3-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish fondlari


Download 430.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi430.76 Kb.
#1602929
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu soha-3



3-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish fondlari.  
REJA:
1. Asosiy fondlar. Asosiy fondlarining tarkibi va tasnifi.
2. Asosiy fondlarning “xarajat” (vaqi o‘tishi bilanqiymat o‘zgarishi), asosiy 
fondlarning yillik o‘rtacha qiymati va uni aniqlash usuli.
3. Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizatsiya.
4. Yemirilish sabablari va turlari.
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol qiymati 
ko‘rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-
buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida 
korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish 
quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir 
ko‘rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo‘jaligi miqyosida asosiy fondlar 
mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi.
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab 
chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy holatini 
yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab 
o‘tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish 
jarayoni amortzitsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar esa 
amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o‘z mohiyatiga 
ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga 
quyidagilar kiradi:
* ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
* uzatish qurilmalari;
* quvvat mashinalari va uskunalari;
* ishchi mashinalar va uskunalar;
* transport vositalari;
* o‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
* foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab 
qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha 
mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish 

Download 430.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling