Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi
Rikardo modeli. Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining
predmeti va metodini aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini amaliy ishlab chiqishda muhim rol o‗ynadi. Uning fikricha jamiyatning sinfiy tuzilishi uning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o‗rinni egallaydi. Siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi «yer mahsuloti» (ya‘ni milliy daromad va milliy boylik)ning uch asosiy sinf o‗rtasidagi taqsimoti qonunlarini aniqlashdan iborat. Bu taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va manfaatlaridan kelib chiqishi kerak edi va bu Rikardoning yutug‗i edi, ammo uning xatosi taqsimot usulini moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish usuli bilan bog‗liq qilib qo‗yganligida edi. U mantiqiy abstraksiya metodidan foydalandi, ijtimoiy fanlarda aniq fanlarning usuli, ayniqsa, ilmiy deduksiyani keng qo‗lladi. U o‗z konsepsiyasi asosiga qiymat qonunini, ya‘ni tovarlarning qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo‗ydi. Faqat bir omil - «Mehnat» qiymatining asosida yotadi, deb yozadi olim. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar shu qonunga qanchalik mos kelish-kelmasligini o‗rgandi. Rikardo kapitalizmni jamiyatni tashkil etishning yakkayu-yagona tabiiy va abadiy shakli, deb o‗ylagan. 143 Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi D.Rikardo eng avvalo, qiymat nazariyasiga alohida e‘tibor qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni tugatish, D.Rikardo bo‗yicha siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni ko‗rib chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va ularni tanqidiy rivojlantirishga harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning mazkur kategoriyaga bo‗lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat tovar ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini yozadi. U qiymat birlamchi, shu bois daromadlar bilan aniqlanishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o‗zini qiymatning mehnat nazariyasi tarafdori ekanligini namoyish etadi. Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish klassik iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda e‘tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital va xomashyo ishlab chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini qayd qilib o‗tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog‗liq bo‗ladi. Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu nazariyasini birinchi bo‗lib tanqid qilgan o‗zining do‗sti T.Maltus hisoblanadi. U birinchidan, savol qo‗yadi: agar qiymatning mehnat nazariyasini to‗g‗ri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to‗lash qanday bo‗ladi: qiymat bo‗yichami yoki qiymatdan past baho bo‗yichami? Agar baho qiymatdan past bo‗lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash tamoyili buziladi (foydaliligi har xil, lekin bir xil qiymatga ega bo‗lgan tovarlar ayirboshlanadi) bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning asosiy tamoyili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi real amaliyot bilan mos tushmasligini ko‗rsatib beradi: agar qiymatning yagona manbayi haqiqatdan ham mehnat bo‗lsa, unda mehnat ko‗p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko‗p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko‗proq foyda olishlari kerak. Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda me‘yori deyarli bir xil. 144 Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham aniqlanadi, deb xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o‗limidan sal avval, o‗zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan o‗lchanadi, deb tushuntirishga qilgan harakati noto‗g‗ri ekanligini tan olgan. Renta nazariyasi. D.Rikardoning renta to‗g‗risidagi konsepsiyasi bugungi kunda ham o‗z faolligi bilan ajralib turadi. Yerdan foydalanganlik uchun hamisha renta to„lanadi, bunda uning manbayi, D.Rikardoning tasdiqlashicha yerga sarflangan mehnat hisoblanadi. Yer resurslari cheklanganligi sababli xo‗jalik amaliyotida unumdorligi va joylashishi bo‗yicha har xil bo‗lgan yer uchastkalaridan foydalaniladi. Buning natijasida qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining qiymati, D.Rikardo bo‗yicha eng yomon uchastkada ishlatiladigan mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling