Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 J.S. Millning iqtisodiy qarashlari


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
9.2. J.S. Millning iqtisodiy qarashlari 
J.S. Mill (1806-1873) nafaqat iqtisodiyotga, balki 
iqtisodiyot bilan bir qatorda siyosiy fanlarga va 
falsafa fanlari rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan 
tug‗ma qobiliyat egasi bo‗lgan. Uning ulkan 
zakovat egasi bo‗lishiga sabab yoshligida olgan 
kuchli ta‘limi edi. Chunki uning otasi Jems Mill 
o‗g‗liga ta‘lim berishni yoshligidan boshlagan. U 3 yoshligida grek tilini 
o‗rgandi va 8 yoshligidan boshlab lotin tilini o‗rgana boshladi. Shu bilan 
birga 13 yoshida matematika, kimyo, fizika, mantiq ilmini o‗rganib 
bo‗lgandan so‗ng siyosiy iqtisodni o‗rganishni boshladi. Uning rasmiy 
ta‘lim olishi 15 yoshigacha tugallandi va keyingi 4 yilni Benhamning 5 
jildli asarini tahlil qilishga bag‗ishladi. Bu noodatiy kuchli ta‘limning 
psixologik ta‘siri oqibatida u 20 yoshida ruhiy tushkinlikka tushib 
qoladi, ammo ruxiy tushkunlik davridan so‗ng Mill o‗zini qo‗lga oldi va 
o‗z davri hamda barcha davrning yetuk namoyandasiga aylandi.
J.S.Mill o‗zining birinchi siyosiy iqtisod bo‗yicha «tajriba»sini 23 
yoshida, ya‘ni 1829-yil nashr etdi. 1843-yili unga shuhrat keltirgan 
«Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari 
«Siyosiy iqtisod tamoyillari…» bo‗lib, u 1848-yili chop etilgan. Bu 
asar beshta kitobdan iborat: (1) ―Ishlab chiqarish‖, (2) ―Taqsimot‖, (3) 
―Ayirboshlash‖, (4) ―Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va 
taqsimotga ta‘siri‖, (5) ―Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta‘siri 
to‗g‗risida‖. Bu asarning so‗zboshida yozilishicha J.S.Mill iqtisodiy 
bilimlar darajasining yuksalib borishini va ilg‗or zamonaviy g‗oyalarni 
Jon Styuart Mill 
(1806-1873yy.



153 
hisobga olgan holda A.Smitning ―Xalqlar boyligi ...‖ va D.Rikardoning 
―Siyosiy iqtisodning boshlanishi‖ning yangilangan variantini yaratishni 
o‗ziga maqsad qilib qo‗ygan. Asarning ushbu yuqoridagi ko‗rinishda 
tuzilishi esa muallifning fikricha Smit-Rikardo iqtisodiy nazariyalarini 
izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy 
bilimlarni tizimlashtirdi va ommalashtirdi, balki uning tomonidan bir 
qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va 
yakuniy dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi. 
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab 
chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida 
ta‘riflaydi. Shu bilan birga uning fikricha taqsimot tarixiy xarakterga ega 
bo‗lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi. 
Garchi J.S. Mill yuksak darajada iqtisodiy nazariyaning eksperti 
(mutaxassisi) bo‗lishiga qaramay u o‗zining aqliy qobiliyatini 
iqtisodiyotchilarni qiziqtirgan odatdagi muammolaridan ko‗ra ancha 
kengroq ijtimoiy masalalarga yo‗naltirdi. Jamiyatda insonlar rolini 
yaxshilashga harakat qilganligi sababli Millni ijtimoiy faylasuf, deb ham 
atashadi. Mill otasi va Rikardoning pessimistik (kelajakka ishonchsizlik) 
fikrlari o‗rniga jamiyatni rivojlantirish borasidagi optimizm (kelajakka 
ishonch)ni ilgari surdi. Uning ta‘lim doirasi keng bo‗lishiga qaramay 
Millning fikrlariga asosan klassik iqtisodiyotdagi otasi Mill, David 
Rikardo, Adam Smit va Benxamning ta‘limotlari tasir ko‗rsatgan. Mill 
iqtisodiyotga inson ijtimoiy faoliyatining bir ko‗rinishi sifatida qaraydi. 
Mill klassik liberal hamda ijtimoiy islohotchi edi. 
Jon Styuart Millning iqtisodiy ta‘limotlar rivojidagi o‗rnini 
aniqlash qiyin. U klassik davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng 
doirada fikrlay olishi klassik iqtisodchilar ta‘limotlarini o‗zgartirishga 
sabab bo‗ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o‗zida klassik 
iqtisodiyotning 
yetuklik 
davri 
hamda 
iqtisodiy 
g‗oyalarning 
rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki 
yildan kamroq vaqtda yozilgan ―Siyosiy iqtisod tamoyillari‖ asari 
birinchi marta 1848-yilda nashr qilindi. Kitobni yozish uchun Mill 
tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo‗lsada, kitobda uning iqtisodiy 


154 
qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda hal qilinishi 
kerak bo‗lgan bir necha muammolar mavjudligi ta‘kidlab o‗tilgan. Mill 
Rikardo ta‘limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta‘limotlarga 19-
asrning ikkinchi chorigida paydo bo‗lgan yangi ta‘limotlarni qo‗shishni 
o‗zining asosiy vazifasi, deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil 
qilishni rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini 
rivojlantirishga hissa qo‗shgan buyuk tafakkur egasi bo‗lgan.
Jon Styuart Mill o‗zining ―Siyosiy iqtisod tamoyillari‖ (1848 y) 
asarida (D.Rikardo tomonidan 1817-yilda ―Siyosiy iqtisodning 
boshlanishi va soliqqa tortish‖ asari nashridan so‗ng boshlangan kuchli 
tanqidlardan) D. Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlaridagi muhim 
g‗oyalarini qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning 
g‗oyalarini eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki 
uning asarlarida klassik iqtisodiy ta‘limotning qaytadan ko‗rib chiqishi 
hamda Rikardo ta‘limotlarini saqlash, uning asosiy kamchiliklarini 
bartaraf etilishini ko‗rishimiz mumkin. Millni iqtisodiyotga qo‗shgan 
hissasini aytishdan oldin, Rikardoning ko‗plab tanqidlaridan bir 
nechtasiga Millning bergan javoblarini tahlil qilish zarur. Ular uchta 
asosiy manbaga asoslangan.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling