3-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish fondlari
Download 430.76 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu soha-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy ta’mirlashda
O‘rtacha ta’mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish
hajmi va davriyligiga ko‘ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag‘, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta’mirlash kabi u ham mashina yoki uskunadan foydalanuvchi korxonaning o‘zida amalga oshirilishi mumkin. Joriy ta’mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi. Asosiy fondlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish majmuasi rejali-oldini oluvchi ta’mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o‘tkazilishini qayd = П − О ТП qilish jurnallari mavjud bo‘lib, ularda profilaktika va ta’mirlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi va grafigi belgilab qo‘yiladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko‘rsatkichlari bo‘lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zahiralarni aniqlash va bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko‘rsatkichlarga fond qaytimi, fond sig‘imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin. ikkinchi guruh - xususiy va natural ko‘rsatkichlar bo‘lib, ko‘proq asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob- uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq. Ko‘rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi: * asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan vaqt bo‘yicha foydalanganlik darajasini aks ettiradi; * asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan quvvat bo‘yicha foydalanganlik (unumdorlik) darajasini aks ettiradi; * asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffitsienti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanishni hisobga oladi. Ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning har biri amaliyotda mustaqil ma’noga ega bo‘lib, turli maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarish fondlaridan vaqt bo‘yicha qanday foydalanilganligini (ekstensiv foydalanish) baholash asbob-uskunalarning smenalik koeffitsienti, uskunalarni koeffitsienti, smena davomida uskunalarning bekor turib qolishi, uskunalardan smenalarda foydalanish koeffitsienti kabi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Asbob-uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsienti mazkur uskunalardan amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtning ulardan reja bo‘yicha foydalanish muddatiga nisbati orqali aniqlanadi. K eks Bu yerda: txak – uskunalardan haqiqiy foydalanilgan vaqt, soatlar; trej – uskunalarning normaga asosan foydalanish muddati, soatlar. Misol. Agar 8 soatlik smena mobaynida ta’mirlash uchun 1 soat rejalashtirilib, amalda 5 soat sarflangan bo‘lsa, u holda ekstensiv foydalanish koeffitsienti 0,71 (5/(8-1)) ni tashkil qiladi. Bu esa asbobuskunalardan smena davomida faqat 71 % foydalanilganligini anglatadi. Korxonalarda bunday uskunalarning bir emas, bir nechta – o‘nta yoki yuztasidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan uskunalarning smenalik koeffitsienti - sutka davomida mashina-smenalarning o‘rnatilgan uskunalarning umumiy soni yoki ishchi o‘rinlariga nisbatini aniqlash zaruriyati tug‘iladi. Bu holda smenalilik koeffitsienti quyidagi formula asosida aniqlanadi: K sm Bu yerda: MS - sutka davomida haqiqiy ishlangan mashina-smenalar yig‘indisi; Ko - o‘rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni. Misol. Korxonada 200 dona metall qirquvchi stanok sutka mobaynida 360 mashina-smena, 60 ta temir presslovchi stanok 50 mashina-smena, 40 ta quyuv stanoklari esa 30 mashina-smena ishlagan. Ushbu holda barcha stanoklardan foydalanishning smenalilik koeffitsienti quyidagicha topiladi: K sm Uskunalarning smenalilik koeffitsientini aniqlashning yana bir yo‘li bo‘lib, unga ko‘ra korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda uskunalarning barchasidan ham to‘liq foydalanilmasligi ko‘zda tutiladi. Masalan, sexda 270 dona uskuna o‘rnatilgan bo‘lib, birinchi smenada ulardan 200 tasi, ikkinchi smenada esa 190 tasi ishlagan. Bu holda uskunalarningsmenalilik koeffitsienti 1,44 (200+190)/270) ni tashkil qiladi. Download 430.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling