140
yordamida tijorat sirlarini yaxshi o‗rgangan va 16
yoshidayoq kontora
va birjada otasiga yordamchi bo‗lib ishlagan.
D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo‗ldi.
Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo‗ladigan nikohiga qarshi
edi. Oradan 5–6 yil o‗tgach, D.Rikardo birjada o‗ynab yirik boylik
orttirdi (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug‗iladi,
keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko‗radi). D.Rikardo 1810-yilga
kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslarning biriga aylanadi.
1799-yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning ―Xalqlar boyligi ...‖
asarini o‗qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqtisodga bo‗lgan jiddiy
qiziqish paydo bo‗ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan
shug‗ullana boshladi va hammani qiziqtirgan
savollarga javob berishga
harakat qildi.
Rikardo: uslub, siyosat, predmet
Rikardo iqtisodiy ta‘limotlarda o‗zining sof nazariyasi bilan
iqtisodiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan. U sanoat davriga xos
ilmlarni hajm va uslubda abstrakt tahlil orqali ko‗rib chiqdi.
Rikardo uslubiyoti
D.Rikardogacha Adam Smit siyosiy iqtisodni tahlil qilishda ikkita
yo‗nalishda:
1. O‗z davrining iqtisodiyotini deduktiv nazariya orqali.
2. Zamonaviy va tarixiy institutlar to‗g‗risidagi tasvir orqali
amalga oshirgan.
A. Smitning bu usuli ―tarixiy tavsiflovchi materiallar‖
nazariyasini boyitganligidir.
Rikardo aksincha, o‗z ishida sof nazariy
yondashuviga asoslandi. U o‗z davrining iqtisodiyotini abstraksiyalash
va deduktiv usulni qo‗llash bilan amalga oshirdi.
Uning sof
nazariyasidagi matematik texnikasi biroz qo‗pol bo‗lsa-da bugungi kun
matematiklarini hayratga solmoqda. Garchi Rikardoning usuli yuzaki va
sof nazariy bo‗lsa ham amaliy iqtisod, siyosiy
iqtisodiyot uning kuchli
tomonlari bo‗lgan. Jumladan, uning don masalasi bo‗yicha olib borgan
tadqiqotlari uning Angliyadagi ijodi – bug‗doy
importi va undan
olinadigan daromadni taqsimlashga o‗z ta‘sirini ko‗rsatmagan bo‗lsada,
141
keyinchalik bu nazariya unga amaliy masalalarni aniq tahlil qilish uchun
zamin bo‗ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: