3-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish fondlari
Download 430.76 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu soha-3
qaytimi haqida to‘xtalib o‘tish kerak. U asosiy fondlar birligiga (qiymati
bo‘yicha) to‘g‘ri kelgan mahsulot ishlab chiqarishni xarakterlaydi. U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (V) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi: F k ; Mahsulotning fond sig‘imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo‘lib, quyidagi formula asosida aniqlanadi: F s ; Fond sig‘imi kapital qo‘yilmalari (investitsiyalar)ni tejash yoki ko‘paytirish bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mahsulot fond sig‘imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi doimiy yoki o‘suvchi bo‘lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo‘yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug‘iladi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: E k = F e x V Bu yerda: E k – kapital qo‘yilmalarni tejash, so‘m; F e – hisobot yilida mahsulot fond sig‘imining o‘tgan yildagiga nisbatan o‘zgarishi, so‘m. Har bir korxona o‘z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan ta’minlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy fondlarda jamiyatning o‘tmishda narsa holiga aylangan mehnati mujassamlanganligi ham zaruriyat tug‘diradi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: • smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish; • uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish; • bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish; • ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish; • uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish; • ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash. Download 430.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling