Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

10.3. Marksning qiymat nazariyasi 
Marks ta‘limotiga binoan har bir tovarning qiymati uni ishlab 
chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o„lchanadi. Bir 
turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. 
Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga ega bo‗ladi. Lekin 
qiymat o‗zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtirganligi sababli uning 
miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur 
mehnat bilan o‗lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi. 
«Iste‘mol qiymatiga ega bo‗lgan qiymat miqdori, deb yozadi K.Marks, – 
uni ishlab chiqarish uchun kerak bo‗lgan ijtimoiy zarur mehnat miqdori 


188 
bilangina, ya‘ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi. Har bir 
ayrim tovar o‗z jinsidan bo‗lgan tovarlarning faqat o‗rtacha nusxasi 
sifatida ahamiyatga ega». Ijtimoiy zarur ish vaqti me‘yoriy ishlab 
chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va 
intensivligining darajasi o„rtacha bo„lgan sharoitda biron-bir tovar 
tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir. Ushbu tushunchalar yordamida 
qiymat 
qonuni 
shakllanadi: 
almashuv 
jarayonida 
(ekvivalent 
ekvivalentga singari) tovarlar o‗zining qiymati bo‗yicha ayirboshlanadi 
(ularda 
mujassamlashgan ijtimoiy zarur ish vaqti bo‗yicha). 
K.Marksning tasdiqlashicha har qanday jamiyatda qiymat qonuniga 
amal qilmagan ayirboshlashning bo‗lishi mumkin emas. Qiymat esa
yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, ayni jamiyatda o‗rtacha mehnat 
sarflari bilan o‗lchanadi. Bu ayirboshlanadigan tovarlarni taqqoslashning 
yagona o‗lchovi mehnat ekanligini bildiradi. Tovarlarning foydaliligi 
bunday umumiy o‗lchov bo‗la olmaydi, negaki ular miqdor jihatidan 
taqqoslanmaydi. 
K.Marksning 
qiymat 
nazariyasi 
D.Rikardoning 
qiymat 
nazariyasidan farqlanishiga e‘tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning 
nisbiy qiymati to‗g‗risida so‗z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga 
ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat 
sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv 
xususiyatdir. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling