Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
g) qiymat va bahoning shakllanishi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish Taqsimot Ishlab chiqarish Taqsimot 8.1-rasm. A.Smitning qiymatning (va bahoning) tashkil topishi
g) qiymat va bahoning shakllanishi
A.Smit «sarfli» qiymat nazariyasiga asos soldi. U tovarning foydaliligi (iste‘mol qiymati) bilan almashuv qiymatini bir-biriga qarshi qo‗ydi va almashuv qiymatining shakllanishini tahlil qilishda foydalilikni inkor etdi. Keyinchalik bu nazariyadan ikki qarama-qarshi yo‗nalish hisoblangan – iqtisodiy liberalizm va sotsializm vakillari o‗zlarining tamoyillarini asoslash uchun foydalandilar. A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy o‗zgarishlarning natijasi ekanligini ko‗rsatib o‗tadi. Lekin boylikning «haqiqiy» qimmati doimo o‗zgarib turishi mumkin emas. Shuning uchun A.Smit o‗z oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya‘ni uning qiymatini topish vazifasini qo‗ydi. Bunda u bir vaqtning o‗zida ikki har xil konsepsiyadan foydalandi. Birinchisi – tovarning qiymati faqat unga sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko‗p mehnat sarflansa, tovar shuncha qimmat bo‗ladi (bu konsepsiya D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy ta‘limotlarining asosini tashkil etadi). Ammo ushbu qoida, A.Smitning fikricha, faqat jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, «qoloq jamiyatlarda» qo‗llaniladi. Lekin sivilizat- siyalashgan jamiyatda tovar qiymatini aniqlashda kapital va yer ham hisobga olinadi. Ikkinchi konsepsiya ana shunday paydo bo‗ladi, unga binoan tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, yer) qatnashadi. Shunga muvofiq tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. 135 Ishlab chiqarish Taqsimot Ishlab chiqarish Taqsimot 8.1-rasm. A.Smitning qiymatning (va bahoning) tashkil topishi to„g„risidagi ikki konsepsiyasi Ushbu rasmda A.Smitning birinchi konsepsiyasi «mehnat» so‗zi yozilgan yaxlit strelka ko‗rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni yaratishda mehnat yagona manba ekanligini ko‗rsatdi. Mehnat bilan yaratilgan daromad taqsimlanish jarayonida ish haqi, foyda va rentaga bo‗linadi. A.Smitning ikkinchi konsepsiyasining asl ma‘nosi «Kapital» va «Yer» so‗zlari yozilgan nuqtali chiziq (punktirli) strelka yordamida ifodalangan. Bu konsepsiya mahsulot va daromadlarni yaratishda mehnat bilan birga kapital va yerning ham ishtirok etishini bildiradi. Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida bo‗ladi. Mehnat ish haqi ko‗rinishida daromad yaratadi, kapital foyda ko‗rinishida daromad yaratadi, yer renta ko‗rinishida daromad yaratadi. A.Smitning ikkinchi konsepsiyasi oddiy tovar ishlab chiqarishni («qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni tadqiq qilishga o‗tish bilan bog‗liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab chiqarishda jonli mehnat qiymatning yagona manbayi bo‗la olmaydi. ―Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‗lgan. Kapital jamg‗arilishi va yerning xususiy mulkka aylanishidan oldingi jamiyatda, –deb yozadi A.Smit, – mehnat miqdorlari o‗rtasidagi nisbat Kapital Mehnat Yer Qiymat Foyda Ish haqi Renta Mehnat Foyda Qiymat Ish haqi Renta 136 mahsulotlarni ayirboshlashning yagona asosi bo‗lib kelgan. Barcha mehnat mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‗ladi va sarflangan mehnatning miqdori bahoning yagona o‗lchovi hisoblanadi‖. Keyinchalik kapital jamg‗arilib borgan sari vaziyat o‗zgarib boradi. Tovarning qiymati ikki qismga bo‗linadi: bir qismi ish haqiga, ikkinchi qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‗lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli bo‗ladi. Bunday sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan bir manba bo‗la olmaydi. A.Smitning fikricha «tabiiy baho» (qiymat) bu shunday bahoki, uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va yer uchun to‗lanadigan tabiiy me‘yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy me‘yorlar mintaqalar bo‗yicha farq qiladi va ular hayot darajasiga, geografik va tabiiy sharoitlarga, o‗rtacha xarajatlar darajasiga va boshqalarga qarab o‗rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx» konsepsiyasiga o‗xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi shundaki, F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan ongli ravishda o‗rnatiladi, A.Smit bo‗yicha esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – obyektiv bozor qonunlarining amal qilish natijasidir. Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab undan yuqori yoki past bo‗lishi mumkin. Ushbu tebranish tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklifdan kam bo‗lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo‗lgan bo‗ladi va tadbirkorlar ishlab chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning oshishi va taklifning ko‗payishini rag‗batlantiradi. Natijada bozor bahosi «tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning yetishmasligi, tabiiy va sun‘iy monopoliyalarning mavjudligi bilan bog‗liq holatlar bundan mustasno; Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling