Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

12.4. Uesli Kler Mitchell g„oyalari 
U.K.Mitshell U. Veblenning shogirdi bo‗lib, iqtisodiyotda siklik 
hodisalarning tadqiqotchisi sifatida mashhur (bu iqtisodiyotda 
konyunktur-statistik institutsionalizm oqimi hisoblanadi). Mitchell ustozi 
Veblendan tadqiqotning genetik uslubini meros qilib oldi, uningcha 
iqtisodiy hodisalarni belgilovchi omillar bu ijtimoiy psixologiya, an‘ana 
va urf-odatlardir, shu sababli tadqiqot predmeti sifatida odamlarning 
jamiyatdagi xulqi o‗rganilishi kerak. Shuningdek, ustozning ishlab 
chiqarish va biznes o‗rtasidagi qarama-qarshilik to‗g‗risidagi fikri ham 
qabul qilingan, bu ishlab chiqarish va narxlar faoliyati harakatidagi 
farqlarning sababini ko‗rsatadi.


233 
Olim iqtisodiy ko‗rsatkichlar, raqamlar, bu ko‗rsatkichlar 
o‗zgarishidagi qonuniyatlar bilan shug‗ullandi, kapitalistik iqtisodiyotni 
tartibga solishda ulardan foydalanishning yo‗llarini izladi. Ammo u 
kapitalizm qarama-qarshiliklarini hal qilish yoki uni yaxshilash 
to‗g‗risidagi nazariyalarni yaratmadi. U iqtisodiyotga ta‘sir etuvchi 
omillarni aniqlashga intildi, bular uning fikricha moliya, pul muomalasi 
va kredit kategoriyalari edi. Bu kategoriyalarni tartibga solish yo‗li bilan 
iqtisodiyotga ta‘sir etish, hatto siklik tebranishlarni o‗zgartirish, oldini 
olish mumkin, deydi u. U o‗zining «Iqtisodiy nazariya turlari 
to„g„risida ma‟ruzalar» (1935) asarida iqtisodiy masalalarni madaniyat 
va sotsiologiya muammolari bilan o‗zaro aloqada, ammo asosan 
psixologik tahlil asosida tatqiq etadi. Siyosiy-iqtisodiy institutlar 
to‗g‗risidagi ta‘limot sifatida qaraladi. Kapitalistik ishlab chiqarishni 
tartibga solish zarurligi, Mitchell ta‘limotining bosh g‗oyasi bo‗lib 
hisoblanadi. 
Mitchell institutsionalizmi Veblen nazariyasidan birinchidan, 
tanqidiy emasligi bilan, ikkinchidan, uning nazariyasi abstrakt 
bo‗lmasdan o‗sha davrning empirik tadqiqoti ekanligi bilan farq qilar 
edi. U o‗z asarlarida inqirozsiz «amaliy sikl» masalalariga alohida 
e‘tibor berib, inqirozlarning haqiqiy sabablarini bo‗yab ko‗rsatishga 
uringan, pul muomalasi muammolarini diqqat markazida tutgan. Moliya 
va pul muomalasi institutlar insonlarning moliyaviy xulq-atvoridagi 
o‗zgarishlarni o‗rganadi. Uning fikricha tadbirkorlar jamiyat manfaatlari 
emas, balki o‗z foydalarini ko‗paytirish uchun harakat qiladilar va bu 
axloqiy harakat oqlanadi, mavjud institutsiya (davlat, mulk va 
boshqalar) bunga imkon beradi.
Insoniy jamiyat rivoji ayrim individlar taraqqiyoti shaklida emas, 
balki jamiyat a‘zolarining kollektiv aloqalarining takomillashuvi sifatida 
xarakterlanadi. 
Bu 
aloqalar 
takomillashuvi 
shu 
institutlarning 
evolyutsiyasi, davlat institutlarining rivoji hamda ularning iqtisodiyotga 
aralashuvi, deb qaraladi. Kapitalizm qarama-qarshiliklarini yechishda 


234 
davlat yo‗li bilan tartibga solish eng qulay vosita, deb qaraladi. 
Iqtisodiyotni o‗rganishda matematika va statistikani keng qo‗llash yo‗li 
bilan Mitchell «kichik va katta sikllar» davomiyligini hisoblab chiqdi. U 
o‗zining hisob-kitoblariga asoslanib, kapitalizmning inqirozsiz 
rivojlanish modeli loyihasini yaratdi. Bu olimning tadqiqotlaridagi ijobiy 
tomonlar shundan iboratki, mamlakatlarning milliy xo‗jaliklari bo‗yicha 
boy faktik materiallar to‗plandi, ular asosida natural va qiymat 
ko‗rsatkichlarining rivojlanib boruvchi qatorlari yaratildiki, bu «dinamik 
qatorlar» tahlili nomini oldi. Bu tahlil asosida olingan jamlovchi 
ko‗rsatkich va indekslar iqtisodiyotdagi haqiqiy ahvolni aks ettirgan va 
kapitalistik konyunkturani, ayniqsa, ishlab chiqarishning ayrim 
tarmoqlaridagi holatni baholashlda ulardan foydalanilgan.
Bu yo‗nalish tarafdorlari sikllarni o‗zaro aloqador parametrlarning 
ta‘siri oqibatida vujudga keladi va kapitalistik ishlab chiqarish 
dinamikasini belgilaydi, deb qaraydilar. Shu sababli ular sikllarni 
tasodifiy yagona hodisa emas, balki doimiy kapitalizm iqtisodiyotiga 
xos xususiyat, deb hisoblaydilar. Ular tadqiqot qilayotgan omillar 
qatoriga birinchilardan bo‗lib muomala sohasi ko‗rsatkichlarini 
qo‗yadilar, ya‘ni narxlar, aksiyalar kursi, pul muomalasi va boshqalar.
Mitchell tadqiqotlari empirik va institutsional uslublarning 
qorishmasidan iborat. U iqtisodiy siklning amaldagi modelini 
loyihalashtirishga muvaffaq bo‗la olmadi.
U. Mitchell o‗z ustozining ilmiy xizmatlari va unga bo‗lgan 
cheksiz hurmati sifatida «Veblen ta‘limoti» asarini yaratdi, unda 
ustozning kitob va maqolalaridan ko‗chirmalar keltiriladi, bu kitob 
Mitchell vafotidan keyin nashr etilgan.
Siklik (davriy) o‗zgarishlar nazariyasiga rus olimi N.D.Kondratev 
(1892-1938) katta hissa qo‗shdi. U jahondagi yetakchi kapitalistik, deb 
nomlangan mamlakatlar iqtisodiyotining ko‗p yillik (100-150 yil) 
rivojlanishini tahlil etib, bu o‗zgarishlarning bir yildan kam (fasliy), 3,5 
yillik, 7-11 yillik savdo-sanoat va 50-60 yillik katta sikllarini ajratib 


235 
berdi. U 1929-yildagi «Buyuk depressiyani» oldindan (prognoz) aytib 
bergan, ammo sovet davrida «kapitalizm qachon o‗ladi» degan savolga 
«kapitalizm o‗lar, ammo qachonligini ayta olmayman» deb javob 
berganligi uchun qatag‗onga uchragan va otilgan. Bu olimning buyuk 
xizmatlari jahon iqtisodchilari tomonidan yuqori baholangan va amalda 
qo‗llanilmoqda. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling