145
3. D. Rikardoning yer rentasi nazariyasini tushintirib bering va
mahsulot nuqtayi nazaridan renta va qiymat nuqtayi nazaridan renta
to‗g‗risidagi tasavvurlarning o‗zaro bog‗liqligini ko‗rsating.
4. D. Rikardoning qiymatni mehnat nazariyasidan xulosalar
chiqaring.
5. D. Rikardoning taqsimot nazariyasi
va daromadlarning vaqt
mobaynida taqsimlanishi o‗zgarishi to‗g‗risidagi qarashlarini tushintirib
bering.
6. D. Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasini ifodalab bering va
erkin savdo orqali odamlar qanday qilib boyiganlarini tushintirib bering.
146
III BO„LIM. KLASSIK MAKTABGA MUQOBIL
TA‟LIMOTLAR
IX BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL
G„OYALARNING MOHIYATI
9.1. T.Maltusning iqtisodiy qarashlari
Marksistik
iqtisodiy
fanda
«marksist»
bo‗lmagan mualliflarni sharmanda qilish «an‘anasi»
mavjud edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga
uchragan g‗oya bu ingliz olimi Tomas Robert Maltus
g‗oyalari bo‗lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi:
kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning
dushmani, fashizm ideologi.
Eng qiziqarli joyi
shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki
ularning asosiy muxolifatlari bo‗lgan erkin bozor va xususiy
tadbirkorlikning mutlaq ustunliklariga
ishongan liberallarning ham
g‗azabini qo‗zg‗atgan. Nega T.Maltusni shunchalik yomon ko‗rishgan?
Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga
ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli
kelajakka» ishonishgan. Birinchisi, xo‗jalik jarayonlarini ongli ravishda
ijtimoiy tartibga solish tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid
qilgan bo‗lsalar,
ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor
mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdorlik kuchi bilan
ta‘minlanishiga ishongan. Unisiga ham,
bunisiga ham pessimizm yot
bo‗lgan.
Ingliz iqtisodchisi
Tomas Robert Maltus (1766–1834) dvoryan
oilasida tug‗ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach,
qishloq
ruhoniysi, 1807-yildan esa siyosiy iqtisod professori bo‗ldi. Uning
asosiy asarlari
«Nufus qonuni to„g„risida tajriba» (1798), «Yer