Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari. Klassik 
iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o‗ziga 
xosligi bilan ajralib turadi. A.Smit, D.Rikardo, sotsial-utopistlar, 
S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining 
yagona manbayi mehnat, deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga 
ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda tovar qiymati kapitalga, ish 
haqiga va yer rentasiga bo‗lgan xarajatlaridan tashkil topadi, degan 


167 
bo‗lsa, ikkinchi bir joyda qiymat foydalilik bilan aniqlanadi, deydi. 
J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o‗rtasidagi 
o‗zaro bog‗liqlikni aniq qilib ko‗rsatib berdi. «Foydalilik bu qimmat 
o‗lchovidir», – deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat 
mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham 
o‗lchanishi mumkinligini aytib berdi.
J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch 
omiliga (mehnat, kapital, yer) alohida e‘tibor bergan. Uning 
tasdiqlashicha bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok etadi, 
barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf – ishchilar, 
kapitalistlar va yer egalari daromadlaridan tashkil topadi. J.B.Seyning 
uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilarning daromadi 
sifatida ish haqi yaratadi, «kapital» omili kapitalistlarning daromadi 
sifatida foyda yaratadi, «yer» omili yer egalarining daromadi sifatida 
renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab chiqarishning har bir 
omili qatnashadi (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi, deyiladi). 
J.B.Sey yuqorida ko‗rsatilgan omillar (mehnat, kapital, yer) ishchilar, 
kapitalistlar va yer egalarining daromadlarini yaratishda mustaqillikka 
ega ekanligini qayd qilib o‗tadi. 
Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan 
erkin raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyatdagi 
sinflarni ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda 
tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), 
yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni beradilar) 
va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o‗zaro ta‘sirda bo‗ladilar va 
bir-birlarini to‗ldirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari 
bir-birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini to‗ldirib turadilar. 
Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot 
qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan, 
tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha bu uning qobiliyati, 
iste‘dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to‗lanadigan haq. Uning fikricha 
kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflarning» ahvoli yaxshilanib 
boradi va ularning ko‗pchiligi «yuqori sinf» safini to‗ldirib boradi. 


168 
J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar dastlab 
ishchilarni ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik, pirovard 
natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab chiqarishni 
arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning ifoda 
etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik yangiliklardan boshqalarga 
nisbatan ishchilar sinfi ko‗proq manfaatdor». Umuman, iqtisodiy 
ta‘limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor iqtisodiyoti sharoitida 
sinflar manfaati uyg‗unligiga cheksiz ishongan olim sifatida tilga 
olinadi.
J.B.Seyning o‗tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan 
iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fiziokratlar 
qishloq xo‗jaligini) ajratib ko‗rsatib berishga harakat qilgan. Hatto 
A.Smit xizmat ko‗rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat 
va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo‗jaligidagi 
mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblagan, negaki unga tabiat 
«yordam« beradi. J.B.Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari – sanoat, 
qishloq xo‗jaligi, savdo va xizmat ko‗rsatish o‗rtasidagi «tenglikni» 
ko‗rsatib berdi. Uning fikriga ko‗ra to‗rtta sohaning barchasida boylik 
yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo‗jaligida ham, savdoda ham, 
xizmat ko‗rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.
Hozirgi zamon g‗arb iqtisodchilari o‗tmishdoshlaridan, birinchi 
navbatda, J.B.Seydan ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari 
milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday 
yondashuvning ma‘nosi shundan iboratki, har bir daromad oluvchi kasbi 
va faoliyat sohasidan qat‘iy nazar bir vaqtning o‗zida uni yaratuvchi 
hisoblanadi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling