Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


rentasining tabiati va o„sishi to„g„risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

rentasining tabiati va o„sishi to„g„risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy 
iqtisodning prinsiplari» (1820) hisoblanadi.
«Nufus qonuni». T.Maltus resurslarning cheklanganligi va 
ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish 
muammosiga o‗ziga xos tarzda yondashdi. U o‗zining ―Nufus qonuni 
to‗g‗risida tajriba‖ asarida aholi soni juda tez ko‗payib boradi, oziq-
ovqat mahsulotlarining o‗sishi esa, ancha orqada qolib ketadi, deb 
ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko‗payishini cheklovchi 
muayyan chora-tadbirlar qo‗llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch 
keladi, deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo‗lini 
taklif etadi: birinchisiepidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida 
aholining kamayishi, bunda tabiatning o‗zi kishilar bilan ularning 
yashash vositalari o‗rtasida me‘yorli nisbatning o‗rnatilishiga qisman 
yordam beradi, ikkinchi yo„l – nikohdan voz kechish yoki kech turmush 
qurish, tug‗ilishni kamaytirish. 
Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni) 
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir 
paytda iqtisodchilar uchun aholining ko‗payishi muammosi dolzarb 
hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli 
natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda 
homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila 
boshladilar. Bu xulosalar aholining homiladorlikdan saqlanish 
vositalariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi 
sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Makkuloxdan tashqari o‗sha 
davrdagi yetakchi iqtisodchilarining ko‗pchiligi homiladorlikdan 
saqlanishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo‗lishgan, lekin 
ular o‗z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo‗lishgan. 
Rikardoning tahliliy tizimida Maltusning aholi borasidagi g‗oyasi 
muhim element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi 
daromadning taqsimlanishini belgilovchi omillarni izohlashi kerak
degan fikrga ega bo‗lgan va u ayniqsa uzoq vaqt oralig‗ida daromadning 
taqsimlanishiga ta‘sir eta oluvchi kuchlarga qiziqish bildirgan. U bu 
muammoni daromad taqsimlanishi qoldiq qiymati nazariyasi bilan hal 


148 
qilishga harakat qilgan. Yer uchun to‗lanadigan renta miqdori ijara 
haqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish haqi va foydani 
tashkil etadi. Bu vaziyatda Maltusnning ―Nufus qonuni‖dagi g‗oyalari 
asosiy rol o‗ynaydi. Uzoq davom etadigan vaqt mobaynida ish haqi 
darajasi Maltus ta‘limotiga ko‗ra aholining yashash darajasi 
minimumiga teng bo‗ladi va qolgan daromad ijara haqi va foydaga 
bo‗linadi. Shunday qilib, Rikardoning taqsimot nazariyasi Maltusning 
aholi nazariyasiga butunlay bog‗liqdir. 1830-yilning ikkinchi yarmiga 
kelib, Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlarini rad etuvchi ko‗plab g‗oyalar 
ilgari surildi. Bu g‗oyalar o‗sha vaqtlarda Rikardo ta‘limotining asosiy 
g‗oyasi bo‗lmish uzoq muddatga mo‗ljallangan davrda daromadlar 
taqsimotidagi o‗zgarishlarni tushuntirishga ojizlik qildi.
19
T.Maltusning yozishicha uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha 
bironta mamlakat o‗z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan 
o‗zini yetarli hajmda iste‘mol mollari bilan ta‘minlash imkoniyatiga ega 
bo‗lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi 
iqtisodiyot o‗zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga 
chiqishga qodir emas.
T.Maltus o‗z nazariyasini asoslab berishda tuproq unum-
dorligining pasayib borish konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer 
uchastkasining o‗ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday 
nisbatda hosildorlikning o‗sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik 
faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham 
bog‗liq bo‗ladi. U berishi mumkin bo‗lgan narsadan ortiqchasini undan 
olib bo‗lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat 
qancha harakat qilmasin, qishloq xo‗jaligidan u oladigan oziq-ovqat 
mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o‗sadi (eslatib 
o‗tamiz, arifmetik progressiyada o‗sish 1,2,3,4,5 ... ko‗rinishda, ya‘ni 
har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), 
aholining soni esa geometrik progressiyada o‗sadi va 25 yilda ikki 
barobar ko‗payadi (eslatib o‗tamiz, geometrik progressiyada o‗sish 
19
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 175-176-b.


149 
1,2,4,8,16 ... ko‗rinishda, ya‘ni har bir keyingi son oldingisidan 2 
barobar ko‗p bo‗ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. bo‗lsa, asr 
oxiriga kelib u 8 mlrd.ni tashkil etadi, yashash vositalari esa to‗rtdan 
birga ko‗payadi. 
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta‘limotlar ichida eng qayg‗ulisi, eng 
ma‘yusi hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning 
xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun 
odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila 
olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib 
beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo‗ldi. Amerika iqtisodchisi 
J.L.Saymonning tasdiqlashicha insonning ijodkorligi va uning mevasi – 
texnik 
jarayon 
planetadagi 
aholining 
har 
qanday 
o‗sishini 
kompensatsiyalashi va uning yuqori hayot darajasini ta‘minlashi 
mumkin.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling