Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi. Iqtisodiy taraqqiyot J.S.Mill ta‘limoti
bo‗yicha fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog‗liq. Ishlab chiqarish va jamg‗arish ko‗payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko‗pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning o‗sishiga, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xomashyo qiymatidan tashqari). J.S.Millda kapital evolyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o‗xshab ketadi. Foyda me‘yori pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg‗arishga va jamg‗arilgan vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz me‘yorining minimum darajasiga bo‗lgan intilishni chetga kapital chiqarish va eksportni ko‗paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda me‘yorini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga chiqib ketadi; bu yerda kapital yo‗qolmaydi, balki u yangi bozorlarni tashkil etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi. 161 Kapitalning bir qismining chetga chiqib ketishi foydani va foiz me‘yorini oshirib, jamg‗armaga bo‗lgan yangi intilishni keltirib chiqaradi. U shuningdek, foyda me‘yorining pasayish moyilligi davlat xarajatlarini oshirishga qarshi bo‗lgan dalillarni kuchsizlantiradi, deb hisoblaydi. Ko‗rilayotgan kapital harakatining oxirgi natijasi bu iqtisodiy yuksalish uchun kurash to‗xtagan paytdagi turg‗unlik holati hisoblanadi. Ammo J.S.Mill agar turg‗unlik holati ishlab chiqarishning yuqori darajasida yuzaga kelgan bo‗lsa, unga ijobiy munosabatda bo‗lgan «Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko‗paytirish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylandi». Uning fikriga ko‗ra hech kim kambag‗al bo‗lmagan, hech kim boylikka intilmagan va birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan harakati tufayli boshqalarning orqaga surib tashlanishi xavfi bo‗lmagan vaziyatdagi jamiyat odamlar uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat hisoblanadi. Bunday turg‗unlik davrida madaniyatning barcha shakllarini rivojlantirish, ma‘naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar cheklanmagan bo‗ladi. Odam o‗zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini adolatsizlik, deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin uning ko‗pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e‘tirozga javob shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan sharoitlarning biri hisoblanadi xolos. Ishni materiallarsiz, asbob- uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni ta‘minlash uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz bajarib bo‗lmaydi. Bu narsalarning hammasi o‗tgan mehnat mahsuli hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‗lganda, ularda mahsulotni boshqa birovlar bilan bo‗lishishga zarurat bo‗lmas edi. Ammo ishchilarda bu narsalar bo‗lmaganligi uchun ular ekvivalentning bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini–muallif) ushbu narsalarga egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk 162 doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli hisoblanmaydi). Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling