Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 F.List va Germaniya tarixiy maktab asoschilari


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

9.4. F.List va Germaniya tarixiy maktab asoschilari
P.J. Prudon va K.Rodbertuslarning iqtisodiy g„oyalari 
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir - shu va shunga 
o‗xshash tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya 
jamoatchiligi fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari 


169 
tarixdan bo‗lak yana nima milliy bo‗lishi mumkin, degan fikrlarga 
asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul o‗rnini ko‗rsatishga harakat 
qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy 
xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog‗liq holda rivojlanadigan milliy 
xo‗jalikni o‗rganishni o‗z oldilariga maqsad qilib qo‗ydilar.
Fridrix List (1789-1846-yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen 
shahrida boy hunarmand oilasida tug‗ildi. U o‗qishni 15 yoshda tugatib, 
hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo‗lib ikki yil ishladi. 
Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir 
vaqtning o‗zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo‗yicha 
tugatdi. 1817-yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti 
kafedrasi professori bo‗lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo‗nalishdagi 
taniqli publisist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat‘iy 
tarafdori sifatida tanildi. U 1847-yil Bryussel shahrida bo‗lib o‗tgan 
iqtisodchilar kongressida o‗zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy 
yetukligi va kuchli notiqlik qobiliyati bilan ko‗pchilikning e‘tiborini 
o‗ziga qaratdi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta‘minlash 
maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi. 
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a‘zosi bo‗lib, o‗zining 
keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. 
Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab 
bo‗ldi. Natijada u 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQShga doimiy 
yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug‗ullandi, keyinchalik 
nemis gazetalarining muharriri bo‗ldi hamda sanoat sohasida 
tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat 
qiluvchi Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini 
chuqur o‗rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni 
tayyorladi.
1832-yildan F.List Yevropaga qaytib AQShning Leypsigdagi 
elchisi bo‗lib ishladi. Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo‗lini 
qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo‗lib hissadorlik uyushmasini 
tashkil etdi. F.List o‗zining uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so‗ng 
Parijda uch yil yashadi. U o‗zining bor kuchini, idroki va iqtidorini 
iqtisodiy muammolarni keng o‗rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi 


170 
manfaatlarining ifodachisi bo‗lgan F.List iqtisodiy birlik uchun 
birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o‗zining «Siyosiy iqtisodning 
milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni 
yaratish vazifasini o‗rtaga qo‗ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi 
kuchlari to‗g‗risidagi ta‘limot unga asos bo‗lishi kerak edi. F.List 
davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma‘naviyatni va shu kabilarni 
ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo‗shdi. 
F.Listning ta‘limotiga ko‗ra qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, 
«millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo‗lib qolishi, huquq, sud, armiya, 
polisiya va shu kabilar) yaratadi.
F.List ta‘limotida xo‗jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari 
to‗g‗risidagi g‗oyalar katta o‗rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta 
bosqichga: ba‘daviylik, cho‗ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-
manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga bo‗ladi. 
Bunday bo‗lishdan maqsad Germaniyada sanoatning o‗sishini har 
tomonlama qo‗llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan - qishloq 
xo‗jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan 
iborat edi.
F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy 
rivojlanishi va savdo siyosati atrofidagi qizg‗in tortishuvlarda alohida 
o‗rin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta‘sir ko‗rsatdi. F.List 
o‗zining g‗oyalarini rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi 
sanoat taraqqiyoti orqali bo‗lishi mumkinligini va shuning uchun uni 
chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini ko‗rsatadi. Ushbu asar 
o‗z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg‗in qabul qilinib, katta 
qiziqish bilan o‗qildi. 
Germaniyaga qaytgandan so‗ng olim Augusburg shahrida yashab, 
ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik, 
shovinistik kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining 
dastlabki himoyachilariga yo‗l ochib berdi. List urushlar va 
bosqinchilikning tarafdori bo‗lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik-
sanoat holatiga o‗tishga ko‗maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U 
Janubiy-sharqiy Yevropadagi bo‗sh yerlarni Germaniya bosib olishi 
zarur, deb hisoblaydi. List hayotining so‗nggi yillarida Angliyaga 


171 
bo‗lgan o‗z munosabatini o‗zgartiradi, chunki u doim Angliyani 
Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga qarshi, deb hisoblardi. 
Endi uning fikricha Angliya Germaniyaning qit‘a qo‗shnisi hisoblangan 
Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo‗llashi mumkin edi. 
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik 
namoyandasi bo‗lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo‗lib 
faoliyat ko‗rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo‗lgan qiymat va 
daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu 
kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e‘tibor iqtisodiy siyosatning 
asosiy masalalariga va ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List 
Smit iqtisodiy sistemasini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim 
mamlakatlar xo‗jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko‗rmasdan, 
barchasiga umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda 
majbur kiritilmoqda, deydi. «Turli millatlar,- deb yozadi List, turli 
bosqichda bo‗ladilar. Bunday sharoitda ular o‗rtasidagi to‗liq erkin 
savdo ayirboshlash qiymati nuqtayi nazaridan jahon xo‗jaligi uchun 
ma‘lum mavhum foydani keltirishi mumkin bo‗ladi.» Lekin bu holat 
qolgan mamlakatlar ishlab chiqarish kuchlari rivojiga to‗sqinlik qiladi. 
U o‗z konsepsiyasini ishlab chiqarish kuchlari nazariyasi, deb yuritib, 
Smitning ayirboshlash qiymati nazariyasiga qarshi qo‗yadi. Lekin shuni 
aytish zarurki, ishlab chiqarish kuchlari, deganda List ijtimoiy sharoitlar 
majmuasini tushunadi va ularsiz millat boyligi bo‗lmaydi, deb yozadi. 
Shuningdek u faqatgina qishloq xo‗jaligi bilan shug‗ullanadigan millat 
bir qo‗l bilan mehnat qiladigan kishi kabidir, deydi. List ishlab chiqarish 
unumdorligini oshirishni proteksionizm tarbiyasi yordamida amalga 
oshirishni o‗rtaga tashlaydi. Davlat sistemasidagi tadbirlar milliy ishlab 
chiqarishni chet el raqobatidan to o‗zini tiklab olguncha va teng 
raqobatdosh bo‗lguncha himoya qilishi kerak, deydi. Erkin savdoni 
amalga oshirishni esa u keyinroq, ya‘ni hamma millatlar bir xil 
rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni tavsiya qiladi. Hozirgi 
davrga kelib Listning bunday qarashlarining ayrimlari dolzarb bo‗lib, 
hayotda o‗z o‗rnini topmoqda. Masalan, millatning boy, qudratli bo‗lib 
borishi uning qanchalik ko‗p sanoat mahsulotini eksport qilishi bilan va 
kam mahsulotni import qilishi bilan belgilanadi. Bu o‗rinda Yaponiya 


172 
tajribasini ko‗rsatishimiz kifoya. Bu davlat so‗nggi yillarda tez iqtisodiy 
rivojlanish hisobiga, ya‘ni tashqi savdoni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yganligi 
uchun rivojlangan mamlakatlar qatorida oldingi o‗ringa chiqib oldi.
Listning iqtisodiy nazariyasi asosiy masalalardan hisoblangan 
kapitalizm taraqqiyoti doirasida o‗z tarixi va xo‗jaligining xususiyatiga 
ko‗ra jahon hamjamiyatining so‗nggi qatorlaridan o‗rin olgan 
mamlakatlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo‗lidagi dastlabki 
urinish edi. Hozirgi davrda milliy sanoatni rivojlantirish uchun harakat 
qilayotgan yosh, rivojlanayotgan mamlakatlarning List ta‘limotiga katta 
e‘tibor berayotganliklari tabiiy holdir. Chunki ularning oldida jahon 
bozorida hukmronlik qilayotgan rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi 
sharoitida o‗z sanoatlarini himoya qilish vazifasi turibdi.
Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolyutsiyasini 
ilmiy-iqtisodiy adabiytda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX 
asrning 40-60-yillarini o‗z ichiga olib «Eski tarixiy maktab» yoki 
oddiygina «Tarixiy maktab» davri deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va 
B.Gildebrand bu davrning asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX 
asrning 70-90-yillariga to‗g‗ri kelib «Yangi tarixiy maktab» davri, deb 
nomlanadi. G.Shmoller va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir. 
Uchinchi davr XX asrning 30-yillarigacha davom etib «Eng yangi 
tarixiy maktab» davri yoki qisqacha «ijtimoiy yo‗nalish» nomini oldi. 
V.Zombart va M.Veberlar uning asosiy mualliflari edilar.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling