Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Kapital va foyda nazariyasi. J.S.Mill jamg‗arish natijasida 
vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zaxirasini kapital, deb atagan. 
Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi. 
Kapitalning har bir ko‗payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib 
keladi. Agar mehnat qilishga qobiliyatli kishilar topilsa va ular yeyishi 
uchun ovqat bo‗lsa, ulardan qandaydir ishlab chiqarishda doimo 
foydalanish mumkin. Chunki investitsiyaning asosi sifatida kapitalning 
tashkil topishi ish bilan bandlik doirasini kengaytirish imkonini beradi 


157 
va agar «boylarning unumsiz xarajatlari» hisobga olinmasa, ishsizlikka 
barham berishi mumkin. 
Ammo J.S.Millning ta‘kidlashicha kapitalning rivojlanishiga 
boshqa cheklanishlar ham xos. Ularning biri – kapitaldan keladigan 
daromadlarning kamayishidir. Uni J.S.Mill kapitalning me‘yorli 
unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi. 
Masalan, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari miqdorini ko‗paytirish ushbu 
miqdor ekvivalentiga nisbatan ko‗proq mehnat sarflash evazigagina 
bo‗lishi mumkin. Boshqacha bo‗lishi aslo mumkin emas. 
Umuman foyda to‗g‗risidagi masalani tushuntirib berishda 
J.S.Mill D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O‗rtacha foyda me‘yorining 
vujudga kelishi shunga olib keladiki, bunda foyda ishlatilayotgan 
kapitalga mutanosib bo‗ladi, baho esa – xarajatlarga. «Sarf-xarajatlar, 
ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo‗lgan joyda foyda ham bir xil 
bo‗lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish 
xarajatlari bo‗yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari bir 
xil bo‗lgan narsalar bir xil qiymatga ega bo‗lishlari kerak, shuning 
uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi». 
J.S.Millning yozishicha rentaga o‗xshagan, maxsus ko‗rinishga 
ega bo‗lgan foyda ham amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega 
bo‗lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to‗g‗risida boradi. Modomiki, 
uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega emas ekan, unda «u 
mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga 
qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda 
... ustunlikka ega bo‗lgan kishi renta oluvchiga o‗xshab ketadi». 
J.S.Mill foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va 
D.Rikardo kabi tushuntiradi: «Foyda ayirboshlash natijasida emas…, 
balki mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar 
mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot 
mehnatkashlar ish haqi ko‗rinishida iste‘mol qiladigan mahsulotdan 20 
foizga ko‗p bo‗lsa, unda bahoning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar foyda 
20 foizni tashkil etadi». 


158 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling