Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Birinchisi, ingliz iqtisodiyoti borasida to‗plangan amaliy 
ma‘lumotlar va Rikardo iqtisodiy ta‘limotlari o‗rtasidagi farqlarning 
o‗sib borayotganligi. Jumladan, Rikardo g‗oyasining asosini tashkil 
qilgan Maltusning ―Nufus qonuni‖ga zid ravishda aholi sonining oshib 
borishi bilan kishi boshiga daromadning o‗sib borayotganligi ―Nufus 
qonuni‖ga ko‗ra kamayishi kerak edi, lekin texnologiyalarning tez 
rivojlanishi natijasida qishloq xo‗jaligining o‗sib borayotganligi 
kuzatilgan. 
Ikkinchidan, iqtisodiyot fani borgan sari kasbga aylanib 
bormoqda va mos ravishda qabul qilingan ta‘limotlarga ko‗proq tanqidiy 
fikrlar bildiriladi. Iqtisodchilar Rikardoning nazariy g‗oyalari, ya‘ni 
qiymatning mehnat nazariyasi va narxlarni belgilashda foydaning rolini 
hamda uning talabga bo‗lgan ta‘sirini aniqlash asosida ishlashni 
boshlashdi.


155 
Uchinchidan, iqtisodiy g‗oyalarning texnik tarkibiga e‘tibor 
bermasdan kelayotgan bir qator gumanitar va jamiyatshunos yozuvchilar 
Rikardoning 
iqtisodiy 
ta‘limotlarini 
o‗zida aks ettirgan va 
rivojlanayotgan kapitalistik iqtisodiy ta‘limotlarni tanqid qilishdi. 
Bir qator iqtisodiy ta‘limotlar va hodisalar D.Rikardo 
ta‘limotlarining tanqidi natijasida vujudga keldi. Sey qonuni, D.Rikardo 
va Djems Milllar tomonidan ilgari surilgan nazariya, ya‘ni iqtisodiyot 
avtomatik ravishda to‗liq bandlikni ta‘minlashi, talab va taklif asosida 
o‗zini o‗zi tartibga solishi, ba‘zi ortodaksal iqtisodchilar jumladan, 
K.Marks tomonidan rad qilindi. Bundan tashqari Fransiya, Shvetsariya, 
Germaniya va Angliya sotsial adabiyoti namoyondalari tomonidan 
klassik ta‘limot, ya‘ni iqtisodiy kelishuv kapitalistik iqtisodiyotning 
to‗siqlardan xoli bo‗lishi orqali eng yaxshi natijalarga erishishiga shubha 
bildiriladi. XIX asrdagi bu ta‘limotning eng kulminatsiasi Marksning 
―Kapital‖i edi.
20
J.S.Mill klassik iqtisodiy maktabni yakunlovchilaridan biri sifatida 
iqtisodiy ta‘limotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo‗shdi. Biz 
uning asosiy iqtisodiy nazariyalarini quyida ko‗rib chiqamiz. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling