Moliyaviy hisobotlar va pul oqimlari haqida tushuncha: daromadlar to`g`risidagi hisobotdan foydalanib foydani hisoblash


Download 452.52 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi452.52 Kb.
#1356046
Bog'liq
Moliyaviy hisobotlar va pul oqimlari haqida tushuncha

Moliyaviy hisobotlar va pul oqimlari haqida tushuncha: daromadlar to`g`risidagi hisobotdan foydalanib foydani hisoblash

Bn-91 muhammadiyev azim

Reja:

  • Daromad va xarajat haqida tushuncha
  • Korxona daromadi va xarajati turlari
  • Daromadlar to`g`risidagi hisobotdan foyda (zarar) ni hisoblash
  • Daromad- kirim bo`lgan har qanday pul mablag`lari yoki pul qiymatiga ega bo`lgan moddiy boyliklarni olish
  • Xarajatlar- chiqim bo`lgan har qanday pul mablag`lari yoki pul qiymatiga ega bo`lgan moddiy boyliklarning berilishi

daromad turlari

  • Asosiy faoliyatdan daromadlar – korxonaning ustavida belgilangan asosiy faoliyatdan olingan daromadlar.
    • Sotishdan olingan daromadlar- mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan tushgan tushumlar (aksiz, QQS va eksport bojlarisiz)
    • Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar –asosiy vosita va aktivlarni sotishdan foyda, voz kechilgan kreditorlik qarzlari,bepul kelib tushgan aktivlar, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, TMZ ni qayta baholashdan kelib chiqqan daromadlar va boshqalar

daromad turlari

  • Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar-
    • Divident shaklidagi daromadlar- aksiyalarga kiritilgan investitsiyalar uchun hisoblangan daromad
    • Foiz shaklidagi daromadlar- boshqa yuridik shaxslarga berilgan qarz va kreditlar uchun hisoblangan foizlar
    • Moliyaviy ijaradan daromadlari-mulkni bir yildan ortiqqa lizing asosda ijaraga berishdan olingan daromad
    • Valyuta kursi farqidan daromadlar- korxona, kompaniya hisobida saqlanayotgan chet el valyutasi va chet el valyutasidagi debitorlik qarzlar bo1yicha hisoblangan ijobiy kurs farqi
    • Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan daromadlar-qisqa va uzoq muddatli investitsiyalarni qiymati oshishi natijasida vujudga kelgan daromadlar

xarajat turlari

  • Asosiy faoliyatdan xarajatlar – korxonaning ustavida belgilangan asosiy faoliyatni amalga oshirishda vujudga kelgan xarajatlar.
    • Sotilgan mahsulotlarning tannarxi- Tovar-materiallar sotib olish, transport xarajatlari, to`g`ridan to`g`ri xodimlar ish haqi, to`g`ridan to`g`ri amortizatsiya xarajati
    • Sotish xarajatlari- Marketing va reklama xarajatlari, mijozlar uchun uyushtirilgan ko`ngil ochar tadbirlar, transport xarajatlari, agentlik to`lovlari va vositachilik haqi va boshqalar
    • Ma`muriy xarajatlar- administratsiya xodimlari, buxgalteriya, IT va menejment xodimlari ish haqi, ma`muriy bino amortizatsiya xarajatlari, ma`muriy faoliyat uchun materiallar xarajatlari

xarajat turlari

  • Moliyaviy xarajatlar
    • Foiz shaklidagi xarajatlar- boshqa yuridik shaxslardan,bankdan olingan qarz va kreditlar uchun hisoblangan foizlar
    • Moliyaviy ijara xarajatlar-mulkni bir yildan ortiq lizing asosda ijaraning foizlari
    • Valyuta kursi farqidan xarajatlar- korxona, kompaniya hisobida saqlanayotgan chet el valyutasi va chet el valyutasidagi debitorlik qarzlar bo`yicha hisoblangan salbiy kurs farqi
    • Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar –qimmatli qo`g`ozlarni chiqarish tarqatish

daromadlar to`g`risidagi hisobot

    • Mahsulot sotishdan sof tushum x
    • Sotilgan mahsulot tannarxi (x)
  • Mahsulot sotishning yalpi foydasi (zarari) x/(x)
  • Davr xarajatlari (x)
    • Sotish xarajatlari (x)
    • Ma`muriy xarajatlar (x )
    • Boshqa operatsion xarajatlar (x)
  • Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari x
  • Asosiy faoliyatning foydasi (zarari) x/(x)
  • Moliyaviy faoliyatning daromadlari x
    • Divident shaklidagi daromadlar x
    • Foiz shaklidagi daromadlar x
    • Moliyaviy ijaradan daromadlar x
    • Valyuta kursi farqidan daromadlar x
    • Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari x
  • Moliyaviy faoliyat boyicha xarajatalar (x)
    • Foiz shaklidagi xarajatlar (x)
    • Moliyaviy ijara bo`yicha foiz xarajatlar (x)
    • Valyuta kursi zararlari (x)
  • Foyda solig`i to`langunga qadar foyda (zarar) x/(x)
  • Foyda solig`i (x)
  • Boshqa soliqlar va majburiy to`lovlar (x)
  • Hisobot davrining sof foydasi (zarari) x(x)

Moliyaviy natijalar – bu korxona iqtisodiy faoliyatining foida va zarar ko’rinishidagi yakuniy natijasidir

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.https://lex.uz/docs/-821320#-4197046 (moliyaviy hisobotlar toʻgʻrisidagi qonun)
2.https://telegra.ph/Tannarx-mamuriy-va-sotish-xarajatlari-tarkibiga-nimalar-kiradi-08-0821320#-4197046

E`tiboringiz uchun rahmat


Download 452.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling