Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Tayanch tushunchalar 
 
Me‟yorli foydalilik - buyumning oxirgi qismining foydaliligi. 
Ehtiyojlarning to„yinish qonuni (Gossenning birinchi qonuni) - 
foydalilikka asoslangan nazariyaning boshlang‗ich nuqtasi. 
Gossenning ikkinchi qonuni - me‘yorli foydaliliklarning 
baravarlashuvini ifodalaydi, ya‘ni bu qonunga muvofiq pul birligiga 
olingan har bir tovarning me‘yorli foydaliliklari tengligi amal qilishi 
kerak. 
 
Muhokama uchun savollar 
 
1. Marjinalizmning asosiy g‗oyasi nima? 
2. ―Gossen qonuni‖ning mazmunini tushuntirib bering. 
3. Me‘yorli foydalilik, deganda nimani tushunasiz? 
4. Marjinalistlar nazariyasiga ko‗ra tovar bahosi asosida qanday 
omil yotadi? 
5. Marshall bo‗yicha tovar qiymati qanday aniqlanadi? 
6. Marshallning bir zumli, qisqa muddatli, uzoq muddatli 
muvozanat turlarini qanday tushunasiz? 
 
 
 


223 
 
 
XII BOB. INSTITUTSIONALIZM YO„NALISHINING 
MOHIYATI VA AHAMIYATI 
 
12.1. Institutsionalizmning kelib chiqishi va asosiy 
xususiyatlari  
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida dunyoda bo‗lib o‗tgan ijtimoiy-
iqtisodiy o‗zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti 
keskin o‗zgardi, ilgari ilg‗or bo‗lgan davlatlar 2-o‗rinlarga (Angliya, 
Fransiya), nisbatan qoloq bo‗lgan davlatlar esa 1-o‗rinlarga chiqib 
olishdi (AQSh, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda 
erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan monopolistik (mono-bir) 
iqtisodiyotga o‗tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda 
olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta‘sir qila 
boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo‗llash g‗oyasi ilgari 
surildi, bu birinchi AQShda ro‗y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha 
davlatlar bunday chorani qo‗llaydilar.
Antitrest siyosati yo‗li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy 
nazoratning turlicha metod (usul)lari qo‗llanila boshlandi. Ana shu 
usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy ta‘limotlardagi institutsionalizm yo‗nalishi AQSHda XX 
asrning 20-30-yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning 
oxirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899-y. chiqqan «Bekorchi 
sinflar nazariyasi» asari bilan bog‗liq). Bu yo‗nalish nomi lotincha 
«instituto» - urf-odat, ko‗rsatma, muassasa so‗zidan olingan va 
kapitalizmning imperializm bosqichiga o‗tishi bilan bog‗liq ravishda 
ro‗y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning 
yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishini erkin raqobatga 
asoslangan avvalgi davr ta‘limotlari bilan izohlash mumkin bo‗lmay 
qoldi.


224 
Bu ta‘limot yo‗nalishi vakillarining fikricha institutlar jamiyat 
rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo‗lib xizmat qiladi. Bu 
ijtimoiy hodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba 
uyushmalari va boshqa muassasalar, ya‘ni jamoat ruhining namoyon 
bo‗lishi, yurish-turish va o‗ylash usulini xalqning ma‘lum guruhlari 
uchun odatiy, an‘anaviy, shuningdek, huquqiy, axloqiy va boshqa 
ko‗rinishlarini o‗z ichiga oladi. Bu yo‗nalish mafkurachilarining fikricha 
iqtisodiy kategoriyalar bo‗lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, 
savdo va boshqalar jamiyat ruhining paydo bo‗lishi shaklidir. Demak, 
ular obyektiv iqtisodiy qonunlaning mavjudligini to‗la tan olmaydilar va 
jamoat ruhiyatining evolyutsiyasini tahlil etadilar.
Institutsionalizm 
ma‘lum 
ma‘noda 
neoklassik 
yo‗nalishga 
muxolifdir. Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o‗zini-o‗zi boshqara 
oladigan (A.Smit fikri) sistema, deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), 
institutsionalizm 
tarafdorlari 
iqtisodiyot 
rivojlinishining 
harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy 
kontekstda qaraladigan ma‘naviy, axloqiy, huquqiy va boshqa omillarga 
ham bog‗liqdir, deb o‗ylaydilar.
Demak, bu yangi yo‗nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy-
iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari 
suriladi. Shu bilan birga tadqiqot obyektlari, ya‘ni institutlar birinchi 
yoki ikkinchi darajali, deb qaralmaydi va bir-biriga qarama-qarshi 
qo‗yilmaydi.
Bu yo‗nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha 
Germaniyada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o‗xshashlik 
mavjud.
Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy 
maktab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to‗la yakdillik yo‗q. Yangi 
yo‗nalish 
neoklassiklarning 
marjinalizm 
g‗oyalariga asoslangan 
matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qo‗llaydilar.


225 
Institutsionalizmga xos bo‗lgan uslubiy xususiyatlar quyida-
gilardan iborat:
1) neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa, 
baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik;
2) iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyasiga 
intilish yoki fanlararo yondashuv ustuvorligiga ishonch;
3) klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) 
yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o‗tkazishga 
chorlash.
Bu 
yo‗nalishning 
vujudga 
kelishi, 
shakllanishi 
va 
evolyutsiyasining ma‘lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen
J.Kommons, U.Mitchell asarlarida iqtisodiy sikl va inqirozlar tarixi 
bo‗yicha faktik materiallar jamlangan. Bu olimlar jamiyat a‘zolari uchun 
xos bo‗lgan urf-odat, an‘ana, odob-axloq, instinktlarni o‗rganish bilan 
shug‗ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko‗ra yozib borish, qayd 
etish uslubi yuqoriroq.
Institutsionalizm evolyutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo‗lish 
mumkin:
1. 20-30-yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu 
davrning bosh mafkurachisi T.Veblen (1857-1920), uni J.R.Kommons 
(1862-1945), 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling