Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. F.Kenening «Iqtisodiy
jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks, o‗zining takror ishlab chiqarish sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni daromadlarga bo‗lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda) ko‗rsatgan bo‗lsa, K.Marksda esa ijtimoiy mahsulot uch qismga bo‗linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xomashyo, yoqilg‗i va boshqalar qiymati), o‗zgaruvchi kapitalga (v) – ishchi kuchini sotib olishga bo‗lgan sarflar va qo‗shimcha qiymatga(m). 196 Takror ishlab chiqarish muammosini yechib berishda K.Marks iqtisodiyotni ikki bo‗linmaga bo‗ladi. I bo‗linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, II bo‗linma iste‘mol buyumlarini ishlab chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o‗rtasidagi farqni ko‗rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» o‗zgarmas bo‗lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab chiqarish bir xil hajmda, o‗zgarmas bo‗lib qolishi uchun qanday shartlar bo‗lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko‗rsatib beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo‗linmaning barcha mahsuloti har ikkala bo‗linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi kerak: I (c+v+m) = Ic+Iic. Shu bilan birga, II bo‗linma mahsuloti ish haqi fondi hamda mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga teng (ekvivalent) bo‗lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala tenglamadan natijada I (v+m) = Iic kelib chiqadi, ya‘ni I bo‗linmaning sof mahsuloti II bo‗linmada yil davomida iste‘mol qilinggan kapitalni qoplash uchun zarur bo‗lgan talab miqdoriga teng bo‗lishi kerak. Agar I (v+m)>Iic bo‗lsa, unda doimiy kapitalni qoplashga bo‗lgan investitsiya sarflari amortizatsiya ajratmalari miqdoridan oshib ketadi, ya‘ni sof investitsiya ijobiy bo‗ladi. Lekin amortizatsiya jamg‗armalari iste‘mol qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan dalillar ancha puxta makroiqtisodiy o‗zaro bog‗liqlik borligini tasdiqlaydi. K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-tarixidagi iqtisodiy o‗sishning birinchi matematik modeli hisoblash mumkin. Lekin uning kamchiliklari yo‗q emas. Xususan, «kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib borishining shartlarini aniq ko‗rsatib berilmagan. Bundan tashqari u sur‘at o‗zgarmagan iqtisodiy o‗sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa o‗sish Q (mahsulot miqdori) da hech qanday o‗zgarish bo‗lishini taqozo etmaydi. K.Marks ko‗rsatib bergan iqtisodiy o‗sishning zarur bo‗lgan shartlari: I bo‗linmaning milliy 197 daromadi ushbu bo‗linmadagi ishchi va tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II bo‗linmadan sotib olinadigan iste‘mol buyumlaridan ko‗p bo‗lishi kerak – milliy daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya‘ni I(v+m)>Iis. Shunday qilib, I bo‗linmaning mahsuloti yil boshidagi har ikkala bo‗linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo‗lgan talabidan ko‗p bo‗lishi kerak, ya‘ni I(c+v+m)>Ic+Iic. Shunga muvofiq, jamiyatning barcha milliy daromadi iste‘molga sarflanmaydi, ya‘ni I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m). Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga oydinlik kiritishda qo‗llanishi mumkin. Lekin u shu qadar cheklanishlarga asoslanganki, bu undagi barcha dalillarni kuchsizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar «me‘yorli bahoda» sotiladi; har ikkala bo‗linmada kapital aylanish tezligi bir xil; faqat kapitalistlar jamg‗aradi; texnika taraqqiyoti yo‗q; real ish haqi doimiy; bir ishchiga bo‗lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan tashqari ikki bo‗linmadan iborat bo‗lgan model o‗zgaruvchan real iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital buyumlarni ham iste‘mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi ko‗pchilik tarmoqlar – masalan, toshko‗mir qazib olish, transport, ximiya – u yoki bu kategoriya tushunchasiga to‗liq kirmaydi. Buning ustiga bunday tarmoqlar ichida kapital va iste‘mol buyumlarini kategoriyalarga bo‗lish vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o‗zgarishga qarab o‗zgarib turadi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha shartlari deyarli o‗z kuchini yo‗qotadi. Shunday bo‗lsada, tenglama K.Marks tizimida alohida o‗rin tutadi. U iqtisodiy o‗sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy bo‗lishi to‗g‗risida fikr yuritishga imkon beradi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling