati tuzildi. 
Hukumatda radikallar ishtirok etdi. “Milliy birlik” hukumati mamlakatni uch yil 
idora qildi. O‘ng sotsialistlar blokdan tashqarida bo‘lsada, Puankare hukumatini 
qo‘llab-quvvatladi. 
Puankare inflyatsiyaga qarshi kurash, frankni barqarorlashtirish va iqtisodiy 
o‘sishni ta’minlashni o‘z ichki siyosatining muhim vazifasi deb e’lon qildi. Hukumat 
davlat xarajatlarini qisqartirdi, yangi soliqlar joriy etdi va sanoat korxonalariga 
imtiyozlar berdi. AQSH va Angliyadan olingan yirik kreditlar hisobiga frank kursi 
barqarorlashtirildi. 1926 yilga kelib davlat daromadlari urushdan keyin birinchi 
marta xarajatlardan ortiq bo‘ldi. Frank barqaror valyutaga aylandi. 
Valyuta-moliya munosabatlarining barqarorlashuvi fransuz iqtisodiyotining 
umumiy yuksalishi boshlanganidan dalolat edi. Tabiiyki, bu urushdan keyingi 
inqirozni bartaraf etgan jahon iqtisodiyoti ravnaqining umumiy jarayonlari bilan 
ham uzviy bog‘liq edi. 1925 yilda Fransiya sanoati mahsuloti hajmi birinchi marta 


urushdan oldingi darajadan ortiq bo‘ldi. Oradan besh yil o‘tgach, 1930 yilda 
Fransiyada urushlar oralig‘idagi eng yuksak sanoat ishlab chiqarishi va savdo hajmi 
qayd etildi. Fransiya sanoat taraqqiyoti sur’atlari bo‘yicha (yiliga o‘rtacha 5%) 
Angliya va Germaniyani ortda qoldirib, AQShga yaqinlashdi. O‘nlab yangi yirik 
zavodlar, elektr stansiyalari, temir yo‘llar qurildi. 1924 yildan 1932 yilgacha 
mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish davri bo‘ldi. Bu davr aholi turmushiga 
ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Narxlar barqarorlashib, pulning qadrsizlanishi barham 
topdi. Bu esa hukumatga aholining bir qator qatlamlari ijtimoiy ahvolini yaxshilash 
tadbirlarini amalga oshirish imkonini berdi. 1926 yilda ishsizlik nafaqasi joriy etildi, 
keksalik nafaqasi, kasallik, nogironlik va homiladorlikda yordam puli beriladigan 
bo‘ldi. 
Tashqi siyosatda Puankare hukumati mustamlakachilik tadbirlarini 
kuchaytirdi. 1926-1927 yillarda Marokash va Suriyadagi milliy ozodlik harakati 
yovuzlarcha bostirildi. Shovinistik va fashistik tashkilotlar aktivlashdi va polkovnik 
De Lya Rok boshchiligida 1927 yilda “Jangavor krestlar” nomli yangi harbiy-
fashistik tashkilot tuzildi. (Peten va De Goll fashistik tashkilotning yashirin a’zolari 
bo‘lganlar). Burjua parlamentarizmining inqirozi kuchaydi. Monopolistik 
burjuaziya mehnatkashlar ommasiga qarshi o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun 
kurashdi. O‘ng burjua partiyalari 1928 yil aprelida bo‘lgan navbatdagi parlament 
saylovlarida ko‘pchilik o‘rinni egalladi. Saylovda kam o‘rinni egallagan radikallar 
hukumatdan chetlashib bordi va oppozitsiyaga o‘tishga majbur bo‘ldilar. Puankare 
hukumati tarkibida o‘ta ketgan reaksionerlar mamlakatni idora qildi. 
 

Download 137.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling