Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 K.Marksning Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

10.4. K.Marksning Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi 
K.Marksning asosiy ilmiy yutuqlaridan biri shundan iboratki, u 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularni tashkil etuvchi elementlar, 
formatsiyalarning almashuv sabablari to‗g‗risida ta‘limot yaratdi. U uch 
yirik (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani) ijtimoiy taraqqiyot bosqichini 
ko‗rsatib berdi. 
1. Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo‗lgan 
jamoa. 
2. Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy 
mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish 
usuli. 
3. Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va 
ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat. 
K.Marks ta‘limotiga ko‗ra bir formatsiyadan ikkinchisiga o‗tish 
ijtimoiy inqilob orqali amalga oshadi, ya‘ni «kapitalizm qobig‗I 


202 
portlaydi», eski ishlab chiqarish munosabatlari yemirilib, ijtimoiy 
tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi. 
Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapitalistik 
munosabatlar iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirsa, keyinchalik bu 
munosabatlar iqtisodiy o‗sishning «kishaniga» aylanadi, zamon talabiga 
javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko‗ra kapitalizm halokatga yuz 
tutadi. Chunki u o‗zining ichki ziddiyatlarini yechishga qodir emas. 
Uningcha kapitalizm o‗rniga dolzarb muammolarni yecha 
oladigan, sanoat sivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish 
imkonini beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak. 
K.Marks ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag‗allikni stixiyali 
bozor iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblagan bo‗lsa, kelajakda 
bo‗ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik asosida 
tashkil etilgan bo‗lishi, yagona reja bo‗yicha ishlashi kerak. Uning 
tasdiqlashicha, bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja 
bo‗yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon 
tug‗iladi». 
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, kapitalizmning muqarrar 
halokati to‗g‗risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi 
sinflar o‗rtasida daromadlar taqsimotining bozor tamoyili buzilganligida 
emas, balki bu tizimning to‗la ish bilan bandlikni ta‘minlay olmasligi, 
mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va urishlarga bo‗lgan moyilligi 
hisoblanadi. U sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal 
hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb 
atadi. K.Marks nazariyasiga binoan kommunizm – ishlab chiqarish 
vositalari bir butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha 
a‘zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo‗lgan sinfsiz tuzumdir. 
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo‗lgan 
qat‘iy ishonchi eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar 
nazariyasiga asoslanadi. U o‗zini klassiklarning davomchisi hisoblagan 
holda haqiqatan ham iqtisodiy o‗sish muammosi bilan, xususan, 
farovonlik va daromadlarning o‗sishi hamda daromadlarning mehnat, 
kapital va yer egalari o‗rtasida, ya‘ni sinflar o‗rtasida taqsimlanish 


203 
muammosi bilan shug‗ullandi. Lekin uning sinflar nazariyasidagi 
markaziy g‗oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga qadar o‗tgan 
hamma jamiyatlar tarixi, deb yozadi K.Marks, – sinflar kurashi tarixidir. 
Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchik va krepostnoy, usta va xalfa, 
qisqasi, zolim va mazlum o‗rtasida doim antagonizm bo‗lib keldi; ular 
har doim goh yashirin, goh ochiq bir-biriga qarshi kurash olib bordi. Bu 
kurash har safar butun jamiyatni inqilob asosda boshqatdan qurish bilan 
yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy halokati bilan tugadi». 
Marksning fikricha o‗zining kuchayib borayotgan ziddiyatlari bilan 
kapitalistik jamiyat ham bundan mustasno emas: turmush darajasi 
muttasil pasayib borayotgan sanoat ishchilari sinfi kapitalizm 
«go‗rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning bashorati to‗g‗ri 
chiqmaganligini hayotning o‗zi ko‗rsatdi. Kapitalizm yangi real hayotga 
moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o‗sishni ta‘minlay oldi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, J.S.Mill va K.Marks ijodi 
U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktabning yakunlanganligini 
bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: 
1. Inson faqat o‗z foydasiga, o‗z ahvolini yaxshilashga intiluvchi 
kishi sifatida ko‗riladi.
2. Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida 
ham, shuningdek, uzoqni ko‗zlab ish yuritishda ham erkin va barobar. 
3. Har bir iqtisodiy subyekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish 
haqi va renta to‗g‗risida to‗liq ma‘lumotga ega. 
4. Bozor resurslarning to‗la harakatini ta‘minlaydi: mehnat va 
kapital bir zumda kerakli joyga oqib o‗tishi mumkin. 
5. Ish haqi bo‗yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. 
Boshqacha qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchi 
sonining ko‗payishiga olib keladi, ish haqining har qanday kamayishi 
esa ishchi kuchi sonining kamayishiga olib keladi. 
6. Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan keladigan foydani 
maksimallashtirish hisoblanadi. 
7. Mehnat bozorida pullik ish haqi mutlaq moslashuvchan bo‗ladi 
(uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi). 


204 
8. Boylikni ko‗paytirishning asosiy omili kapital jamg‗arilishi 
hisoblanadi. 
9. Raqobat takomillashgan bo‗lishi, iqtisodiyot esa davlatning 
haddan tashqari aralashuvidan erkin bo‗lmog‗I kerak. Bunday sharoitda 
«ko‗rinmas qo‗l» resurslarning optimal taqsimlanishini ta‘minlaydi. 
10. Kapitalizm o‗rniga dolzarb muammolarni yechib berishga
sanoat sivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga 
imon beruvchi jamiyat keladi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling