Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


a) boylikni ko„paytirish: mehnat taqsimoti


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

a) boylikni ko„paytirish: mehnat taqsimoti
pul, kapital 
A.Smit o‗z kitobida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va uning 
farovonligini oshirishni markaziy o‗ringa qo‗yadi. Asarning boshida 
A.Smit boylikni chinakam yaratuvchi bu ―har bir xalqning yillik 
mehnati‖ deb ko‗rsatib o‗tadi. Demak, boylikning manbayi – mehnat. 
A.Smit bu fikrni rivojlantirib, mehnat taqsimoti boylikni yaratishda 
asosiy omil hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Chunki mehnat 
taqsimoti asosida uning unumdorligi oshadi. Muallif bu tezisni 
17
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 260-b. 


129 
to‗g‗nog‗ich ishlab chiqarish ustaxonasi misoli yordamida asoslab 
beradi. Ustaxonada o‗n kishi ishlaydi. Ular o‗rtasida mehnat 
taqsimlangan: biri simni tortadi, ikkinchisi uni to‗g‗rilaydi, uchinchisi 
kesadi, to‗rtinchisi uchini o‗tkirlaydi va h.k. Bir kunda bu o‗n kishi 
48000 to„g„nog„ich, ya‘ni har bir kishi 4800 donadan to‗g‗nog‗ich 
ishlab chiqaradi. Agar ular bir – birlariga bog‗liq bo‗lmagan holda 
ishlaganlarida, ularning hech qaysisi bir kunda 20 dan ko‗p to‗g‗nog‗ich 
tayyorlay olmagan bo‗lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat 
unumdorligi 240 baravardan ko‗proq oshgan.
A.Smitning fikri bo‗yicha mehnat taqsimoti milliy mahsulot 
yaratish jarayonida odamlar o‗rtasida hamkorlikni amalga oshirishning 
juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarayonini 
amalga oshirishda kishilarning chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, 
chunki doimo bir ish turidan boshqasiga o‗tishga hojat bo‗lmaydi; ular 
o‗z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun katta 
imkoniyatlarga ega bo‗ladilar. Taraqqiyot va jamiyat farovonligining 
haqiqiy manbayi «tabiat in‘omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), 
balki aynan mehnat taqsimotidir. Shu bilan birga ixtisoslashuvni 
chuqurlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo‗ladi, negaki birinchidan, 
agar yaratilgan qo‗shimcha mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni 
yanada taqsimlashga zarurat bo‗lmaydi, ikkinchidan, korxonalarning 
ko‗lami qancha kichik bo‗lsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar 
shuncha kam bo‗ladi (foydalanayotgan kapital miqdoriga qarab). 
Ushbu nazariyadan milliy boylikning ko‗payishi jamiyatdagi ayrim 
sinflar faoliyati natijasi emas (merkantilistlarda – savdogarlar, 
fiziokratlarda – yer egalari), balki mehnat taqsimotida qatnashayotgan 
barcha kishilar faoliyatining natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. 
Boshqacha aytganda, foyda yaratuvchi har qanday mehnat unumli 
mehnatdir. Ammo bu masala bo‗yicha A.Smitda izchillik bo‗lmagan. 
Birinchidan, u faqat moddiy narsalarni yaratish va o‗zgartirish bilan 
bog‗liq bo‗lgan mehnatni unumli mehnat hisoblangan. O‗qituvchilar, 
huquqshunoslar, harbiylar, ma‘muriyat, yozuvchilar va shu kabilarning 
mehnati esa unumli hisoblanmagan. Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda 


130 
qishloq xo‗jaligi sohasining ustunligi g‗oyasidan qutula olmagan. U 
hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari mehnatiga nisbatan 
kam unumli bo‗ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki, yer egalariga tabiat 
«yordam» beradi va «dehqonchilikka qo‗yilgan kapital haqiqiy boylikka 
va daromadga ancha ko‗p qiymat qo‗shadi». Bunda A.Smitning 
ta‘kidlashicha iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari 
bahosi pasayib borish moyilligiga, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bahosi 
esa o‗sish moyilligiga ega. Shuning uchun uning fikricha qishloq 
xo‗jaligiga qo‗yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi.
Agar o‗sha davrda Angliyada manufaktura sanoati rivojlana 
boshlaganini va hatto birinchi yuqori unumli fabrikalarning paydo 
bo‗lganligini hisobga oladigan bo‗lsak, A.Smitning bu xatosini 
tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli mehnat konsepsiyasida 
izchillikning yo‗qligi, ishlab chiqarish jarayonidagi kapital mavqeyini 
yetarlicha tushunmaganligi natijasidir. A.Smitning fiziokratik bid‘atlari 
jamiyat o‗z resurslarini birinchi navbatda, qishloq xo‗jaligiga, ikkinchi 
navbatda, sanoatga va faqat, uchinchi navbatda, savdoga yo‗naltirishi 
kerakligini tasdiqlashida o‗z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat 
to‗ntarilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab 
chiqarishining hal qiluvchi ahamiyatini ko‗ra olmagan, degan xulosa 
kelib chiqadi. 
A.Smit boylikni ko‗paytirishda pulning o‗rniga alohida urg‗u berib 
o‗tadi. Uning tasdiqlashicha qimmatli metallarning, pulning maxsus 
ahamiyati to‗g‗risidagi merkantilistlarning fikri noto‗g‗ri. Agar pulni 
jamg‗arish asosiy maqsad bo‗lsa, unda pul harakatsiz qolib ketadi, bu 
esa ushbu pulga ishlab chiqarish yoki sotib olish mumkin bo‗lgan 
mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keladi. Pul jamiyat boyligini 
ko‗paytirishda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi.
A.Smit kapitalni tahlil qilgach, ishlab chiqarishning o‗sishi, 
manufaktura sanoatining yaratilishi kapital faoliyati natijasi ekanligini 
ko‗rsatib beradi. U kapital, deganda maxsus ishlab chiqarish fondlarini, 
ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarishning moddiy omillarini 
tushungan. A.Smit kapitalni asosiy va aylanma kapital turlariga ajratib 


131 
ko‗rsatadi. Muomalada bo‗ladigan kapital aylanma kapital, muomalada 
amal qilmaydigan kapital asosiy kapital nomini olgan. A.Smit bo‗yicha 
asosiy kapital ham, aylanma kapital ham boylik yaratadi. Kapitalning 
o‗sishi – millat boyligini ko‗paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va 
puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili. Kapital qancha ko‗p bo‗lsa, 
ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko‗p 
bo‗ladi. Buning ustiga, kapitalning o‗sishi ayrim vaziyatlarda boylikni 
ko‗paytirishning yagona vositasi bo‗lishi mumkin. Shuning uchun 
A.Smit tejamkorlikni qo‗llab-quvvatlaydi. Uning yozishicha «har bir 
isrofgar – jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam – 
jamiyatga muruvvat ko‗rsatuvchidir»; 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling